Turistik bozor tо‘g‘risida tushuncha


Globallashuv jarayoni davomida О‘zbekiston turizmining rivojlanishi


Download 213.69 Kb.
bet5/12
Sana21.04.2023
Hajmi213.69 Kb.
#1372951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu

1.3. Globallashuv jarayoni davomida О‘zbekiston turizmining rivojlanishi


Dunyo turizmidagi о‘sish О‘zbekiston Respublikasi turizmidagi о‘sishga ham ta’sir etdi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlaboq, О‘zbekiston dunyo turizm bozoriga dadil qadamlar bilan kirib borib, jahon turizmidagi о‘z о‘rnini egallamoqda.
Respublikamizda xorijiy turistlarga asosan madaniy-tanishuv turlari taklif qilinmoqda. Ularning davomida tarixiy, arxitektura, diniy obidalar va ziyoratgohlar bilan tanishtiriladi, mahalliy aholining turmush tarzi va madaniyati kо‘rsatiladi. Bunday turlar davomida asosan Samarqand, Buxoro va Xivadagi obyektlarga tashrif buyuriladi.
Respublikamizda hammasi bо‘lib 30 ga yaqin turlar taklif etiladiki, ularning ichida Toshkent va Farg‘ona vodiysida amalga oshiriluvchi kо‘ngilochar, sarguzasht, ov, dam olish – davolanish, tog‘-chang‘i va golf sporti bilan shug‘ullanish turlari ham mavjud.
Mamlakatimizda turizmni rivojlantirishda qо‘lga kiritilgan yutuqlarga nazar tashlaydigan bо‘lsak, avvalo, о‘lkamizga tashrif buyurayotgan xorijiy mehmonlar sonining oshib borayotganligini inobatga olish zarur bо‘ladi.
3-jadval
О‘zbekistonda xorijiy mehmonlarga xizmat kо‘rsatish (mln kishi hisobida)

Kо‘rsatkichlar





























“О‘zbekturizm” MK bо‘linmalari
tomonidan xizmat kо‘rsatilgan
xorijiy
mehmonlar, ming kishi





























Oldingi yilga nisbatan % xisobida





























Jadval “О‘zbekturizm” milliy kompaniyasidan olingan ma’lumotlar asosida tuzildi.
Chet eldan kelayotgan mehmonlar sonining 2001 yildagi kamayishi qо‘shni mamlakatda amalga oshirilgan antitolib harbiy harakatlari ta’sirining natijasi bо‘ldi. Bunda kо‘plab xorijiy turistik firmalar kuz-qish oylari uchun О‘zbekiston mehmonxonalaridagi joy bronlarini zarurat bо‘lmasa-da, ehtiyotkorlik yuzasidan bekor qilishdi. Bu joylar bronlarining miqdori 2000 yilga nisbatan ancha kо‘p bо‘lganligi, 2001 yilda turizm yanada о‘sishi mumkin ekanligidan dalolat beradi. 2002 yil kuziga kelib, mamlakatimizga chetdan kelayotgan xorijiy turistlarning soni yana osha boshladi.
Taklif etilayotgan turistik marshrutlarga e’tibor beradigan bо‘lsak, chet ellik turistik tashkilotlar tomonidan eng katta qiziqish
Toshkent – Samarqand – Buxoro – Urganch – Toshkent ekskursiya-tanishuv marshrutiga bildirilmoqda. Ushbu yо‘nalish О‘zbekistonning eng muhim tarixiy yodgorliklari bilan tanishish, milliy an’analar va udumlarni kuzatish hamda qadimiy shaharlar hayotiga qо‘shilish imkoniyatini beradi. Keyingi yillarda Shahrisabz va Termezga ham keluvchi turistlar soni ham ortib bormoqda. Turoperatorlarning fikrlaricha, Termez tarixiyarxeologik markaz sifatida shuhrat topgan.
Xalqaro bozorda О‘zbekiston о‘z turistik mahsulotini «Buyuk Ipak Yо‘li» reklamasi orqali ham sotadi. Bu loyiha bо‘yicha eng kо‘p sotiladigan turlar quyidagilar bо‘lishdi:

  • Toshkent – Samarqand – Buxoro – Urganch - Toshkent;

  • Toshkent – Samarqand – Shahrisabz – Buxoro – Urganch -Toshkent.

Download 213.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling