Turizm jahonning yetakchi mamlakatlari iqtisodiyoti asosiy bo`laklaridan biri bo`lib hisoblanadi. Chunki bu iqtisodiyotning asosiy yo’nalishlaridan biri bo`lib yuqori daromad olish imkoniyati yuqori


Download 1.38 Mb.
bet9/13
Sana04.04.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1324193
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ABDIGANIYEV SHERZOD

OZODALIKNI TA’MINLASH.

    1. Xonalarni ozoda tutish tartibi va kunlik tozalash jadvali shakllantirish tartibi.

“BODOM” mehmonxonasiga sayyohlar 12:00 da ro’yxatdan chiqariladi, 14:00 da esa qabul qilinadi. Keyingi mehmon qabul qilinishigacha ikki soat vaqt mobaynida mehmon kelishi rejalashtirilgan xonalar umumiy tozalanadi, bu uchun oqsochga 40 daqiqa vaqt beriladi.
Oqsochlar ish vaqti 8:00 dan boshlanadi. Xonalar 2xil tartibda tozalaniladi, ular generalka hamda marafet deb nomlanadi.

Mehmonxonamizda xonalarni tozalash oqsochlar tomonidan amalaga oshiriladi. Ular xonalarni tozalash ishlarini bajarishda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar mehmonxona inshootlarini sanitariya talablariga mos ravishda tozalashlari shart.


Generalka tozalashda xona mehmon ketgandan keyin xona butunlay tozalanadi. Unda avvalo nomerning havosi almashtiriladi, keyin krovatni yig’ishtirib uning choyshablari almashtiriladi, undan so’ng xona ichidagi dush va hojatxona tozalanadi, xona changlari artiladi, agar zarur bo’lsa xona pilisos qilib chiqiladi(bu har doim talab etilmaydi).
Marafet tozalash nomerni bron qilgan mehmon kelguncha tayyorlashdan iborat. Tozalash ishlarini olib etalm zanjirida bron qilingan nomerni tozalash birinchi navbatda etalm oshiriladi. Tozalashning bu turi mehmon kelishi arafasida etalm oshiriladi(kechqurun, kechasi, keladigan kuni ertalab, har kuni sutkasida bir marotaba). Bron qilingan nomerni tozalash ishlari hajmiga – quruq artish, nam artish , polni nam tozalash kiradi.
Yig‘ishtirishning har xil “rituallari” mavjud. Lekin quyidagi ketma-ketlikda bajarish maqsadga muvofuqdir: yostiq, ustki ko‘rpa (odeyalo) va choyshab (prostinya) olinib, stulga qo‘yiladi. Perinka shamollatiladi. Zarur bo‘lsa, choyshab almashtiriladi. Prostinya uchlari krovat ichki tomoniga shunday qatlanadiki, pastki ko‘rpa (matras) ko‘rinmasin. Keyin ustki ko‘rpa choyshabga solinib ikki tomoni shunday qatlanadiki, choyshabning o‘rta ochiq joyi krovatning markaziy qismiga joylashsin. So‘ngra yostiqlar yaxshilab “uriladi”. Krovat ustiga pakrivalani shunday solishadiki, krovat yonlarida o‘tkir burchak hosil bo‘ladi.
Mehmonxona admnistratori nomerlarda qanaqa choyshab ishlatilayotganini doimo kuzatib borishi shart (eski , yirtiq, dog‘I bor choyshablar ishlatilishi mumkin emas).
Choyshablar yaxshilab yuvilib, dazmollangan bo‘lishi zarur. Nuqsonlar aniqlanganda choyshab almashtirilib, choyshabxonaga topshiriladi, lekin kir choyshab bilan birgalikda qo‘yish mumkin emas.
Yana bir muhim qoida, choyshab almashtirishni mehmon oldida bajarmaslik, mehmonga tozalanmagan nomerga narsalarni qo‘yishga ruxsat bermaslik kerak.
Mehmonxona choyshablarini yuvish mehmonxonaning o‘zida etalm oshiriladi. Choyshabxona xodimlari qavatdagi xodimlardan ishlatilgan choyshabni qabul qilib tozasini beradilar. Yuvilgandan so‘ng choyshablar ko‘rib chiqiladi. Agar kir yuvish joyi (prachechnaya) aybi bilan qilingan nuqson topilsa, norozilik xati (isk) beriladi.
Choyshablarga e’tiborli bo‘lish talab etiladi. O‘z vaqtida yuvish, ta’mirlash va ehtiyotkorlik bilan foydalangan choyshab uzoq muddatgacha ishlatilishi mumkin.
Nomerda krovat yig‘ishtirilgandan so‘ng xona bekasi ish stolini yig‘ishtirishni boshlaydi. Stolda teginish va ko‘rib chiqish mumkin bo‘lmagan qo‘lyozmalar, ishchi qog‘ozlar, kitoblar yotgan bo‘lishi mumkin. Agar stol yuzasi plastikdan bo‘lsa, uni nam latta bilan, polirovka bo‘lsa yumshoq vetosh bilan artadi. Ba’zida stollar oynali ham bo‘ladi. Oyna doimo toza va yarqirab turishi kerak. Buning uchun xona bekasi maxsus tozalash vositalaridan foydalanishi zarur. Kuldonni (pepelnitsa) tozalayotganda u yerda begona predmetlar yo‘qligini tekshirish kerak. Keyin nam latta bilan telefon, stol lampasi, quruq latta bilan esa, kitob, jurnallar, televizor artiladi. Stol tortmalarini ham diqqat bilan ko‘zdan kechirib, changdan tozalash lozim. Nuqson topilganda usta chaqiriladi (singan, yaxshi yopilmaydi). So‘ngra xona bekasi gilam, gilamchalar, pardalar, yumshoq mebellarni tozalashga o‘tadi. Pol va devordagi changlarni changyutgich yordamida tozalaydi. Bunda changyutgichning maxsus qurilmalaridan (nasadka) foydalaniladi. Masalan:mebel uchun vorsli shyotka, mebel burchaklari uchun yoriqli (shelevaya) qurilmasidan, dropirovka pol va patalokdagi changlarni tozalash uchun uzun yumshoq vorsli shyotkadan foydalaniladi.
Kiyim shkaflarining havosi har kun almashtiriladi va veshelkalar soni kiyimga yetarli ekanligi tekshiriladi. Nomerda hamma vaqt kiyim va poyafzal tozalash uchun maxsus shyotka turishi shart.
Tozalash ishlari tugagandan so‘ng texnik vositalar – rozetka, vilka, telefon, televizor, muzlatgich, radioapparat, lampalar sozligi tekshiriladi. Nosozlik aniqlanganda gornichniy darhol katta gornichniy yoki qavat bo‘yicha navbatchiga xabar berishi kerak.
Umumiy foydalanish joylari, ya’ni vestibyull, xoll, yo‘lak(koridor), kiyim yechish xonasi(garderob), administratsiya, bo‘limlar xonasi, zinalar, dam olish joylari va ommaviy tadbirlarni o‘tkazish joylarini tozalashning asosiy xususiyati tashrif buyuruvchilar sonining ko‘pligigadir. Umumiy foydalanish joylarini asosiy tozalash vaqti ertalab barvaqt, kechroq yoki kechasi. Kun davomida bu joylar faqat ifloslangandagina tozalanadi.
Umumiy foydalanish joylarini tozalash ishlari hajmiga:

  • polni yuvish vositalari bilan artish;

  • polni mexanik tozalash;

  • etal detallar va uskunalarni maxsus vositalar bilan artish;

  • oyna, eshik, panjara, deraza osti va ko‘zgularni artish;

  • savatlarni chiqindilardan bo‘shatish;

  • kuldonni tozalash;

  • stol va stoykalar changini artish kiradi.

Umumiy foydalanish joylarini tozalash ketma-ketligi: inshoot havosini almashtirish; kreslo, divan, stol, shamdonlar changini artish; changyutgich yordamida parket pol, xoll va mehmonlar joyini(gostinnaya) tozalash.


Har ikki oyda devor, potolok, karnizlar artiladi, pardalar yuviladi. Yilida ikki marotaba barcha oynalar yuvib chiqiladi (bahor va kuzda). Kunduzgi paytda farrosh va shveysarlar vestibyul, kirish eshigi, derazalar, oynalangan joylar tozaligini nazorat qiladilar. Savat va kuldondagi chiqindilarni farroshlar tozalaydilar


    1. Download 1.38 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling