Turistik resurssghunoslik va turistik ekskursion loyihalashtirish


Ish staji Ustama miqdori — lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyent


Download 1.56 Mb.
bet30/104
Sana26.01.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1126673
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   104
Bog'liq
2 лекция

Ish staji

Ustama miqdori — lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyent

2 yilgacha

0,3

2 yildan 3 yilgacha

0,4

3 yildan 5 yilgacha

0,5

5 yil va undan yuqori

0,6

b) chorak yakuni bo‘yicha eng tashabbuskor va natijador xodimlarni ustamani (rag‘batlantirish koeffitsiyentini) hisobga olgan holda lavozim maoshining 100 foizigacha bo‘lgan miqdorda bir yo‘la mukofotlash;
v) eng tashabbuskor va samarali ishlagan xodimlarni ustamani (rag‘batlantirish koeffitsiyentini) hisobga olgan holda lavozim maoshining 100 foizigacha bo‘lgan miqdorda moddiy rag‘batlantirish;
g) jamoa shartnomasiga muvofiq mehnat natijalari bilan bog‘liq bo‘lmagan kompensatsiya to‘lovlari va biryo‘la beriladigan mukofotlar.
Ushbu bandning “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan to‘lovlar summasi bir chorakda, ustamani (rag‘batlantirish koeffitsiyentini) hisobga olgan holda, lavozim maoshining ikki baravari miqdoridan oshmasligi kerak.
Xodimlarni qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizom, shuningdek, ko‘p yillik xizmat qilganlik uchun ustamalarni belgilash huquqini beradigan ish stajini hisoblash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Qo‘mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan tushadigan mablag‘lar hisobiga xodimlarga qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa to‘lovlar ham to‘lanishi mumkin.
16. Idoraviy mansub tashkilotlarining moddiy-texnik ta’minoti hamda ularning xodimlari mehnatiga haq to‘lash Qo‘mitaning o‘z mablag‘lari, Qo‘mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
17. Hududiy bo‘linmalar o‘z faoliyatini Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Qo‘mitaning hududiy bo‘linmalari rahbarlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, tegishli viloyatlar hokimlarining taqdimnomasiga ko‘ra rais tomonidan lavozimga tayinlanadilar.
18. Qo‘mitani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling