Turistik resurssghunoslik va turistik ekskursion loyihalashtirish


-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish


Download 1.56 Mb.
bet24/104
Sana26.01.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1126673
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   104
Bog'liq
2 лекция

44-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(44-moddaning nomiO‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
45-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING


QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TURIZMNI RIVOJLANTIRISH DAVLAT QO‘MITASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-sonli Farmonini bajarish yuzasidan va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatining samarali tashkil etilishini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
mamlakatning turizm salohiyatini tubdan oshirishga, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berishga, turizm sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishiga yo‘naltirilgan turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasi shakllantirilishi va amalga oshirilishini ta’minlash;
turizm xizmatlarining tashqi va ichki bozorlarida marketing tadqiqotlari olib borishga, tarixiy-madaniy merosni keng targ‘ib qilishga, O‘zbekiston Respublikasining turizm qiyofasini saqlab qolish va rivojlantirishga, milliy turizm mahsulotlari va brendlari xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga yo‘naltirilgan faol reklama-axborot siyosatini amalga oshirish;
ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish va ularning amalga oshirilishi monitoringi, turizm turlarining keng doirasini jadal rivojlantirish, xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan turizm infratuzilmasini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni, shuningdek xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini jalb etish;
Oldingi tahrirga qarang.
turizm faoliyati rivojlanishini muvofiqlashtirish, mintaqalarda yangi turizm yo‘nalishlari tashkil etilishini ta’minlash, ularni pasportlashtirish, turizm yo‘nalishlari, gidlar (ekskursovodlar) va turizm obyektlari bo‘yicha yagona milliy reyestrlarni shakllantirish;
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
turizm xizmatlarini tashkil etishda, eng avvalo, turistlar joylashtiriladigan joylarda, ovqatlanish punktlarida, respublika hududi bo‘ylab harakatlanishda va turizm obyektlariga tashriflarni uyushtirishda turistlarning xavfsizligi va sog‘lig‘ini ta’minlashga yo‘naltirilgan turizm xizmatlari ko‘rsatish sifati va xavfsizligi standartlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, turizm sohasida xizmatlarni litsenziyalash va sertifikatlashtirish hamda litsenziyalanadigan va sertifikatlashtiriladigan turizm xizmatlarining belgilangan talablar va standartlarga muvofiqligi bo‘yicha inspeksiya nazoratini amalga oshirish;
turizm sohasini davlat tomonidan va bozor munosabatlari asosida tartibga solishni maqbullashtirish va turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish, turizmni rivojlantirishga qarshilik qilayotgan barcha g‘ov va to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish, turizm sohasida tadbirkorlik faolligi oshishiga har tomonlama ko‘maklashish, ushbu sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish;
turizm faoliyati sohasida birinchi navbatda BMTning Butunjahon turizm tashkiloti, turizm bo‘yicha nufuzli xalqaro va milliy tashkilotlar hamda turizm sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xorijiy kompaniyalar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro va davlatlararo standartlar va normalarni turizm faoliyati va amaliyotiga joriy etish;
turizm faoliyati subyektlari xodimlarini muntazam ravishda qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni yuqori sifat darajasida tashkil etish, tarmoq turizm fanlarini rivojlantirishga ko‘maklashish.
2. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi barcha majburiyatlar va shartnomalar, shu jumladan xalqaro majburiyatlar va shartnomalar bo‘yicha “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasining huquqiy vorisi hisoblanadi, mehnat shartnomalari bundan mustasno.
3. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tuzilmasida mustaqil bo‘linmalar sifatida:
tugatilayotgan “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi huzuridagi “Buyuk ipak yo‘li” reklama agentligi” davlat unitar korxonasi negizida “Milliy turizm mahsulotlarini targ‘ibot qilish markazi” davlat unitar korxonasi;
“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” unitar korxonasi negizida “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” davlat unitar korxonasi;
“Dispetcherlashtirish va sayyohlarga xizmat ko‘rsatish markaziy boshqarmasi” davlat korxonasi negizida “Dispetcherlashtirish va sayyohlarga xizmat ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi;
“Respublika ilmiy-o‘quv konsalting markazi” davlat korxonasi negizida “Turizm sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash Respublika markazi” davlat unitar korxonasi tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling