Turdiyev sardorning
LANDSHAFT VA INSON ALOQADORLIGI MASALALARI
Download 0.72 Mb.
|
SARDOR tabiat
2. LANDSHAFT VA INSON ALOQADORLIGI MASALALARI
Landshaftlar geografiyasi tabiiy hududiy komplekslarni vujudga keltiradigan komponentlarning birligi va o‘zaro taqozosi, ularning birlikda vujudga keltirgan geografik komplekslarning taraqqiyoti hamda geografik joylashishi haqidagi fan ekan, u umumiy ta‘limiy ahamiyatga molik bo‘lishdan tashqari, katta xalq xo‘jaligi qurilishlari vazifalari bilan ham uzviy bog‘langandir. [23] O‘tgan asrning so‘nggi choragida Yer haqidagi tabiiy fanlar erishgan ulkan muvaffaqiyatlar tabiatning turli komponentlari o‘rtasida mustahkam aloqalar mavjudligini qayd qilish bilan birga hududni xalq xo‘jaligi ishlab chiqarishi maqsadlarida o‘rganishda komplekslikka, ya‘ni landshaft tamoyiliga amal qilish mumkinligini tasdiqladi. Bu har bir o‘rganilayotgan joydagi tabiiy hududiy komplekslarda mavjud bo‘lgan tabiiy imkoniyat va resurslarni aniqlash va undan xo‘jalikda foydalanish imkoniyatlarini ko‘rsatib berish degan so‘zdir. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi sohasida landshaft va tabiiy geografik rayonlashtirish kartalari, ayniqsa katta masshtabli kartalari qishloq xo‘jalik ekinlarini tabiiy zona ichida joylashtirishda va agroximik tadbiriy-choralarni belgilashda katta yordam beradi. Har bir qishloq xo‘jalik mutaxassisi u yoki bu hududdagi sharoitlarning bir xilligini yoki uning qandaydir bir yo‘nalishda o‘zgarib borishi mumkinligini e‘tiborga oladi. Ilmiy jihatdan asoslangan tabiiy rayonlashtirish qishloq xo‘jaligini to‘g‘ri rejalashtirishga, zarur agrotexnik meliorativ choralarni ishlab chiqishga imkon beradi. Dehqonchilikda ekinlarni zonalar bo‘yisha joylashtirish uchun tuziladigan tavsiyanomalarda alohida zona va regionlarning ishki tuproq-iqlimiy, geomorfologik tafovutlari hisobga olinishi, shuningdek, yangi sug‘orilayotgan yerlar o‘zlashtirilayotganda, tuproqning suv hamda shamol eroziyasining oldini olish choralari tanlanayotganda albatta hududning provinsial xususiyatlariga e‘tibor berilishi zarur. Masalan, Markaziy Farg‘onaning ba‘zi yerlarida tuproqning sho‘r bosichini keltirib chiqaradigan yer osti suvi sathini pasaytirish talab qilinsa, unga 59 qo‘shni bo‘lgan bir hududda tuproqdagi namni saqlash, uchinchi bir yerda esa, tuproqning shamoldan to‘zib ketishiga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish talab etiladi va hokazo. Farg‘ona vodiysining tekislik tog‘ oldi va adir qimlarining har birida o‘ziga xos eroziya jarayonlari ro‘y beradi. Har bir landshaftda eroziyaning biror turi boshqalariga nisbatan kuchliroqdir. Chunonchi, G‘arbiy va Markaziy Farg‘onaning o‘rta qismidagi qumli cho‘l landshaftida shamol eroziyasi va akkumulyasiyasi, Shimoliy va Sharqiy Farg‘onaning adirlar landshaftida tuproqning yuzlama yuvilishi kuchli ro‘y beradi. Shuning uchun ham bunday jarayonlarga qarshi kurash choralari tavsiya etilayotganda joyning mahalliy xususiyatlari albatta hisobga olinmog‘i kerak. Landshaft kartalari va shu landshaft kartalari asosida tuzilgan tabiiy geografik rayonlashtirish kartalari har bir joyning mahalliy tabiiy xususiyatlari haqida aniq ma‘lumot beradi. Biroq ko‘p hollarda, ayniqsa irrigatsiya ishchi nasoslari qurish sohasida, irrigatsiya sistemalari landshaftning tarkibiy qismi ekanligi hisobga olinmaydi. Landshaft komponentlari kompleks holda o‘rganilmaydi. Deyarli hamma hollarda irrigatsiya sistemalarining loyihasini tuzishda tabiiy sharoit kompleksining birgalikdagi roliga ahamiyat bermasdan, faqat rel‘ef e‘tiborga olinadi. Shuning uchun ham A.V. Dunin-Barkovskiy turli tabiiy sharoitlardagi irrigatsiya sistemasining ishini xarakterlovchi omillarni analiz qilib, rayonlashtirishning tabiiy geografik tamoyili sug‘orish sistemalarini loyihalash, qurish va ekspluatasiya qilish maqsadlariga to‘liq javob beradi, deb ta‘kidlaydi. Binobarin, sug‘orish kanali kesib o‘tgan trassa landshaftlarining xususiyatlari har tomonlama o‘rganilmasa, katta masshtabdagi landshaft morfologik strukturalari kartalariga asoslanmasa, bunday sug‘orish kanalnning iqtisodiy afzalligi haqida o‘ylash maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Shuning uchun ham A.V. Dunin-Barkovskiy landshaftshunoslarning ishlariga asoslanib, sug‘orish sistemalarining xususiyatlarini geografik zonalar (cho‘l, shala cho‘l va dasht) bo‘yisha qarab chiqadi, zonalar ichida esa tipologik komplekslarga e‘tibor beradi. Irrigatsiya qurilishlari nuqtai nazaridan cho‘llar zonasini tog‘, tog‘ etagi tekisliklari, pasttekislik cho‘llari kabi balandlik mintaqalariga bo‘ladi: pasttekislik cho‘llarini tiplarga (qayir, yuqori va past terrasalar, konussimon yoyilmalar, quruq deltalar, hozirgi allyuvial tekisliklar va h.k.) ajratadi. Kelajakda sug‘orishda mo‘ljallangan yerlarni tabiiy geografik rayonlashtirishda T.V. Zvonkova irrigatsiya tarmoqlarini loyihalash va foydalanish qilish muvaffaqiyatini belgilab beradigan mahalliy etakchi omillarni aniqlab olish kerakligini ta‘kidlaydi. Shunday etakchi omidlar qatoriga cho‘l zonasida joyning rel‘efi va geologik tuzilishi, geoximik va tabiiy geografik jarayonlarni kiritadi, joyning injener-geografik holatini, uning sho‘r bosganlik va botqoqlashganlik darajasiga qarab tiplarga ajratish yoki rayoilashtirish zarur, deb qaraydi. Shuningdek, Qoraqum va Qizilqumdagi yaylovlardan foydalanish va ularni suv bilan ta‘minlash loyihasini tuzayotganda ham tabiiy komplekslarning hamma xususiyatlari har tomonlama e‘tiborga olinmog‘i lozim.[23] Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling