Turistik firmalar va biznes reja loyihalari
– Chizma. Turizmni turli belgilari boʻyicha tasnifi
Download 404.5 Kb.
|
Turistik firmalar va biznes reja loyihalari
3 – Chizma. Turizmni turli belgilari boʻyicha tasnifi
Turizmni rivojlantirish muammolari Turizm bu eng qadimgi sohalardani biri. Ammo u jahonda amaliyot sifatida shakllangan. Juda koʻpgina mamlakatlarda bu soha XXI asrga kelib eng yetakchi sohalardan biriga aylandi. Ammo mamlakatimizda hali bu yetakchi soha boʻlish imkoniyatiga ega boʻlsada, talab darajasiga koʻtarilgan emas. Bunga juda koʻp omillar sabab boʻlmoqda. Ularning eng muhimlaridan biri turizm sohasining nazariyasi va uslubiyoti oʻzimizga xos tarzda ishlab chiqilmaganligidadir. Lekin turizm shunday nozik sohaki, uni koʻr-koʻrona rivojlantirib boʻlmaydi. Bu soha juda katta eʼtiborni talab qiladigan sohadir. Chunki bu jarayon oʻz-oʻzidan sodir boʻlib qolmaydi. Eng muhimi odamlarni, ayniqsa boshqa davlat odamlarini jalb qilish bilan bogʻliq. Biz dunyo turizm bozoriga kirib borishimiz lozim. Bizda qanchalik turistik obyektlar boʻlmasin, uni turistlarga koʻrsata bilish va shu jarayondan tegishli foyda olish uchun turizm bozorida ham mavjud erkin raqobatga bardoshli holatlarni yaratish kerak-ki, qaysiki bu sohaga qoʻl urgan tadbirkor ish boshlab ulgurmasdan sinmasin. Shu uchun turizmni rivojlantirish oʻz-oʻzidan boʻlmasligini inobatga olib, uni yuksaltirish choralarini koʻrish lozim. Bu bevosita turizm industriyasini rivojlantirishni taqozo qiladi. Bu esa davlatdan yoki boshqa shaxslardan salmoqli mablagʻni, kattagina investitsiyani talab qiladi. Bu sohaga atalgan mablagʻ ham topilishi mumkin, lekin uni yuritadigan kadr boʻlmasa hammasi bir pul. Ushbu sohaga bilimdon, yetakchi mutaxassislar juda zarurdir. Turizm bir qancha mamlakatlar uchun asosiy iqtisodiy tarmoq darajasiga koʻtarilgan. Tayland, Malayziya, Kipr kabi mamlakatlar iqtisodiyotida turizm asosiy sohaga aylanib oʻlgurgan. Dunyoning Parij, London, Rim, Nyu-York, Moskva, Samarqand, Buxoro kabi koʻpgina yirik shaharlarini bugungi kunda turistlarsiz tasavvur qilish qiyin. Turizm hozir nafaqat Yevropa, balki Amerika, Osiyo, Afrika, Avstraliya kabi dunyoning barcha burchaklariga qadar yoyilib ulgurdi. Chunki bunday vaziyatga obyektiv sharoit yaratildi. Tezyurar yer, suv va havo transportining dunyo boʻylab qatnovining yoʻlga qoʻyilishi turizmning bunday keng koʻlamda taraqqiy etishi uchun tegishli sharoit yaratishga muvoffaq blindi. Turizmning rivojlanishi uchun zarur boʻlgan eng muhim omillarga yetarli darajada moddiy-texnika asosini (MTA) yaratish kiradi. Turizmning moddiy-texnika asosiga quyidagilarni kiritish mumkin: turistik tashkilotlar, firmalar (turistik operatorlar, turistik agentlar kabi); mehmonxonalar; turistik bazalar; turistlarni ovqatlantirish shaxobchalari; turistlarga savdo xizmatini koʻrsatish shaxobchalari; turistlarga madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari; turistlarga avtomobil va boshqa harakatlantiruvchi transport vositalarining mavjudligi; turistlarga zarur boʻlgan jihozlar prokatini tashkil qiluvchi prokat punktlari; turistik yoʻllanmalarni sotish shaxobchalari; turistik klublar, stansiyalar; turistlarga turistik obyektlarni tushuntirib beradigan bir qancha tillarni biladigan gitlar kabilar. Hozirgi paytda shu koʻrsatilgan MTAning barcha elementlari yuqori darajada tashkil boʻlsagina, bunday mamlakat turistik bozorda oʻz oʻrnini topishi mumkin. Bu koʻrsatilganlardan tashqari turizmning rivojlanishi uchun shu hududning tabiati, iqlimi, landshafti, relefi ham qulay boʻlishi lozim. Bularga quyidagilarni kiritish mumkin: Tabiati goʻzal, iqlimi mutadil, sayr qilishi uchun hududi yetarli boʻlishi lozim. Shu yerda qattiq issiq yoki qattiq sovuq boʻlmasligi kerak. Turistlar boradigan, dam oladigan joy turli yirtqich, yovvoyi hayvonlardan, chaqadigan (ilon, chayon, qoraqurt kabi) hashoratlardan holi boʻlishi lozim. Turistlar uchun zilzila, toʻfon, suv toshqini, qor koʻchdisi, jala kabi tabiiy ofatlar boʻlmaydigan joy ajratilishi ham maqsadga muvofiqdir. Turistlar qoʻnim topadigan joy zaharli oʻtlar, mevalar, ifloslangan atrof-muhitdan ham holi boʻlmogʻi lozim. Bu omillar ham turizmning rivojlanishi uchun asosiy sabablardan biridir. Bulardan tashqari turizmni rivojlantiraman degan mamlakat, eng avvalo, shu joyga transport bilan yetkazish, u yerda ovqatlanishi, yashashini, xavfsizligini taʼminlash kabi birqancha choralarni koʻrishi kerak. Mamlakatimizda diqqatga sazovor, turistlarni jalb qiladigan juda koʻp togʻli hududlar deyarli barcha viloyatlarimizda mavjud. Ammo ularda ommaviy tarzda turizmni tashkil qilish yoʻlga qoʻyilmagan. Bu sohada turizm industriyasi oqsoq holda. Togʻ va tabiatning goʻzalligi tabiiy holat. Ular hech qanday mablagʻ sarf qilinmasdan turistik obyekt sifatida mavjuddir. Undan faqat daromad qilish maqsadida foydalanishlari lozim. Lekin bu sohada hali qilinadigan ishlar koʻpligini har bir oʻquvchi eʼtirof etsa kerak, deb oʻylaymiz. Shunday qilib taʼkidlash joizki, turizmning rivojlanishiga taʼsir qiluvchi omillar va undan kelib chiqadigan muammolar juda koʻp. Ularning ayrimlari ushbu chizmada keltirilgan (4-chizma). Download 404.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling