Turistik resurssghunoslik va turistik ekskursion loyihalashtirish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV


Download 1.56 Mb.
bet26/104
Sana26.01.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1126673
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   104
Bog'liq
2 лекция

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 2-dekabr,
PQ-2666-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrdagi PQ-2666-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) turizm sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta’minlovchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
2. Qo‘mita o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Qo‘mita o‘z vazifa va funksiyalarini amalga oshirishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
4. Qo‘mitaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari mulkchilik shaklidan va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyativa boshqaruvi organlari, xo‘jalik subyektlari tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi.
5. Qo‘mita, uning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega.
2-bob. Qo‘mitaning asosiy vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Qo‘mitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
mamlakatning turizm salohiyatini tubdan oshirish, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berish, turizm sohasida yagona davlat siyosatini olib borish maqsadida turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini shakllantirish va amalga oshirishni ta’minlash;
turistik xizmatlarning tashqi va ichki bozorlarida marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, turizm sohasida O‘zbekiston Respublikasining tarixiy-madaniy merosini keng targ‘ib qilishga qaratilgan faol reklama-axborot siyosatini amalga oshirish,mamlakatning turistik imijini saqlash va rivojlantirish, xalqaro turistik bozorlarda milliy mahsulotlar va brendlarni ilgari surish;
ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish va amalga oshirishni monitoring qilish, keng qamrovliturizm turlarini jadal rivojlantirish, turizm infratuzilmasini xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlantirishga xorijiy investitsiyalar, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini jalb qilish;
turistik faoliyatni rivojlantirishni muvofiqlashtirish, hududlarda yangi turistik yo‘nalishlar ochilishini ta’minlash, ularni pasportlashtirish, turistik yo‘nalishlar, gidlar (ekskursovodlar) va turistik obyektlar bo‘yicha yagona milliy reyestrlarni shakllantirish;
turistik xizmatlarni tashkil qilishda, avvalambor ular joylashtirilgan manzillarda, ovqatlanish joylarida, respublika hududi bo‘ylab harakatlanish vaqtida, turistik obyektlarga tashriflarni tashkillashtirishda turistlar xavfsizligi va sog‘lig‘ini ta’minlashga yo‘naltirilgan turistik xizmatlarni ko‘rsatish sifati va xavfsizligining standartlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish, turizm sohasidagi xizmatlarni litsenziyalash va sertifikatlashtirishni, shuningdek, litsenziyalanayotgan va sertifikatlashtirilayotgan turistik xizmatlarning belgilangan talablar va standartlarga muvofiqligi ustidan inspeksiya nazoratini amalga oshirish;
turizm sohasini davlat tomonidan va bozor orqali tartibga solishni maqbullashtirish, turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish, turizmni rivojlantirishga xalaqit berayotgan barcha to‘siqlar va g‘ovlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, turizm sohasida tadbirkorlar faolligini oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, mazkur sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish;
turistik faoliyat sohasida birinchi navbatda, BMTning Jahon turizm tashkiloti, turizm bo‘yicha nufuzli xalqaro va milliy tashkilotlar, shuningdek, turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kompaniyalar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, turistik faoliyat amaliyotiga xalqaro va davlatlararo standartlar va normalarni joriy etish;
turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha takliflar kiritish, turistik faoliyat subyektlari xodimlarini muntazam qayta tayyorlash va malakasini oshirishni yuqori sifatli darajada tashkil etish, turizm tarmoq ilm-fanini rivojlantirishga ko‘maklashish;
Oldingi tahrirga qarang.
turistik zonalarning samarali boshqaruvini tashkil qilish;
turistik zonalar hududida turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish va ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur investitsiyaviy shart-sharoitlarni yaratish;
turistlarning maqsadli toifalari orasida turistik zonalarning salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha marketing ishlarini olib borish;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan tashqari turizm infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish uchun ajratilgan salohiyatli o‘rmon fondi hududlarini rejalashtirish va loyihalashtirish;
respublika kinolokatsiyalarini, shu jumladan jamoat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda xorijda targ‘ib qilish.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling