Туристик маҳсулот маркетинги фанига кириш


Download 281.46 Kb.
bet2/4
Sana17.02.2023
Hajmi281.46 Kb.
#1205837
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu.

ekskursant — vaqtincha bo‘lish mamlakatida (joyida) tunab qolmasdan yigirma to‘rt soatdan oshmaydigan davrda sayohat qiluvchi jismoniy shaxs;
ekskursiya yetakchisi — turistlar va ekskursantlarni muayyan turistik resurs bilan tanishtirish uchun kasbiy jihatdan tayyorgarlik ko‘rgan, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxs.
identifikatsiya kartasi (beyjik) — gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisining ko‘rsatilgan hudud va turistik (ekskursiya) obyektlarida ekskursiya o‘tkazish huquqini tasdiqlovchi, shuningdek, yo‘riqchi-yo‘l boshlovchining turistlarni (ekskursantlarni) turistik (ekskursiya) marshrutlardan o‘tayotgan vaqtda havfsizligini ta’minlash va ularga xizmat ko‘rsatish huquqini tasdiqlovchi hujjat;
Talabgorlar malaka toifasini olishi uchun quyidagi muddatlar bo‘yicha zaruriy ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim:
II toifa uchun — 3 yildan 6 yilgacha;
I toifa uchun — 6 yildan 9 yilgacha;
Oliy toifa uchun — 9 yildan yuqori.
Ekskursiya jarayonining ob’ektiv talablardan iboratligini e’tiborga olish kerak. Har bir ekskursiya o‘ziga xos faol jarayon bo‘lib, uning mohiyati ma’lum qonuniyatlar (mavzuiyligi, maqsadliligi, ko‘rgazmaliligi, hissiyotliligi, faolligi va sh.k.) bilan asoslanadi. Ekskursiya jarayoni va uning oldida turgan vazifalari quyidagicha namoyon bo‘lishi mumkin:
Ekskursiya bu diqqatga sazovor joylar, tarixiy va madaniy yodgorliklarni ko‘rsatish, tomosha qilishning uslubiy jihatdan tashkillashtirilishidir
Ekskursiya jarayonida gid-kuzatuvchi ekskursantlarga mavzuni yoritishda yordam beradi, ya’ni, ob’ektlarni ko‘rishga (birinchi vazifa), ushbu ob’ektlar haqida zaruriy ma’lumotlarni olishga (ikkinchi vazifa), tarixiy voqeaning mohiyatini his etishga (uchinchi vazifa), ekskursiya ob’ektlarini mustaqil kuzatish va tahlil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishlariga (to‘rtinchi vazifa) yordam beradi.
Ekskursiyada ob’ektning tarixiy mohiyatini ko‘rish quyidagilarda namoyon bo‘ladi: birinchidan, ekskursiya ob’ektida tarixiy-madaniy o‘ziga xoslikni topa olish kerak; ikkinchidan, ekskursiya ob’ektida har xil zamonlar qoldirgan izlarni aniqlay olish kerak; uchinchidan, monumental va muzey-tarixiy yodgorliklardan tarixiy faktlarni topa olish kerak, bu esa doimo boy bilim va ko‘nikmani talab etadi.
Ekskursiya vazifalaridan biri – ekskursantlarda uning mavzusi, tarixiy shaxslar faoliyati, voqealar, faktlar va umuman ekskursiya materialiga bo‘lgan munosabatni shakllantirish va unga o‘z bahosini berishdir. Baho berish - bu biror kim yoki narsa haqida tasavvur shakllantirishdir, uning mohiyati, harakteri, rolini aniqlash, kimningdir ijobiy sifatlari va ustunliklarini tan olishdir.

Download 281.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling