Turistik firmalar va biznes reja loyihalari


Turizmning subyektlari va obyektlari


Download 404.5 Kb.
bet2/17
Sana07.04.2023
Hajmi404.5 Kb.
#1339657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Turistik firmalar va biznes reja loyihalari

Turizmning subyektlari va obyektlari







Turistlar




Turistik faoliyatda ishtirok etish orqali oʻzlarining maʼnaviy, ruhiy va jismoniy ehtiyojlarini qondirish maqsadida uyushgan odamlar guruhi










Turistik tovarlar va xizmatlar koʻrsatadigan tashkilotlar




Maʼlum iqtisodiy foyda olish maqsadida turistik bozor talabiga mos tovar va xizmatlar koʻrsatadigan turistik faoliyat bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar










Mahalliy hokimiyat organlari




Mahalliy byudjetga soliq tushumiga moʻljallangan iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanishga qaratilgan biznesga tegishli sharoit yaratib beruvchi mahalliy tashkilotlar










Qabul qiluvchi mamlakat




Turistik obyektlari mavjud boʻlgan oʻz aholisi bandligini turizmga xizmat koʻrsatish orqali taʼminlaydigan mamlakatdir












Turistik obyektlar




Mamlakat yoki mamlakat ichida odamlar diqqatini tortadigan tarixiy obidalar, buyuk shaxslar qadamjolari, muzeylar kabi tarixiy, maʼnaviy va maʼrifiy ahamiyatga molik obyektlar

1 – Chizma. Turistik faoliyatni amalga oshirish uchun lozim boʻlgan turistik subyektlar va obyektlar


Turizm deganda odamlarning oʻzlari doimiy yashab turgan joyidan yoki mamlakatidan boshqa joyga yoki mamlakatga boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, dam olish, sogʻlomlashtirish, mehmonda boʻlish, ish yuzasidan ayrim masalalarni hal qilish kabi maqsadlar uchun vaqtincha borib kelishi tushuniladi.
Sof iqtisodiyot nuqtayi nazaridan turizm odamlarning bir joydan ikkinchi joyga yoki bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga dam olish va sayr qilish kabi maqsadlar uchun borib kelishi jarayonida sodir boʻladigan iqtisodiy munosabatlar majmuasidir. Bunga borgan joyida pul topish maqsadida ishlash uchun ketgan xizmat safariga va yuborilgan kishilar kirmaydi.
Shunday qilib, turizm aholining bir joydan ikkinchi joyga pul topish maqsadi uchun emas, balki maʼnaviy, ruhiy va jismoniy hordiq chiqarish maqsadida harakat qilib yurishidir. Bunday harakatni sodir qilish turislarni qabul qilish uchun Oʻzbekistonda yirik salohiyat mavjud. Gap bunday salohiyatdan samarali foydalana olishda.

Download 404.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling