Turistik resurssghunoslik va turistik ekskursion loyihalashtirish


Download 1.56 Mb.
bet25/104
Sana26.01.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1126673
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   104
Bog'liq
2 лекция

(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3510-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2018-y., 07/18/3510/0668-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmalarining rahbarlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, tegishli viloyatlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan Qo‘mita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Qo‘mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
“O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga aylantirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qo‘mitaning vakolatlariga muvofiq sudlarga beriladigan da’volar va arizalar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan;
b) mehnat va boshqa shartnomalar asosida Qo‘mita raisining xorijiy maslahatchisi sifatida jalb qilingan xorijiy mutaxassislar:
ish haqi fondining yagona ijtimoiy to‘lovi to‘lashdan;
jismoniy shaxslar — norezidentlardan olinadigan daromad solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Istiqlol ko‘chasi, 47 uyda, “Milliy PR markazi” Toshkent shahri, Mirobod tumani, Oybek ko‘chasi, 18-uyda joylashtirilsin.
Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi markaziy apparatiga 5 ta shaxsan biriktirilgan (xorijiy maslahatchilarga biriktirilganlarni hisobga olmagan holda), 1 ta maxsus (yo‘lsiz joylarda yura oladigan), 2 ta navbatchi avtomobil va 1 ta mikroavtobus limiti ajratilishi nazarda tutiladi;
Qo‘mitaga tegishli xizmat avtomobil transportiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan yillik kilometr masofa limiti tatbiq etilmaydi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3510-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2018-y., 07/18/3510/0668-son)
9. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasini zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan ta’minlashga belgilangan tartibda ko‘maklashsin.
Oldingi tahrirga qarang.
91. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga o‘z idoraviy vazifalarini amalga oshirish uchun uchuvchisiz uchish apparatlarni sotib olish, olib kirish, saqlash va O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish vakolati berilsin.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PQ-4755-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2020-y., 07/20/4755/0783-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling