Turizm geografiyasida tarixiy obidalarning ahamiyati


Download 193.71 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi193.71 Kb.
#1595768
1   2   3
Bog'liq
TURIZM GEOGRAFIYASIDA TARIXIY OBIDALARNING AHAMIYATI (2)

Bandlik koefitsienti. Mavjud va yangidan tashkil qilinadigan ishchi o’rinlar soni iqtisodiyotga tarmoq ulushining muhim ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Turizmda bandlikni yaxshi tadqiq qilingan kategoriyasi – mehmonxona va kurort sanatoriya xo’jaliklaridir. Hozirgi vaqtda turizm tomonidan yaratilgan bilvosita bandlik taxminan baholanishi mumkin. Bandlik koefftsienti mintaqalar bo’yicha turli xil bo’lib ular iqtisodiy bazasiga bog’liq bo’ladi. Agar mamlakat uchun bandlik koefftsienti 1,13 ga teng bo’lsa bu eksport turistik ehtiyojiga har bir to’g’ridan-to’g’ri xizmat ko’rsatishga mamlakat yana qo’shimcha 0,13 kishini mehnat bilan ta’minlash imkoniyati mavjudligini bildiradi. Agar, aytaylik bu koefftsient 2,63 bo’lsa, unda industriyada ishlovchi har bir kishiga davlat o’rtacha yana 1,3 kishini ishchi o’rinlar bilan ta’minlash qobiliyatini bildiradi. Umuman olganda mamlakatda bandlik koefftsienti aholi soniga va mehnat bilan ta’minlangan aholini umumiy soniga to’g’ri proportsional ravishda o’zgaradi. Mamlakatda aholi sonini o’sishi bilan bandlik koefftsientining ahamiyati ham o’zgaradi.
Pul mablag’larining oqib ketishi (kamayishi) - bu jamg’arma(zayomga qo’yilmaydigan pullar) va import (qabul qiluvchi davlat tashqarisida turistik ehtiyojlarga sarflanadigan mablag’lar)ning kombinatsiyasi hisoblanadi. Agar tashqi mamlakatda import tovarlarga mablag’ sarflansa unda tabiiyki bu mahalliy iqtisodiyotni rag’batlantirmaydi. SHuningdek agar yil davomida mablag’ zayomga berilmasdan jamg’arma shaklida olib qo’yilsa ham iqtisodiyot uchun foydasi kam.
SHu tarzda turistik xarajatlardan maksimal darajada foyda olish uchun milliy tovarlar va xizmatlarni xarid qilish yo’li bilan mahalliy iqtisodiyotga turistik fondlarga ko’proq mablag’ qo’yish zarur, chunki pul vositalarini muzlatib qo’yish yoki katta hajmda import xarid qilish qabul qiluvchi davlat rivojiga imkon bermaydi.
O’zbekistonda hozirgi vaqtda pul mablag’larining kamayish xollari mavjud, chunki ishlab chiqarish sohasinining pasayishi, otellarda, turistik tarmoqdagi transport korxonasi va tovar yetkazib beruvchilarga jihozlar, asbob-uskunalar va ba’zi xizmatlarni chet el ishlab chiqaruvchilaridan xarid qilib olishga to’g’ri kelmoqda.
Xalqaro turistik oqimning geografik yo’nalishining shakllanishiga har doim quyidagi to’rtta omillar guruhi o’z ta’sirini ko’rsatadi:

  1. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar guruhi. Bu guruhdagi omillar dunyo mamlakatlari va mintaqalarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasini aks ettiradi. Mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyoti rekreatsion talab hajmining ortishiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatadi va rekreatsion oqim ko’rsatkichlarini belgilab beradi. Ko’pgina tadqiqotchilar bu guruh omillariga aholining o’sishi, umumiy iqtisodiy taraqqiyot, transport tizimining yaxshilanishi, davlatlararo savdo-iqtisodiy munosabatlarning liberallashuvi va ommaviy axborot vositalarining ta’siri, geosiyosiy vaziyat, aholi jon boshiga bo’sh vaqtning taqsimoti kabilarni kiritadi.

  2. Rekreatsion resurslar omili guruhi. Bu guruhda rekreatsion resurslarning kelib chiqishiga ko’ra tabiiy va antropogen resurslar ekanligi, ular tarkibi, zahirasi va rekreantlarni o’ziga jalb etish darajasi kiradi va ular orasida rekreatsion sig’im asosiy rolь o’ynaydi.

  3. Infrastruktura omili. Bu mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy infrastrukturaning yetarli darajada rivojlanganligi bilan bog’liq.

  4. Mamlakat yoki mintaqaning geografik joylashuvi omili. Bu omilning tarkibiy qismlariga rekreatsion rayonlarga nisbatan mamlakatning joylashuvi va transport tarmoqlarining qulay shakllanganligi kiradi.

Xalqaro rekreatsion oqim eng yuqori bo’lgan mintaqalarga Yevropaning dunyo okeani bilan tutash hududlari, Karib havzasi, O’rta Yer dengizi qirg’oqlaridir.
Keyingi vaqtlarda G’arbiy Yevropaning xalqaro turizmdagi ulushi pasaymoqda. Bu mintaqa 1970 yillarda xorijiy sayyohlarning 68 foizini qabul qilgan va daromadining qiymati shuncha monand ravishda 62 foizni tashkil etgan. XXI asr boshida dastlab 56 foizga, keyinchalik 42 foizga qisqargan. SHunga qaramasdan, G’arbiy Yevropa dunyoning asosiy rekreatsion mintaqasiligicha qolmoqda. Hududga keluvchi turistlar va rekreantlar soni 1970 yillarda 113 mln. kishini, 1980 yillarda 190 mln. kishini, 1990 yillarda 275 mln., 2001 yilda 365 mln. kishini tashkil qilgan. 2010 yilga borib, bu ko’rsatkich 476 mln. kishigacha o’sishi bashorat qilinmoqda. Turizm yoki rekreatsion jarayonlar rivojlangan dunyo mamlakatlarining 20 tasidan 13 tasi Yevropa davlatlari, keluvchi yevropaliklar ulushi yuqori bo’lgan 20 ta davlatning ham 12 tasi Yevropa mamlakatlaridir. Mazkur holat mintaqadagi rekreatsion jarayonlarning faolligidan dalolat beradi va buning sabablari quyidagilar:

Xulosa
Birinchidan, mintaqada turizmning rivojlanishida tabiiy omillarning qulayligi, dengiz qirg’oqlarining, qo’ltiqlar, ichki dengizlarning ko’pligi, minglab kilometr dengiz cho’milish maydonlarining mavjudligi, daryolarning serirmoqligi, qirg’oq bo’yi va tog’ manzarali hududlarning ko’pligi.


Ikkinchidan, tarixiy-madaniy omillar: turli tarixiy va arxitektura yodgorliklariga boyligi, moddiy va ruhiy madaniyat darajasining yuqoriligi, aholining milliy va diniy tarkibidagi xilma-xillik, ta’limning yuqori darajadaligi mintaqaning dunyoning boshqa mintaqalari bilan qadimdan aloqa o’rnatganligi.
Uchinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy va iqtisodiy-geografik omillar Xorijiy Yevropada turizm va rekreatsiyaning rivojlanishi uchun qulaylik yaratadi. Umumiqtisodiy rivojlanishning yuqoriligi, aholi daromadlarining ortib borishi, urbanizatsiyaning yuqoriligi, transport va ijtimoiy infrastrukturaning mavjudligi, shuningdek, boshqa turistik va rekreatsion mintaqalarning yaqinligi.
To’rtinchidan, siyosiy omilning ta’siri ya’ni mintaqada siyosiy vaziyatning barqarorligi va nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy integratsiyaning ham chuqurlashayotganligi kabi omillar mintaqada turizm va rekreatsion faoliyatning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Evroparlament va Yevropa Ittifoqi kengashi tomonidan 1990 yil Yevropa turizmi yili ekanligi e’lon qilingan edi. Bu mamlakatlar taraqqiyotiga katta hissa qo’shdi. Yevropa Ittifoqi davlatlarida turizm tarmog’ida 35 mln. kishi band va Yevropa Ittifoqi davlatlari yalpi ichki mahsulotlarining 8 foizini turizmdan tushgan daromadlar tashkil qiladi. Ba’zan mintaqadagi siyosiy vaziyatlar keskinligi salbiy ta’sir ko’rsatadigan holatlar ham bo’ladi. Masalan, Yugoslaviyada fuqarolar urushi nafaqat ichki taraqqiyotga, balki xalqaro turizmning rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko’rsatdi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. Aberqulov Q.N., Hojimatov A.N., Rajabov N.R. Atrofmuhitni muhofaza qilish. – Toshkent: TDIU, 2003, 148-b.
2. Jumayev T.J., Hoshimov Z.Y., Ro‘ziyev O.A. Ekologik menejment. – Toshkent, 2004. 111-b.
3. Ibodullayev N. O‘zbekistonning turistik resurslari. Samarqand, 2008, 142-b,
4. Islomova R.A. Ekologik turizmni rivojlantirish muammolari. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2014, 131-b.





Download 193.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling