Turistik resurssghunoslik va turistik ekskursion loyihalashtirish


-bob. Qo‘mitaning huquq va majburiyatlari


Download 1.56 Mb.
bet28/104
Sana26.01.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1126673
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   104
Bog'liq
2 лекция

3-bob. Qo‘mitaning huquq va majburiyatlari
9. Qo‘mita o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Qo‘mita vakolatiga taalluqli masalalarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlardan hujjatlar, statistik ma’lumotlar, hisobotlar, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa ma’lumotlarni so‘rash, talab qilish va qabul qilish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga turistik obyektlar va turistik infratuzilmalarda turistlar uchun shart-sharoitlar yaratish doirasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy taqdimnomalar yuborish;
turizmni rivojlantirish, mamlakat, shu jumladan hududlarning milliy turistik mahsulotlarini ilgari surish bo‘yicha ishlar hamda loyihalarini moliyalashtirish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining xarajatlar smetasini ko‘rib chiqish va kelishishda ishtirok etish;
xorijiy davlatlarning turizm masalalari bo‘yicha vakolatli organlari bilan belgilangan tartibda ma’lumotlar almashish;
o‘z vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlar o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan shunga o‘xshash tadbirlarda ishtirok etish;
turizmni rivojlantirishga qaratilgan choralarni birgalikda ishlab chiqish maqsadida xalqaro, xorijiy va respublika tashkilotlari bilan aloqalar o‘rnatish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Qo‘mitaning markaziy apparati va uning idoraviy bo‘linmalarida shartnoma asosida ishlash uchun turizm sohasidagi yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
mehmonxonalar, motellarni klassifikatsiyalash, shuningdek, turistlarni joylashtirishning boshqa vositalarini standartlashtirish bo‘yicha tartib-taomillarni amalga oshirish;
turizm sohasidagi muammolar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi, ilmiy-texnik, idoralararo ekspertlik komissiyalarini tuzish, maxsus yig‘ilishlar chaqirish, shuningdek, mazkur muammolarni o‘rganish va hal qilish,maslahatlashuvlar uchun mahalliy va xorijiy mutaxassislar, ekspertlar va olimlarni jalb qilish;
turistik zonalar va tabiiy kurort hududlarini tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi va samaradorligi to‘g‘risida xulosa tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ularni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflarni kiritish;
mamlakatning yuksak turistik imijini saqlash maqsadida reklama va turizm sohasini targ‘ib qiluvchi boshqa mahsulotlarni (mamlakatning turizm salohiyatini aks ettiruvchi reklama audio-videomateriallari, risolalar, fotoalbomlar, kitoblar, xaritalar va boshqa reklama-axborot materiallari, maqolalar, kompyuter dasturlari, veb-saytlar, portallar) yaratish, chop etish, ko‘paytirishni amalga oshirish, suvenirlar va boshqa mahsulotlar sotib olish, shuningdek, mamlakat hududida va xorijda tadbirlar tashkil etish uchun mehmonxona, transport, umumiy ovqatlanish va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish maqsadida mustaqil yoki idoraviy mansub tashkilotlar orqali belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
turistik faoliyat subyektlaridan turizm sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini talab qilish;
turistik faoliyatni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda litsenziyalar berish, ularning amal qilishini to‘xtatish va tugatish, ushbu litsenziyalarni bekor qilish;
turistik xizmatlarni majburiy sertifikatlashtirishdan o‘tkazish va ko‘rsatilayotgan turistik xizmatlarning belgilangan standartlar, normalar va talablarga muvofiqligi ustidan inspeksiya nazoratini amalga oshirish;
turistik xizmatlarning muvofiqlik sertifikatini belgilangan tartibda to‘xtatish va tugatish, ushbu sertifikatlarni bekor qilish;
turistik faoliyat va turistlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkillashtirish bilan band bo‘lgan boshqa subyektlarni ixtiyoriy ravishda sertifikatlashtirish (klassifikatsiyadan o‘tkazish);
o‘z vakolati doirasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish;
turizm masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, belgilangan tartibda xalqaro shartnomalar imzolash;
turizmni rivojlantirish masalalarida xorijiy davlatlar, xalqaro va chet el tashkilotlari vakillari bilan muzokaralar olib borish;
Qo‘mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jurnalistlar, blogyerlar va suratga olish guruhlarini xorijga va O‘zbekiston hududlariga O‘zbekistonning turizm salohiyati haqida reportajlar, videoroliklar tayyorlash, Qo‘mita delegatsiyalari va turizm kompaniyalari ishtirokidagi ko‘rgazma, muzokara va boshqa shu kabi tadbirlarni yoritish uchun yuborish;
Qo‘mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mahalliy va xorijiy ishtirokchilar o‘rtasida turizmning istiqbolli turlari va yo‘nalishlarini, mamlakatning turizm salohiyatini ilgari surish va reklama qilishga qaratilgan sovrinli tanlov va viktorinalar o‘tkazish;
marketing strategiyasidan kelib chiqqan holda, xorijiy teleradiokompaniyalar va boshqa, shu jumladan bosma va raqamli ommaviy axborot vositalari bilan xorijiy bozorlarga mo‘ljallangan reklama, reportaj va boshqa roliklarni translatsiya qilish, maqolalar, reklamalar, bosma mahsulotlar, shu jumladan turizm xaritalari, risolalar va kitoblar, internet videoroliklari tayyorlash va chop etish, shuningdek, reklama va fotoreportajlarni hamda shu kabi boshqa mahsulotlarni suratga olish va tayyorlash uchun shartnomalar tuzish;
gazetalar, jurnallar va boshqa ommaviy axborot vositalariga, shu jumladan idoraviy mansub tashkilotlari orqali ta’sischi bo‘lish;
Qo‘mita balansida turgan ko‘chmas mulkdan foydalanish uchun o‘zining idoraviy mansub tashkilotlariga ijara to‘lovlari uchun nol stavka belgilash.
Qo‘mita va uning idoraviy mansub tashkilotlari sohaga oid xalqaro (chet el) tashkilotlariga a’zo bo‘lish huquqiga ega.
Qo‘mita o‘z zimmasiga kredit majburiyatlarini olish, shuningdek, uchinchi shaxslar tomonidan jalb qilingan kreditlar bo‘yicha kafil bo‘lish yoki kafolatlar berish huquqiga ega emas.
Qo‘mita, zarur hollarda, belgilangan tartibda boshqa davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarish huquqiga ega.
10. Qo‘mita o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi uchun javobgar hisoblanadi.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling