Turistik bozor tо‘g‘risida tushuncha


Mehmondorchilik va turizm sanoatida mehnat bozori tahlili


Download 213.69 Kb.
bet9/12
Sana21.04.2023
Hajmi213.69 Kb.
#1372951
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-mavzu

1.7. Mehmondorchilik va turizm sanoatida mehnat bozori tahlili


Tahlil Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining «Xalqaro turizm” fakultetining a’zolari, Glazgodagi (Shotlandiya) Stratklayd universiteti (doktor Tom Baum va doktor Karen Thompson, University of Stratchlyde, Glazgow), hamda Buxoro Davlat Universitetining “Iqtisodiyot” fakulteti a’zolari hamkorligida amalga oshirildi. Unda О‘zbekistonda 2004 yil bahorida joylashtiruv korxonalaridagi kadrlar masalasi, kadrlarni yollashdagi tanlov mezonlari, kadrlar qо‘nimsizligi, malaka va kо‘nikmalarga bо‘lgan talablar kabilar о‘rganilgan. Tahlilda Toshkent va Buxoro shaharlarida joylashtirilgan turlicha darajalardagi (egalik qilayotgan yulduzlari soniga nisbatan) 48 ta joylashtiruv korxonasi va 28 ta turistik korxonalaridan yozma ravishda (yozma anketa sо‘rovi) olingan ma’lumotlardan foydalanildi. Ushbu miqdor О‘zbekistonda madaniy turizm rivojlangan barcha viloyatlardagi ahvolni aks ettirish uchun yetarli, deb baholandi. Yozma sо‘rovnoma usulida qо‘lga kiritilgan ma’lumotlarning umuman olganda, shu soha bо‘yicha dunyoning boshqa joylarida olinayotgan ma’lumotlarga nisbatan о‘xshashligi tufayli, glazgolik hamkorlar tomonidan bu axborotlarning ishonchlilik darajasi yuqori deb baholandi.
Bu yerda shuni aniqlashtirib о‘tish zarurki, tahlilda joylashtiruv sanoati korxonalari deganda asosan insonlarni tunash uchun boshpana bilan ta’minlovchi korxonalar tushunildi. Turizm sanoati korxonalari deganda turistik sayohatga chiqqan (yoki chiqmoqchi bо‘lgan) insonlarga turli xildagi xizmatlarni kо‘rsatuvchi korxonalar tushunildi.
Sо‘rovda qatnashgan (tanlangan) joylashtiruv korxonalarining 83 %ini mehmonxonalar, 8 %ini pansionlar, 2 %ini kemping va 7 %ini boshqa turdagi joylashtiruv korxonalari tashkil etishdi. Turistik korxonalarning 25 %ini turagentliklar, 25 %ini muzeylar, 18 %ini suvenirlar bilan savdo qiluvchi chakana savdo korxonalari, 11 %ini xalq amaliy san’ati korxonalari, 7 %ini dam olish parklari, 7 %ini turoperatorlar, 4 %ini transport korxonalari va 3 %ini boshqa xil korxonalar tashkil etishdi. Bu yerda shuni ta’kidlab о‘tish lozimki, turistik korxonalarning aksariyati bir vaqtning о‘zida yuqorida sanab о‘tilgan faoliyat turlarining bir nechasi bilan shug‘ullanadi, lekin, tahlilda ularning bajaradigan faoliyatlarining asosiy turlaridan kelib chiqqan holda guruhlarga ajratildi.
Tanlanma tahlilidan shu ma’lum bо‘ldiki, joylashtiruv sohasida ish bilan bandlikka tashqi omillardan asosan mavsumgina ta’sir etadi. Tanlanmadagi joylashtiruv korxonalarning 12 %igina mavsumiy faoliyat yuritishini, qolgan 88 %i yil davomida uzluksiz ish yuritishini bildirishdi. Turistik korxonalarning faoliyatiga mavsum omili va faoliyat diversifikatsiyasi ta’sir etar ekan. Turistik korxonalaring faqatgina 43 %i yil davomida faoliyat yuritishsa, qolgan 57 %i mavsumiy faoliyat yuritishadi.
Tanlanmadagi joylashtiruv korxonalarining 50 %ida mijozlarga taklif etiladigan о‘rinlar soni 20 dan oshmasa, turistik korxonalarning aksariyat qismida ish о‘rinlari soni 20 tadan oshmaydi.
Joylashtiruv korxonalarining 75 %i о‘z restoraniga, 46 %i о‘z bariga, 56 %i о‘z kо‘ngil ochish vositalariga, 23 %i о‘z tijorat dо‘koniga, 42 %i konferensiya о‘tkazish imkoniyatiga va faqatgina 5 %i о‘z tungi klubiga ega ekanligi aniqlandi. Turistik korxonalar tomonidan quyidagi turlarda qо‘shimcha xizmatlar kо‘rsatiladi: restoran xizmati 29 %, bar 21 %, bufet 25 %, chakana savdo 34 %, ekskursiyalar 21 %, yana boshqa turlardagi xizmatlar 36 % turistik korxonalarda taklif etiladi.
Joylashtiruv korxonalarining 60 %ida doimiy ravishda tо‘liq ishlovchi xodimlarning hissasi kadrlarning umumiy sonining 70 %idan kamrog‘ini tashkil etayotgani va bu tendensiya bir necha yildan buyon davom etayotgani kо‘rsatib berildi.
Tanlanmadagi korxonalar (ham joylashtirish, ham turistik korxonalarni) yarmisining aksariyat mijozlari xorijiy fuqarolar ekanligi ma’lum bо‘ldi.
Shuningdek, tahlillardan sо‘ng quyidagicha umumiy ma’lumotlar aniqlandi:

  1. О‘zbekiston joylashtiruv va turistik korxonalarida ish bilan bandlik darajasiga mavsumiylik omili kutilganidan kо‘ra kamroq ta’sir etadi.

  2. Turistik korxonalarning aksariyatining foaliyatida xilma-xillik, diversifikatsiya kuzatiladi.

  3. Boshqaruvchilarning aksariyatini erkaklar, xizmatchilarning aksariyatini ayollar tashkil etadi; bu hol, ya’ni boshqaruvchi erkaklar hissasining ortiqligi ayniqsa, turistik korxonalarda yaqqol namoyon bо‘ladi.

  4. Sohadagi korxonalarda qisman bandlikka yollash hollari Yevropa mamlakatlaridagidek keng tarqalmagan.

  5. Korxonalarimizni kadrlar qо‘nimsizligi masalasi qiynamaydi, biroq korxonalarning kо‘pchiligida 2004 yilda 2003 yildagiga nisbatan biroz kamroq kishi ishlayotgan edi (ma’lumotlar olingan paytda 2004 yil hali о‘z nihoyasiga yetmagan edi).

  6. Sohadagi korxonalarimiz yuqori malakali kadrlarni (topib) tanlab olishda biroz qiyinchiliklarga duch kelishayapti.

  7. Joylashtiruv korxonalarida kadrlar malakasini oshirish masalasiga turli munosabatlar bildiriladi; aksariyat xodimlar о‘zlarining kо‘nikmalarini bevosita ish joyida qо‘lga kiritishadi; chetda malaka oshirish masalasini hal etish uchun Universitetda ta’lim olishdan tortib, xususiy korxonalar tomonidan taklif etilayotgan qisqa muddatli kurslarda ishtirok etish imkoniyatlarigacha kо‘rib chiqiladi; joylashtiruv korxonalarining aksariyatida ichki malaka oshirish tizimlari keng tarqalmagan. Turistik korxonalarda ham shu hol kuzatiladi, bulardan tashqari, turistik korxonalarda kadrlarining ma’lumotlilik darajalari bir-biridan nihoyatda farq qiladi, ularda menejerlar va texnik xodimlarning ba’zilarigina chetda (korxonadan tashqarida) malaka oshirishgan.

  8. Xodimlar malakasini oshirishda eng avvalo chet tilini о‘rganish (ayniqsa ingliz tilini), informatsion texnologiyalardan foydalanish, ish joyida kerak bо‘ladigan texnik kо‘nikmalar, aloqa vositalaridan foydalanish, muomala odobini о‘rganish, chetda (boshqa joylarda) tajriba orttirish kabilar talab etiladi.

  9. Xodimlardan ishbilarmonlik kо‘nikmalari (moliya boshqaruvi, marketing, inson resurslari menejmenti, sifatni boshqarish kabilar) talab etilmaydi.

Amalga oshirilgan tadqiqotdan shular xulosa etildiki, mehmondorchilik va turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirish imkoniyatlari mavjud. Bunda о‘quv yurtini bitiruvchi talabalar chet tili, informatsion texnologiyalar, muomala odobi, servis xizmatlarini kо‘rsatish malakasi hamda ish joyida kerak bо‘luvchi bevosita texnik kо‘nikmalariga ega bо‘lishlari shartligi ma’lum bо‘ldi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti “Xalqaro turizm” fakulteti doirasida bir qator ishlar amalga oshirila boshlandi. Fakultet 1999 yilda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-2332 “О‘zbekistonda turizm sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash tо‘g‘risidagi” Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 324 - “О‘zbekistonda turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risidagi” Qarori asosida tashkil etilgan bо‘lib, unda shu paytgacha turizm va mehmondorchilik sohasida ishlash uchun tо‘rt yо‘nalish bо‘yicha 200 dan ortiq malakali bakalavr kadrlari tayyorlandi. Fakultet bitiruvchilarining aksariyati о‘z sohalari doirasida mehnat faoliyatlarini yuritishmoqda.
Fakultetda hozirda 500 ga yaqin talaba ta’lim olmoqda, ularga fakultetning «Turizm”, “Servis”, “О‘zbekiston tarixi”, “Jismoniy tarbiya va sport” hamda “2-son chet tillari” kafedralari professorо‘qituvchilari tomonidan dars berib borilmoqda. Fakultet jamoasi tomonidan talabalarga yanada sifatli ta’lim berish maqsadida Yevropa Hamjamiyatining Tempus Tacis fondi bilan hamkorlikda ToHoSt-CA loyihasi asosida maxsus modulь ishlab chiqildi. Modulning ishlab chiqilishida Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti bilan Bryusselning Erasmus Hoge School (Belgiya), Glazgoning Strathclyde universiteti (Buyuk Britaniya), Peruja universiteti (Italiya), Rovaniyemi politexnik instituti (Finlyandiya), Buxoro Davlat universiteti (О‘zbekiston), Issiq-Kо‘l Davlat universiteti (Qirg‘iziston), Bishkek Davlat iqtisodiyot va tijorat universiteti (Qirg‘iziston) hamda Orxon universiteti (Mongoliya) kabi oliy о‘quv yurtlarining turizm va mehmondorchilik sohasi bо‘yicha yetakchi mutaxassislari hamkorlik qilishdi.
Ishlab chiqilgan modulь asosan 20 fandan iborat bо‘lib, ularning tо‘rttasi xorijiy tillar va turizmdagi axborot texnologiyalariga bag‘ishlangan bо‘lsa, qolgan 16 tasi mutaxasssislikka oid fanlardan iborat. Modulda yuqorida amalga oshirilgan tadqiqot natijasida chiqarilgan xulosalardan kelgusi kadrlarni tayyorlashda foydalanilanish kо‘zda tutildi.
Biz ishonamizki, fakultet doirasida tayyorlangan kadrlar kelajakda turizm va mehmondorchilik sohasining rivojlanishiga о‘z hissalarini qо‘shishadi.

Download 213.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling