Turdiyeva kavsar. Bu – bizning oʻzbekiston reja
Download 92.22 Kb.
|
TURDIYEVA KAVSAR
Landshaft ne? Oʻylab qara,
Bir xil yer bu, manzara. Bir xillikni bezay der Shu sohada dizayner. Rassom sezgisi hamda Yuksak did bordir unda. Binoga boʻlsin monand, Maydonda koʻkat, daraxt. Naqshdek ekilgan gullar Goʻzal tus hosil qilar. Eng oddiy koʻrimsiz joy, U boʻlsa ochar chiroy. “Kasblar alifbosi” haqidagi sheʼrda turli kasbni orzu qilgan bolalar ana shu sohada eng mahoratli, eng bilimdon va yurtining obroʻ-eʼtibori uchun xizmat qilishni orzu qiladi. Masalan, agronom oyga tarvuz-qovunlar, paxta ekib, ularni karvon orqali yerga yuborishni orzu qiladi. Bogʻbon yangi nav yaratishni xohlaydi. Harflar haqida juda koʻp sheʼrlari mavjud. Masalan, “Harflar ustaxonasi”, “Bemor B”, “Harflar sheʼr yozishgani haqida”. Ularda sheʼrlarni maʼrifiy va maʼnaviy maqsadi birlashib ketadi va oʻquvchida zavq uygʻotadi. Bola ruhiyatining turli qirralari aks etadi. Kavsar Turdiyeva bir sheʼrida harflarning shakli haqida maʼlumot beradi. Masalan: A harfi koʻp yoshidan, Alifbening boshida. Oʻxshar ikki oyoqqa, Tomga, ikki tayoqqa. Shoira hatto toʻrtliklarga ham quvnoqlikni, tarbiyani va maʼrifatni joylaydi. Masalan, V harfiga yozilgan sheʼr: A harfga qoʻshsang meni, Va deb bogʻlayman seni. Nimadir bir jon-u tan? Men, oilam va Vatan. Yoki P harfiga: Paqillogʻi paqillab, Yursa kimdir laqillab, P harfidan beomon, Bir soʻz kelar – Pushaymon. Kavsar Turdiyevaning koʻpgina sheʼrlari sujetli. Ularda qahramonlar oʻzlarining aynan bolalarcha xulq-atvori bilan kattalarni bolalikka qaytarsa, kichik oʻquvchilarni hayratga soladi. Ularning begʻubor qalbi va orzu-tilaklari aks etadi. Masalan, “Telefon” sheʼrida telefondan ikki opa-uka tinmasdan oyisiga qoʻngʻiroq qilishi tabiiy aks etgan. Mana, ular qoʻshni bolalarni uyga taklif qilib mehmon qilishdi. Sovitgichdagi bor yegulikni “quritishdi”. Mana, qoʻshnisi oʻz bolasini qarab turish uchun tashlab ketdi. Ular butun uyni boshiga koʻtarib, bolakayni zeriktirmaslik uchun uni ot boʻlib mindirishdi, oynani sindirishdi. Keyin yuqori qavat balkonidan uning yelkasidan ushlab, pastdagi voqea-yu manzaralarni tomosha qildirishyapti. Sheʼr quyidagicha yakunlanadi. Bolalar onasiga telefon qilib, shu haqida xabar berishadi: Endi-chi, balkon osha Qilayapmiz tomosha. Uni mitti qushlardek Yelkasidan ushladik. Koʻylagidan tutyapmiz, Onasini kutyapmiz. Pastga qarar biz bilan, Gaplashsinmi siz bilan? Goʻyo qolganday tildan, Oyim “oh” dedi birdan. Yo telefon buzildi, Yo simlari uzildi… Kavsar Turdiyevaning qahramonlari quvnoq, ochiqkoʻngil, biror notoʻgʻri ish qilib qoʻyishsa, albatta, oʻz xatolarini tushunishadi. Yoki boʻlmasa, bu xatolarni oʻquvchi anglaydi va uni oʻzida tuzatishga harakat qiladi. Uning mumtoz bolalar sheʼriyati namunalariga aylangan “Oyim bilan arazlashdim”, “Yodlasam boʻlmasmidi?”, “Kattamanmi yo kichik?”, “Yozma ish”, “Momaqaldiroq” kabi sheʼrlari bolalar adabiyotiga bagʻishlangan turli anjumanlarda yuqori baholangan. “Yozma ish” va “Yodlasam boʻlmasmidi?”, “Momaqaldiroq” sheʼrlari esa “Zumrasha” bolalar hajviy kinojurnalida ekranlashtirilgan. “Yodlasam boʻlmasmidi?” sheʼrida kichik qahramon maktabga sheʼrini yodlamay boradi va dars oldidan moʻjiza sodir boʻlishini intiqlik bilan kutadi. U hamma narsaga rozi: shanbalikka chiqishga ham, hatto shifokor kelib hammaga ukol qilishiga ham. Ammo moʻjiza sodir boʻlmadi: oʻqituvchi hammadan sheʼr yodlab berishni soʻraydi. Shoiraning “Sumalak va ming tilak”, “Irkitvoy va Kirketjon” kabi sheʼriy ertaklarida voqealar zanjirli boʻlib, ular eng kichik yoshdagi oʻquvchilar ongiga tezroq yetib boradi. Irkitvoy pashsha bilan doʻst boʻlib, avval qoʻshni qizcha, soʻng qoʻshni amaki, keyin oyisi oldiga uchib boradi, ammo uni hech kim tanimaydi. Mazkur sheʼriy ertak ozodalik targʻibotining eng goʻzal namunasidir. Uning “Sumalak va ming tilak” sheʼriy ertagi milliy qadriyatlarimizning bolalar tarbiyasidagi ahamiyatini koʻrsatadi. Qizaloq sumalakka solish uchun toshlar yigʻish bahonasida tilaklar ham yigʻadi. Kapalak, uloqcha, oyisi, opoqi, doʻstdan tilaklar oladi. Sheʼr shunday boshlanadi. Tilaklarning bari ezgu. Ketdi sovuq, ketdi qor, Salom, goʻzal gulbahor. Salom, navroʻz, yashillik, Ezgulik va yaxshilik. Kavsar Turdiyeva hozirgi zamon oʻzbek bolalar sheʼriyatida oʻz ovoziga, oʻz uslubiga ega. Uning sheʼrlari yosh avlod tarbiyasida katta ahamiyatga ega. Download 92.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling