Turizm geografiyasida tarixiy obidalarning ahamiyati
- MAVZU: O’ZBEKISTONDA REKREASIYA RESURSLARINING RIVOJLANISHI
Download 193.71 Kb.
|
TURIZM GEOGRAFIYASIDA TARIXIY OBIDALARNING AHAMIYATI (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “xarajatlar – daromadlar – xarajatlar”
- Turkorxona daromadi – bu turistlarga tovarlar va xizmatlarni sotishdan tushgan tushumdir. Mintaqa daromadi – bu mazkur tushumdan olingan va mintaqa tasarrufida qoldiriladigan soliqlar miqdoridir.
14- MAVZU: O’ZBEKISTONDA REKREASIYA RESURSLARINING RIVOJLANISHI
REJA: O’zbekistonda rekreasiya resurslarining tarqalishi O’zbekistonda rekreasiya resurslarining rivojlanishi O’zbekistonda rekreasiya resurslarining muhofazasi Umuman, rekreatsiyaning rivojlanishida festivallar, ko’rgazmalar xalq bayramlari va sportning ahamiyati yuqoridir. Turizm inson hayotiy faoliyatining ko’pgina tarmoqlarini o’z ichiga oladi. SHuning uchun turizmni o’rganish madaniyatshunoslik, tarix, antropologiya, psixologiya, sotsiologiya iqtisodiyot kabi fan tarmoqlarini o’rganish bilan uzviy bog’liq. O’zbekiston dunyo tarixchilari va keng jamoatchiligiga hali targ’ib etib ulgurmagan boy tarixga ega. Respublika mustaqillikka erishgunga qadar, Kushonlar davri Sulton Saodat, Qirqqiz arxitektura yodgorliklari to’g’risida g’ishtdan qurilgan. “Qirqqiz” xarobalari hozirga qadar saqlanib kelingan. Ma’lum bo’lishicha, tarixda “Qirqqiz” ga dunyoning turli mamlakatlaridan, jumladan, Frantsiya kelib tahsil olgan. Ular SHarq madaniyatini o’rganishgan. “Qirqqiz”da saroy ayollari tarbiyalangan. Sulton Saodat, Hakim At Termiziy, Iso Termiziy maqbaralari esa, mustaqillikka qadar o’ta ayanchli ko’rinishga ega bo’lib qolgan edi. Bu allomalar o’z davrining yirik olimlari, ma’rifatparvar va hadisshunos bo’lishgan. O’zbekiston tabiati va uni muhofaza qilish zaruriyati O’zbekiston O’rta Osiyoning markaziy qismida, ya’ni Amudaryo bilan Sirdaryo oralig’ida joylashgan mamlakat. Hududining shimoliy nuqtasi Ustyurt platosining shimoliy-sharqida, janubiy nuqtasi 450 31' shimoliy kenglikda Termiz shahrida, g’arbiy nuqtasi Ustyurt platosi bo’ylab, 500 sharqiy uzoqlikda, eng sharqiy nuqtasi esa, Farg’ona viloyatining sharqiy qismiga 370 10' uzunlikda joylashgan. O’zbekistonning maydoni 448,9 ming kv. km bo’lib, hududining 78,7 foizi tekislikdan va 21,3 foizi tog’lardan iborat. Mamlakat hududida Talas, Ugom, Qorjontog’, Piskom, CHortoq, Qurama, Turkiston, Morguzar, Nurota, Zarafshon, Hisor, Boysuntog’, Surxontog’, Ko’hitangtog’, Bobotog’, Farg’ona, Oloy tizma tog’lari, Qoraxotin, Mingbuloq, Asakaovdan botiqlari mavjud. O’zbekistonning tabiiy geografik o’rni Markaziy Osiyodagi boshqa respublikalari tabiatidan keskin farq qiladi. Mamlakat hududi shimoldan janubga qadar 325 km.ga cho’zilgan. Yer yuzasining tuzilishi (tekisliklar, tog’lar) dagi tafovutlar iqlim hosil qilishda muhim o’rin tutadi. Masalan, mamlakat janubida subtropik iqlim mintaqasi hukm sursa, shimolda shimoliy g’arbdan esuvchi sovuq havo massalari to’g’ridan-to’g’ri kirib keladi. Mamlakat hududi bo’ylab o’rtacha yillik harorat ham turlicha. Masalan, o’rtacha yillik harorat Nukusda +11,00S bo’lsa, Toshkentda +13,90S, Termizda esa +17,80S ga teng. O’zbekistonning tekislik qismida yozda o’rtacha yillik harorat +26+300S ga yetadi. Janubda asosan +31+320S ga yetadi. Ba’zan Termizda harorat +500S gacha yetadi. Umuman, yoz quruq issiq kechadi. Qishda yanvar oylarida, harorat shimolda -100S gacha yetadi va janubi-sharqqa tomon isib boradi. Termizda o’rtacha harorat qishda +30S ni tashkil qiladi. Ba’zi yillarda Arktika havo massalarining kirib kelishi natijasida qish sovuq keladi va harorat Ustyurtda –36-370S gacha, Toshkentda –28-300S gacha, Surxondaryoda –18-200S gacha sovib ketadi. SHunga muvofiq ravishda yog’inlar ham turlicha taqsimlanadi. Eng kam yog’in miqdori Ustyurt, Quyi Amudaryo va Qizilqumga to’g’ri kelib, 100 mm atrofida. O’zbekistonning adir va tog’ oldi qismida yillik yog’inlar 300-550 mmni va baland tog’ mintaqalarida 550-900 mm ni tashkil qiladi. O’zbekistonning yirik daryolari Amudaryo va Sirdaryo bo’lib, ular asosan qor va muzlardan, qisman yer osti suvlaridan to’yinadi. O’zbekistonning tuproq qoplami, o’simlik va hayvonot olami juda xilma-xil. Ularning taqsimlanishida iqlim va relьef muhim o’rin tutadi. Mamlakat hududi bo’ylab cho’llarda asosan sho’rxok, taqirlar, tekislik, va vodiylarda bo’z tuproqlar, tog’ oldi va tog’ mintaqalarida sur va qo’ng’ir tusli tuproqlar keng tarqalgan. CHo’llarda bug’doyiq, yulg’in, shuvoq, sho’ra, burchoq, isiriq, saksovul kabi o’simliklar, tog’ oldi va baland toq mintaqalarida betaga, ravoch, bodom, pista, do’lana, o’rik, olma, ravoch, archa, Turkiston qayini, yong’oq, terak kabi o’simliklar o’sadi. O’zbekiston hayvonot olamining tarqalishida ham iqlim va relьef muhim ahamiyat kasb etadi. CHo’l va adir mintaqasida asosan, kaltakesak, ilon, ko’rsichqon, yumronqoziq, sut emizuvchilardan: cho’l mushugi, jayron, oqquyruq, qora quloq, tulki xongul va boshqalar yashaydi. Tog’ va tog’ oldi mintaqalarida oq sichqon, oq suvsar, o’rmon sichqoni, o’rmon olmaxoni, qunduz, qo’ng’ir ayiq, silovsin, bo’ri, tulki, sirtlon, bo’rsiq, quyon yashaydi. Qushlardan burgut, tasqara, kaklik, bulbul kabilar uchraydi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq O’zbekiston tabiatini muhofaza qilishga katta e’tibor qaratildi. Tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi va uning tasarrufidagi boshqaruv hamda nazorat organlari tuzildi. Tabiatni muhofaza qilish va uni takror barpo etish doirasidagi me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. SHuningdek, noyob va o’ta noyob o’simlik va hayvon turlari aniqlanib, ularni muhofaza etish maqsadida O’zbekiston “Qizil kitobi” chop etildi hamda qo’riqxonalarga ahamiyat ortdi. So’nggi yillarda turizm jahon iqtisodiyotidagi tez rivojlanib kelayotgan tarmoqlardan biridir. Bu soha neftь qazib chiqarish va avtomobilsozlikdan so’ng yirik uchlikka kiradigan katta daromad keltiruvchi tarmoq hisoblanadi. Bugungi kunda turizm va unga bevosita hamda bilvosita hizmat ko’rsatuvchi sohalarda jahon mehnat resurslarining qariyb 60% qismi faoliyat olib bormoqda. Butunjahon turistik tashkiloti (BTT)ning ma’lumotlariga ko’ra, 2010 yilga borib jahon bo’yicha sayyohlarning soni 1 018 mln kishiga yetishi bashorat qilinmoqda. Shuningdek, 2020 yilda xalqaro turizmi orqali olinayotgan daromad 2 trln AQSH dollariga yetishi mumkin. Bundan tashqari, qilinayotgan bashoratlar tahlili shuni ko’rsatadiki, 2020-2025 yillarga borib Xitoy eng ko’p tashrif buyuruvchilar mamlakatiga aylanadi, Gonkong va Rossiyada ham bir muncha o’sish sur’atlari kutilmoqda. Jumladan, bashorat qilinayotgan yillarda Rossiyaga kirib keluvchilar soni mamlakatdan chiqib ketuvchi turistlarga nisbatan 1.3 barobar ortadi. Yevropa mamlakatlari ichida CHexiya yaqin kelajakda yuqori ko’rsatkichlarga erishishi nazarda tutilmoqda. Birgina shu davrda Xitoy va Gonkong ulushiga butun jahondagi jami turistlar oqimining 12.3 % qismi to’g’ri keladi. Ayni paytdagi turistlar oqimi alohida mintaqalar bo’yicha o’rganiladigan bo’lsa, xalqaro turistik yo’nalishlarning o’rtacha 65 foizi Yevropa hissasiga, 20 foizi Amerikaga, 6.2 foizi Osiyo mamlakatlariga va qolgan 8.8 foizi qismi esa boshqa mintaqalar zimmasiga to’g’ri keladi. Bashorat natijalariga ko’ra, Rossiga kelayotgan turistlar sonining keskin ortishi, bizningcha, Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ham manfaatli bo’lishi mumkin. Ammo, buning uchun albatta MDH mamlakatlari yoki SHanhay xalqaro hamkorlik tashkiloti, ayniqsa Markaziy Osiyo davlatlari, boshqa sohalarda bo’lgani kabi, o’zaro xududlarni turistik nuqtai nazaridan integratsiyalashgan, erkin sayyohlik makoniga aylantirish talab etiladi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, sobiq Ittifoq xalq xo’jaligi singari berk (anklav) usulda turizmni rivojlantirib bo’lmaydi. Bu borada Yevropa tajribasini qo’llash joiz. SHu bois mazkur davlatlar xalqaro turistlarni ayriboshlash, ularni import va eksport qilish masalalarini ko’rib chiqishi lozim. Mazkur tadbirlarning amalga oshirilishi sayyohlarni turistik (mehmon bo’lib turgan) davrini ko’paytirish hamda sayyohlik xududiga valyuta tushish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Respublikamizga yaqin qo’shni bo’lgan Qirg’izistonning ham turistik salohiyati ancha yuqori bo’lib, o’zida rekreatsiya, tog’ turizmi, sport va ekstrim turizm yoki ekoturizmni rivojlantirish mumkin. Huddi shunday, Qozog’iston ham sayyohlik tez rivojlanayotgan mamlakat hisoblanadi. Ayniqsa, Qozog’istonning “Baykanur” kosmodromida yaqin 25-30 yil ichida turizmni yangi turi, bugungi kunda eng ko’p sarf - harajat talab qilayotgan, ammo sarguzashtga boy, qiziqarli kosmik turizmni rivojlanishi ham ehtimoldan holi emas. Sayyohlikning bu turi bilan jahonning eng boy tabaqalari, sanoqli kishilargina shug’ullanmoqda. Vaholanki, dastlabki rasmiy turistik sayohatlarda X1X asrni oxirlarida aholining faqatgina elita qatlami, yuqori tabaqa vakillari ishtirok etgan edi. O’zbekistonni turistik salohiyatini asosan Aleksandr Makedonskiy, CHingizhon, Amir Temur va so’ngi xonliklar davrida bunyod etilgan 4 000 dan ortiq katta kichik tarixiy yodgorliklar ham belgilab beradi. Ma’lumot sifatida ta’kidlash joizki, respublikamiz sayyohlar ko’radigan joylar soni hamda ularga bo’lgan talab bo’yicha jahonning birinchi 10 talik davlatlari qatoriga kiradi. Mamlakatimizdagi 11 ta shahar dunyo miqyosidagi turistik shaharlar sifatida tan olingan. Mavjud tarixiy, madaniy yodgorliklar soni 2600 tadan ortiq bo’lib, bugungi kunda ularning atigi 150 tasiga sayyohlarni qabul qilinmoqda, holos. SHuningdek, O’zbekistonni turistik salohiyatini yana bir o’ziga xos jihati shundaki, mamalakatda tabiatdagi relьef shakllarinig barcha (tog’, tekislik, cho’l, adir, dasht) ko’rinishlari mavjud. Farg’ona vodiysi, Bo’stonliq, Zomin, Urgut, Kitob, Boysun kabi xududlarda tog’, sport, ekoturizm va rekreatsiyani rivojlantirish uchun yetarli shart-sharoitlar bor. Respublikamizdagi 300 dan ortiq rekreatsiya ahamiyatiga ega shifobaxsh mineral yer osti suvlarining 121 tasidan aholi salomatligini tiklash borasida foydalanilmoqda. Yuqoridagi imkoniyatlar inobatga olingan holda, kelayotgan turistlar oqimining 40 foizidan ortiq qismi Samarqand, Buhoro va Xorazmga tashrif buyursa, 17 foizi Farg’ona vodiysiga, qolgan qismi boshqa mintaqalar zimmasiga to’g’ri keladi. Sayyohlarni ko’p qabul qilish, ularga hizmat ko’rsatish hajmi, foyda olish bo’yicha Samarqand va Buxoro viloyatlari yetakchilik qilsa, eng past ko’rsatkichlar Andijon, Jizzax va Toshkent viloyatlarida kuzatilmoqda. O’zbekistonda 2007 yil 1 yanvar holatiga ko’ra, jami 464 ta turistik tashkilot hamda firmalar bo’lib, shundan 446 tasi mas’uliyati cheklangan jamiyat, hususiy firma va tadbirkorlardir. Xalqaro sayyohlarning asosiy qismi Toshkent shahriga tashrif buyurishadi. Sababi, poytaxt va Toshkent viloyati hissasiga jami turistik infrastukturaning 36 foizi to’g’ri kelishi hamda yetarlicha shart - sharoitlarni yaratilganligidir. Farg’ona vodiysi respublika turistik infrastrukturasining 19 foiziga ega. Biroq, mavjud turistik infrastrukturani sig’imi, darajasi chet ellik sayyohlar ehtiyojini to’la qondira olmayapti. Vujudga kelgan muammolarni bartaraf etish maqsadida xalqaro sayyohlarning qiziqishlari va talablari darajasida qo’shimcha hizmatlar ko’rsatish tizimini yaratish zarur. SHuningdek, yangi turistik hizmatlar va mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha horij investitsiyalari uchun loyihalar tayyorlash, jahon turizm bozorida O’zbekistonni yoki uning alohida mintaqalarini reklama dasturlarini hamda ularni shahsiy imidjini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Turistlar xarajatlari turistik mintaqa daromadlarini oshiradi bu esa o’z navbatida “xarajatlar – daromadlar – xarajatlar” uzliksiz zanjirini olib keladi, bu zanjir o’zaro bir-biri bilan tutashgunga qadar davom etadi. SHu tarzda turistik xarajatlar natijasida boshlang’ich daromad ta’sirini qayta baholash juda murakkab, chunki u bilan turistik xarajatlarni navbatdagi tsikli bog’liq bo’ladi. Mintaqa rivojiga turistik xarajatlarni bevosita ta’siridan tashqari bilvosita ta’sirlar ham yoki mintaqada turistik xarajatlarni aylanishi darajasi bo’yicha kuchga kiruvchi “mulьtiplikator samarasi” amal qiladi. (Mulьtipikator so’zi lotinchadan olingan bo’lib-ko’paytiruvchi degan ma’noni anglatib, uni iqtisodiyotga birinchi bo’lib 1931 yilda ingliz iqtisodiyotchisi Richard Kan tomonidan kiritilgan). Turizmdan daromad multipikatori harakatini qo’yidagi shartli misolda namoyish qilish mumkin. Buxorada bir guruh chet el turistlari tovar va xizmatlarni xarid qila turib, ma’lum summani safrlaydilar. Turkorxona daromadi – bu turistlarga tovarlar va xizmatlarni sotishdan tushgan tushumdir. Mintaqa daromadi – bu mazkur tushumdan olingan va mintaqa tasarrufida qoldiriladigan soliqlar miqdoridir. Agar turistik firma mahalliy tovar va xizmatlarni xarid qilsa turistlar mablag’i mintaqa iqtisodiyotiga to’la xizmat qilmoqda deyish mumkin. Mazkur tovarlarni va xizmatlarni sotuvchilar turistlardan mablag’larni olib, ularni o’z ishchi xodimlariga ish haqi sifatida bersa, ular ham o’z navbatida mablag’larni, tovarlarni xarid qilishga, xizmatlarga to’lov uchun sarflaydilar. Ammo xodimlar ish haqini olib uni import tovarlar xarid qilishga yoki chet elga dam olishga safrlasa, unda “xarajatlar – daromadlar – xarajatlar” tsikl zanjir tutashadi va mintaqadan pul mablag’i chiqib ketadi. Turistlar xarajati sxemasidagi bevosita va bilvosita ta’sirlar uyg’unligi butun mahalliy iqtisodiyotga ta’sirini belgilaydi. Turistlar xarajatini har bir tsiklidan olingan barcha daromadlar to’la sarflanmaydi. Uning ma’lum qismi jamg’arib qo’yiladi, boshqa qismi esa mazkur mintaqa tashqarisida ishlatiladi. Mintaqa chegarasida sarflangan daromadlar ulushi ko’p bo’lsa, mulьtipikator samarasi ham shuncha yuqori bo’ladi. Turdaromadlarni mintaqa chegarasida saqlab qolish qobiliyati mahalliy iqtisodiyotning mustaqilligidan va ushbu rayonning iqtisodiy jihatdan yopiqligiga bog’liq bo’ladi. Agarda mahalliy iqtisodiyot turistlar ehtiyoji uchun foydalaniladigan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo’lsa, unda mulьtipikator samarsi juda katta bo’ladi. Boshqa mintaqalardan qancha ko’p tovarlar import qilinsa, mulьtipikator samarasi shuncha kam bo’ladi. Yuqoridagilardan qo’yidagi xulosaga kelish mumkin mulьtiplikator samarasi – bu turistlar tomonidan mahalliy iqtisodiyotga necha marta qo’yilgan mablag’lar miqdori bo’lib,ular qabul qilinayotgan mintaqaga haqiqatda sarf qilinganini kursatadi. Bu koefftsientni daromadlar koefftsienti deb ham atash mumkin, chunki turistlar tomonidan sarflangan mablag’lar mahalliy aholi daromadlarini shakllanishida bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi. Turizmda multipikator samarasi nazariy jihatdan mavjud, lekin amaliyotda esa uni hisobga olishda ma’lum murakkablik tug’iladi. Turizm muammosi bo’yicha G’arbdagi iqtisodiy fanlar endigina mamlakat iqtisodiyotiga ushbu soha ulushining hisob-kitobi metodikasini ishlab chiqishni boshladilar. Mulьtipikator samarasi bilan birga boshqa iqtisodiy yo’ldosh hodisalar ham mavjuddir. Turistlarni o’sib boruvchi xarajatlari bandlik koefftsienti bilan ifodalanuvchi qo’shimcha ishchi kuchlarini zaruriyatini keltirib chiqaradi. Turistik mintaqani kengaytirish tadbirlari bilan birga uning infratuzilmasini takomillashtirish, ya’ni bino va inshoatlarni qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Bundan esa darmad koefftsientini hisoblab chiqish imkoniyati vujudga kelmoqda. Mazkur koefftsientlarni yanada batafsil ko’rib chiqamiz. Download 193.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling