Jadvallar va chizmalarning rasmiylashtirilish tartibi
Kurs ishining rang-barangligi va unda keltirilgan ma’lumotlarning aniqligini
ta’minlashda tadqiqotchi chizma va jadvallardan keng foydalanadi. Kurs ishida
jadvallar, asosan, statistik ma’lumotlarni bayon qilishda, shuningdek, vazirlik, idora,
korxona, tashkilot va muassasalarning ma’lumotlarini
keltirishda,
muayyan
matematik hisob-kitoblarni bajarishda qo’llaniladi.
Jadvallar
muayyan tartib, qonun-qoida asosida keltirilishi lozim. Avvalo,
jadvallar tartib bilan raqamlanishi zarur. Jadvalning raqami uning tepa qismida o’ng
tomonida qayd qilinishi kerak.
Shuningdek, jadvalning
nomi ham uning yuqori
qismida, markazga tortilgan holatda aks ettirilishi lozim. Jadvaldagi ko’rsatkichlar
bitta o’lchovda ifodalanadigan bo’lsa, ushbu o’lchov birligi jadvalning tepa qismi,
o’ng tomonida, sarlavhadan pastda ko’rsatiladi.
Jadvaldagi har bir ko’rsatkich muayyan tartib bo’yicha bayon qilinishi lozim.
Ko’rsatkichlarni ifodalovchi raqamlar
jadval ustunlarida birlik, o’nlik
va hokazolar
ketma-ketligida yozilishi talab etiladi.
Masalan:
Soni, birlik
Qiymati, mln.so’m
Sotilgan sayyohlik yo’llanmalari jami
Do'stlaringiz bilan baham: