Turistik bozor tо‘g‘risida tushuncha


-jadval “О‘zbekturizm” milliy kompaniyasi tomonidan xizmat kо‘rsatilgan xorijiy turistlar soni va bundan olingan daromadlar


Download 213.69 Kb.
bet7/12
Sana21.04.2023
Hajmi213.69 Kb.
#1372951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu

5-jadval
О‘zbekturizm” milliy kompaniyasi tomonidan xizmat kо‘rsatilgan xorijiy turistlar soni va bundan olingan daromadlar

Yillar

О‘zbekturizm milliy kompaniyasi tomonidan xizmat kо‘rsatilgan
xorijiy turistlar soni, ming kishi hisobida

О‘zbek turizm milliy kompaniyasi bо‘yicha
turizm sohasidan olingan
valyuta daromadlari, ming
AQSH dollari hisobida

Xizmat kо‘rsatilgan har bir xorijiy turistdan о‘rtacha olinayotgan
daromad, AQSH dollari
hisobida

1993

92,35

5000

54,15

1994

60,9

7363,6

120,91

1995

92,02

8000

86,94

1996

173,81

14493

83,38

1997

252,9

18836

74,48

1998

272,0

20980

77,13

1999

274,0

25525

93,15

2000

278,0

27295

98,18

2001

231,43

22215,3

95,99

2002

196,7

21546

109,54

2003

230,44

23581

102,33

2004

262,7

28020

106,62

2005

241,9

28132,6

116,298

2006

273,2

42801,1

156,66

Jadval “О‘zbekturizm” milliy kompaniyasi ma’lumotlari asosida tayyorlangan.
О‘zbekistonda xalqaro turizmni yanada jonlantirish maqsadida 1995 yilning oktabr oyida Toshkent shahrida “Buyuk Ipak Yо‘li bо‘ylab turizm” deb nomlangan birinchi xalqaro turistik yarmarka о‘tkazildi. Yarmarka shundan buyon har yili о‘tkazib kelinmoqda. Bu yarmarkalarda tuzilgan shartnoma xalqaro turizmni yanada rivojlantirish respublikaning turizmga oid imkoniyatlarini samara bilan ishga solish va Buyuk Ipak Yо‘liga xos bо‘lgan qadimgi an’analarni tiklash bobida keng yо‘l ochib beradi.

1.5. О‘zbekiston turizm bozorining rivojlantirilishi


О‘zbekiston turistik bozorini о‘rganish natijasida quyidagilar aniqlandi:
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, О‘zbekistonda turizm sohasida islohotlar jadallashtirib yuborildi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 27 iyuldagi UP-447 raqamli Farmoni bilan «О‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasi tashkil etildi va bu turizm sohasining kelgusi rivojlanishi uchun asos bо‘lib xizmat qildi.
О‘zbekistonda turizm bozorining rivojlanishi tahlil qilinadigan bо‘lsa, unda quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin bо‘ladi:
Birinchi bosqich. Unda О‘zbekturizm milliy kompaniyasi tuzildi va u Respublikamizda turizmning rivojlantirilishi uchun mas’ul bо‘lgan yagona tashkilotga aylantirildi.
Ikkinchi bosqich. 1993-1997 yillarda turizm sohasida iqtisodiy о‘zgarishlar sodir bо‘la boshladi. Respublikamizda boshqarishning yangi shakllari va uslublari ustidagi izlanish davrida turizmni rivojlantirishda о‘ziga xos yangi modelь ishlab chiqarildi. 1994 yilda ishlab chiqilgan «Turistik korxonalarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish dasturi» chuqur tizimli va institusional о‘zgarishlarni amalga oshirishda juda katta ahamiyatga ega. 1994-1995 yillar mobaynida «О‘zbekturizm» milliy kompaniyasining 88% turistik obyektlari xususiylashtirildi va davlat tasarrufidan chiqarildi. Kiritilgan о‘zgarishlar ichki turizmni, qabul qilish turizmini jadallik bilan rivojlantirdi. Qisqa davr ichida turizm Milliy xо‘jaligimizning yuqori rentAbelli tarmog‘iga aylandi. Bu davrda turizm sohasidagi о‘rtacha rentAbellik 30 %ni tashkil qildi (meyorlar bо‘yicha esa bu kо‘rsatkichning 20% bо‘lganligi yetarlicha deb hisoblanadi). Uchinchi bosqich. 1998-2006 yillarga kelib turizm sohasidagi bozor munosabatlari uzil-kesil yо‘lga qо‘yildi hamda dunyo bozori bо‘yicha raqobatbardosh turistik mahsulot yaratila boshlandi. Turizm tizimi boshqarilishining markazlashtirilishiga chek qо‘yildi. Kо‘pchilik turistik obyektlar о‘zlarini о‘zlari boshqara boshladi, bozorning raqobatlasha olmaydigan subyektlari yopilib, samarali ishlovchi yangi korxonalarga о‘rin ochib bera boshladi.
Tо‘rtinchi bosqich. Joriy bosqich 2006 yilda О‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006 yil 17 apreldagi “О‘zbekiston Respublikasida 20062010 yillarda xizmat kо‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risidagi” Qarori tufayli boshlangan bо‘lib, mazkur Qarorda mamlakatimizda xizmat kо‘rsatish va servis sohasini rivojlantirib, 2010 yilgacha uning yalpi ichki mahsulotdagi hissasini 49 foizga yetkazish, sohada band bо‘lgan aholi sonini 1,6 martaga kо‘paytirish, xizmatlar eksportini kо‘paytirish, soha uchun kadrlar tayyorlashni qо‘llabquvvatlash vazifalari belgilab berilgan. Bu turizm tarmog‘iga ham alohida e’tibor berilishi zarurligini taqozo etadi. Bugungi kunda turizm mamlakat iqtisodiyotining ajralmas tarmog‘iga aylangan bо‘lib, respublikamizning jahon mamlakatlari integratsiyasida faol ishtirok etishiga imkon tug‘dirmoqda. О‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyodagi mamlakatlar orasida nisbatan katta turistik imkoniyatlarga ega bо‘lib, bu sohada yuqori darajadagi raqobatga bardosh bera oladigan hamda turizmni yanada rivojlantirish uchun potensial imkoniyatlarga ega bо‘lgan mamlakatlardan biri bо‘lib hisoblanadi. Shuning asosida О‘zbekistonda xususiy turistik tashkilotlari assotsiatsiyasiga va tashkil etiladigan boshqa turistik assotsiatsiyalarga (masalan, Gid-tarjimonlar assotsiatsiyasi, Mehmonxona egalari assotsiatsiyasi, Transportchilar assotsiatsiyasi kabilarga) «О‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasi bir qator vakolatlarini о‘tkazish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Bu о‘lkamiz turizm bozorida faoliyat yurituvchi korxonalarimizning yanada tezroq sur’atlarda rivojlanishlariga turtki berishi kutilmoqda.
Turizm sohasidagi islohotlar davri bir qator о‘ziga xosliklarga ega bо‘ldi:

  • monopol xо‘jalik yuritishdan kо‘p ukladli xо‘jalikka о‘tildi, ya’ni, xususiy turistik korxonalar paydo bо‘la boshladi;

  • turistik bozor yangi qoidalar bо‘yicha faoliyat yurita boshladi, ya’ni, turistik korxonalar uchun narx belgilash, iste’molchi va ta’minotchilarni tanlash erkinligi yaratib berildi;

  • bozorda turistik talabning yangi turlari paydo bо‘ldi, masalan, shopturlar, sarguzasht-turlar, til о‘rganish turlari kabilar;

  • turizmning aksariyat asosiy fondlarining eskirishi tufayli, turistik bozorda ularga bо‘lgan talab pasaydi;

  • turizmning asosiy vositalarining sifat kо‘rsatkichlariga bо‘lgan talab yanadi kuchaydi;

  • О‘zbekiston turistik bozoriga yirik xorijiy mehmonxona zanjirlari kirib keldi va ular bilan amalga oshiriladigan qо‘shma faoliyat rivojlandi;

  • turizmning ijtimoiy yо‘naltirilganligi kamayib ketdi, ya’ni, turizm bozorida kam ta’minlangan va himoyaga muhtoj bо‘lgan aholining hissasi kasaba ittifoqlarining imkoniyatlari pasayishi kabilar tufayli kamayib ketdi;

  • turizmdan mahalliy aholining daromad olish imkoniyatlari yetarli darajada о‘smadi,

  • Keyingi yillarda hukumatimiz tomonidan qabul qilingan dasturlar asosida ichki turizmning yuqori sur’atlar bilan rivojlanishiga erishilmoqda.

Turistik bozorda foaliyat yuritayotgan milliy turistik korxonalarimizning aksariyati turoperatorlik va turagentlik faoliyatlarini chog‘ishtirib ishlashadi. Chunki, mahalliy aholining aksariyatida turizmga bо‘lgan bо‘lgan ehtiyojining mablag‘ bilan ta’minlanmagani va xorijiy turistlarni jalb etish uchun bо‘lgan raqobatning kuchliligi sharoitida korxonalarimiz shunday yо‘l bilan о‘z foydaliliklarini ta’minlay olishayapti. Turoperatorlar – turistik xizmatlarni ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etuvchi korxonalardir. Turagentliklar – turoperatorlar ishlab chiqargan turistik mahsulotlarning sotilishi bilan shug‘ullanadigan korxonalardir. Turistlarning sayohatga jо‘natuvchi firmalarimizni turagentliklar deb ataymiz, ularning aksariyati о‘z mehmonxona fondlariga yoki transport vositalariga egalik qilishmaydi; balki mehmonxona, restoran va transport egalari bilan shartnomalar tuzgan holda turistlarning sayohat qilishlari va dam olishlarini tashkil etish xizmatlarini kо‘rsatishadi. Ba’zi bir turistik korxonalarimiz faqatgina mahalliy fuqarolarimizni turistik sayohatga jо‘natish yoki faqat chetdan keluvchi xorijiy turistlarni qabul qilish bilan shug‘ullanishadi.

Download 213.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling