Turdiyeva kavsar. Bu – bizning oʻzbekiston reja


Download 92.22 Kb.
bet2/4
Sana08.03.2023
Hajmi92.22 Kb.
#1248632
1   2   3   4
Bog'liq
TURDIYEVA KAVSAR

Bu – bizning Oʻzbekiston
Qaysi yerning nonlari
Kiritadi jonlarni?
– Minoralari baland,
Bu sayqali Samarqand!
– Qayerning zardoʻzlari
Shirin-shakar soʻzlari?
– Mashhurdir dunyo aro,
Budir qadim Buxoro!
– Ayting qaysi navolar
Dilingizdan joy olar?
Javobi juda oddiy
Albatta, oltin vodiy!
– Alpomishning yeri u,
Chanqovuzning eli u.
– Togʻlari qalqon goʻyo
Beqiyos Surxondaryo.
– Qaysi yerning “lazgi”si
Moʻjizaning naq oʻzi?
– Bu el juda ham azim,
Hamma bilar Xorazm.
– Qaysi yerda kulollar
Gullardan naqsh solar?
– Shahrisabz – yashil dunyo,
Bilamiz – Qashqadaryo.
– Uzum nomi Qorakoʻz,
Guruchning navi – Nukus.
– Orol, Moʻynoq yerida
Qoraqalpoq elida!
– Mehmondoʻst, saxiy eli,
Egilmas, magʻrur dili.
Qaysi qadim yosh shahar?
– Poytaxt Toshkent – bosh shahar!
Bolalar adabiyotining yosh avlod tarbiyasiga taʼsiri shakshubhasizdir. Ayniqsa, eng kichik yoshdagilar uchun sheʼriyat janrlaridagi asarlar bolalar ongiga tez yetib borishi, tez esida qolishi, shuningdek, ilk tarbiya samaralaridan biri sifatida yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashdagi asosiy vositalardan biridir.
Soʻnggi yillarda bu yoʻlda samarali ijod qilib kelayotgan oʻzbek bolalar shoirlari talaygina. Ular keksa avlod vakillarining eng yaxshi anʼanalarini saqlagan holda oʻz yangi yoʻnalish va uslublarini ham yaratmoqdalar. Shulardan biri Kavsar Turdiyevadir.
Kavsar Turdiyevaning har bir sheʼri maʼnaviy yo maʼrifiy tarbiyaga, koʻpincha, ikkalasiga baravar xizmat qiladi.
Kavsar Turdiyevaning bolalarga atalgan sheʼrlarini mavzu jihatdan boʻlib chiqsak, ularda vatanparvarlik, mehnat, tabiat, bogʻcha va maktab, ota-onaga munosabat, doʻstlik, sogʻlom turmush tarzi va boshqa mavzularni uchratish mumkin.
Har qaysi sheʼr bolalar adabiyotining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan tarzda oʻquvchilar yoshi va bolalar sheʼriyatining talabidan kelib chiqqan holda yoritiladi.
Muallif sheʼrlarining maʼnaviy-axloqiy yuki, tasviriyligi, musiqiyligi, ularning koʻpchiligi kuyga solinishiga sabab boʻldi. Jumladan, “Mard oʻgʻlonlar boʻlamiz”, “Lolaqizgʻaldoq”, “Zamonaviy qizaloq”, “Sehrli oʻlka”, “Mittivoylar qoʻshigʻi”, “Bolalik”, “Yaxshi bola, yomon bola” va boshqalar. Masalan, “Yaxshi bola, yomon bola” sheʼri eng kichik yoshdagi bolalarga moʻljallangan boʻlib, ularning yoshiga koʻra qilgan ishlarini tasvirlab, yaxshi yo yomonligi taʼkidlanadi:
Gullar ekib, daraxtlarni oqlaganlar,
Tabiatning goʻzalligin saqlaganlar,
Jonzotlarga kimda mehr kuchli, moʻldir,
Bilib qoʻying, bunday bola yaxshi, zoʻrdir.
Kichik maktab yoshidagi bolalarga moʻljallangan “Mard oʻgʻlonlar boʻlamiz” sheʼri ham ota va oʻgʻilning savol-javobi tariqasida beriladi. Unda xalq ogʻzaki ijodi mahsuli boʻlgan maqollardan unumli foydalanadi va bolalarga ommabop, sodda tilda oʻz fikrlarini ifodalaydi. Aynan savol-javob shakli sheʼrda xuddi samimiy suhbat koʻrinishini namoyon qiladi va oʻquvchining ishonchini oqlaydi:
Togʻni baland demangizlar,
Istasangiz yiqasiz,
Raqiblarni kuchli demang,
Gʻayrat qiling, yengasiz.
Mard boʻlinglar, botir boʻling,
Shu otangiz tilagi.
Ezgu ishga qodir boʻling,
Yigitga shu keragi.
Ha, dadajon, qoʻrqmaymiz biz,
Mard va polvon boʻlamiz.
Ishonchingiz oqlash uchun
Kuch-qudratga toʻlamiz.
Umuman, shoiraning vatanparvarlik mavzusidagi koʻpgina sheʼrlarida Vatan uchun yosh avlodning masʼulligi, ular shu yurt ravnaqi uchun kuch-gʻayratlarini ayamasliklari kerakligi, onaVatanning yaratib berayotgan imkoniyatlaridan toʻlagonli foydalanishlari oʻzlarining, shu bilan birga, Vatanning yuksalishiga olib kelishi yaqqol koʻrsatiladi. Chunki yurt farzandi – oʻsha elning bir boʻlagi, ular bir-birini toʻldiradi va bir-biriga kerak:
Yuqoridagi sheʼrda Vatan, uning qismlari, boʻlaklari, yaʼni uni tashkil qiluvchilari quyosh, oy, zamin uygʻunligi tarannum etiladi.

Download 92.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling