Turistik firmalar va biznes reja loyihalari
Download 404.5 Kb.
|
Turistik firmalar va biznes reja loyihalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa………………………………………………………………………………41-42 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………….43 Kirish
Turistik firmalar va biznes reja loyihalari Mundarija: KIRISH…………………………………………………………………………….1-2 Asosiy qism…………………………………………………………………………3-4 1. Turizmning mazmuni…………………………………………………………….5-12 2. Turizm (sayyohlik) va sayohat…………………………………………………...13-18 3. Turizmning oʻziga xos xususiyatlari……………………………………………..19-26 4. Turizmning turlari………………………………………………………………..27-29 5. Turizmni rivojlantirish muammolari…………………………………………….30-32 6. Turizmni rivojlantirish yoʻllari va omillari………………………………………33-36 7. Oʻzbekistonning turizm salohiyati……………………………………………….37-40 Xulosa………………………………………………………………………………41-42 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………….43 Kirish Turizm insoniyat tamaddunining mahsuli. Ushbu tushuncha oʻzining nazariy va amaliy talqiniga ega. Shu tufayli uni atroflicha izohlash uchun unga odamlarning harakati, iqtisodiy kategoriya, siyosiy vaziyat, faol dam olish kabi jihatlardan qarash va izohlashni talab qiladi. Agar turizmga odamlarning harakati nuqtayi nazaridan qaraydigan boʻlsak, ularning bir joydan ikkinchi joyga yoki bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga vaqtincha borib kelishi tushuniladi. Ushbu tushunchaga iqtisodiy kategoriya sifatida qaralsa turizm turistlarni qabul qiluvchi mamlakat uchun foyda keltiruvchi iqtisodiy jarayon sifatida namoyon boʻlishini taʼkidlash yetarli. Turizmga siyosiy vaziyat nuqtayi nazaridan qaraydigan boʻlsak, u siyosiy jihatdan barqaror, tinchlik va totuvlik hukumron boʻlgan joyda, mamlakatda sodir boʻlishi tushuniladi. Turizmdan foyda koʻrishni xohlagan mamlakat birinchi galda turizm obyektlariga ega boʻlish bilan birga oʻz mamlakatida siyosiy barqarorlikni taʼminlagan, boshqa joydan sayyohlarning bemalol kelib-ketishi uchun tegishli sharoitni yaratgan boʻlishi lozim. Agar turizmga odamlarning faol dam olishi nuqtayi nazaridan qaraydigan boʻlsa, ularning boʻsh vaqtlarida oʻzlari yashaydigan joydan boshqa joyda dam olishi uchun borishi, doʻstlari, qarindoshlarini koʻrib kelishi, tabiat va hayvonat olamidan bahramand boʻlish maqsadida togʻlarga va boshqa xushmanzara joylarga borishi kabi jarayonlarni kiritish mumkin. Turizm insonlar faoliyatining bir turi boʻlib, bir tomondan ijtimoiy munosabatlarni oʻzida ifoda etsa, ikkinchi tomondan, maʼlum oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan servis sohasining mustaqil tarmogʻidir. Shu tufayli unga bir tomonlama yondoshib, talqin qilib boʻlmaydi. Turizmni toʻliq ifoda etish uchun unda ishtirok etadigan subyektlarni aniqlab olish maqsadga muvofiq. Bu borada olimlardan V.A.Kvartalnov1 turistik obyektlarga toʻrtta subyektni kiritadi: turistlar; turistik va xizmat tovarlarini beruvchi tashkilotlar; mahalliy hukumat organlari; qabul qiluvchi mamlakatlar. Biz turistik subyektlarga yana bir guruhni, yaʼni turistlar koʻradigan turistik obyektlarni qoʻshishni tavsiya qilamiz. Chunki turistlar hamma joyga yoki mamlakatga boravermaydi. Ular shunday joylarni tanlaydiki, qaysiki u yerda turistlarni qiziqtiradigan obyektlar mavjud boʻlishi lozim. Masalan, Oʻzbekistonga turistlar xorijiy mamlakatlardan tarixiy obidalarni koʻrish maqsadida tashrif buyursa koʻproq Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga boradi. Mustaqillik obyektlarini koʻrmoqchi boʻlsa, albatta mamlakatimizning hamma shahar va viloyatlarida bunday obyektlar mavjud, lekin koʻproq Andijon, Toshkent kabi yirik shaharlarga borishni afzal koʻradi. Demak, qaysi maqsad bilan sayohatga chiqsa turistlar uchun oʻsha maqsadiga javob beradigan turistik obyektlarning boʻlishi lozim. Turistik faoliyatning sodir boʻlishi aynan ana shunday unsurlarning mavjud boʻlishini taqozo qiladi. Bularning qisqacha chizmadagi koʻrinishini quyidagicha tasvirlash mumkin (1-chizma). Agar ushbu chizmadan kelib chiqadigan boʻlsak, turistik faoliyatning sodir boʻlishi uchun turistlarning, turistik obyektlarning, turistik tovarlar, ularning sotilish usullari, mahalliy hokimiyat va turistlarga xizmat qiluvchi aholining mavjudligi, ular oʻrtasidagi iqtisodiy-ijtimoiy va huquqiy munosabatlarning sodir boʻlish jarayoni taʼminlanishi lozim. Shu jihatdan turizm murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy munosabatlar majmuasini oʻzida qamrab olgan mustaqil soha sifatida namoyon boʻladi. Ushbu talabdan kelib chiqadigan boʻlinsa, turizmga quyidagicha taʼrif berish mumkin. Download 404.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling