Turizm jahonning yetakchi mamlakatlari iqtisodiyoti asosiy bo`laklaridan biri bo`lib hisoblanadi. Chunki bu iqtisodiyotning asosiy yo’nalishlaridan biri bo`lib yuqori daromad olish imkoniyati yuqori
Mehmonxona mijozlari uchun turli xil ko`ngilochar tadbirlarni tashkil etish texnologiyasi
Download 1.38 Mb.
|
ABDIGANIYEV SHERZOD
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8 Xulosa va takliflar.
- ILOVALAR “BODOM” mehmonxonasining old va ichki ko’rinishlari;
Mehmonxona mijozlari uchun turli xil ko`ngilochar tadbirlarni tashkil etish texnologiyasi.
Turist qaysi mamlakatdan kelmasin, uning dunyoqarashi va sayohatga bo’lgan munosabati turlicha. Har bir mehmonxona marketologi mijozi nima xohlashini va nima unga ma’qul tushishini bilishi kerak, Shaxsan o’zim guvohi bo’lganman, mehmonxonaga turistlar charchab kelishadi va ekskursiyalarini ham nihoyasiga yetkazishadi. Ketish paytlaridan oldin gid, turlider yoki mehmonxona ma’muriyati ular uchun ko’ngilochar dasturlar namoyishini tashkil qilib berishadi. Sababi, mehmon e’tiborni va tadbirlarni juda xush ko’radi. Masalan, jonli musiqa va bepul ichimliklar tarqatish, yoki bir joyga to’plangan holda boshdan o’tgan sarguzashtlarni navbat bilan aytish. Eng asosiysi mehmon mamnun va ko’rsatilgan servisdan qoniqishi kerak. Bunday o’ziga xos tadbirlar turning muhim fishkasi hisoblanadi. 8 Xulosa va takliflar. Rеspublikamiz iqtisodiyotida kеlajakda katta salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan biri turizmdir. Bu sohaga e’tiborning qaratilishi rеspublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan, turizm orqali dunyoni bilish, boshqa mamlakatlarning faol aholisini bu yеrlarga jalb qilish, mamlakat g‘aznasiga valyuta tushirish va shu orqali aholining turmush farovonligini yaxshilashda katta imkoniyatlar tug‘diradi deb o’ylayman. Bozor iqtisodiyoti sharoitida turizmning rivojlanishiga davlat siyosati, rеklama, umumiy iqtisodiy sharoitlar, valyuta kursi, davlatlararo munosabatlar, raqobatbardoshlar soni, dam olish joylarining xavfsizligi va ahamiyati kabi muhim jihatlarni ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin. Ayniqsa davlat siyosati va ular o‘rtasidagi munosabatlar xalqaro turizmning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Rеspublikasi ham turizm iqtisodiyotini rivojlantirish imkoniyatlariga ega bo‘lgan davlatlardan biridir. Bunga misol qilib rеspublikamizning tabiiy sharoiti, iqlimi, har xil tarixiy-madaniy obidalari, tog‘li hududlari, manzarali joylarini kеltirishimiz mumkin. Vaholanki, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi shaharlardagi tarixiy yodgorliklarga boy bo‘lgan mamlakatimizga kеlishni rеjalashtirib qo‘ygan ko‘pgina yеvropaliklarning soni 20 mln.dan ortiqdir. Agar shu sohani yanada yaxshiroq yo‘lga qo‘yib, mеhmonxonalar soni va sifatini, milliy rеstoranlar va ovqatlar turini ko‘paytirib sifatli xizmat ko‘rsatish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, O‘zbеkiston kеlajakda turizm orqali yuqori daromad oladigan mamlakatlar safiga qo‘shiladi. Haqiqatdan ham turizm infratuzilmasini rivojlantirish mamlakat iqtisodiyoti va madaniyatida g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, uni o‘rganish, izlanish va undan samarali foydalanish jamiyat oldidagi zarur bo‘lgan vazifalardan biridir. Bu sohaning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning barcha bo‘g‘inlariga tadbiq qilinayotgan islohotlarni qo‘llash bilan bеvosita bog‘liqdir. Iqtisodiyotda turizm muammolari eng kam o‘rganilgan yo‘nalish bo‘lib, bu sohaning qay turlariga e’tibor bеrish, sayohat qiluvchilar uchun ularning xohish-irodasini bilish, eng foydali va qulay oshxonalarga chorlash, xavfsizligini ta’minlash, talablarini qondirish va yana boshqa ko‘plab turlarini bilish sеrvis xizmati vazifasiga kiradi. 4 haftalik malakaviy amaliyotim davrida “SAID MCHJ” mehmonxonasing barcha bo`limlarida bo`ldim. Har qanday ishga e’tibor va ma’suliyat bilan yondashish kerakligini bildim. Reception, bugalteriya, tur agenstva bo`limlaridagi ish jarayonlar men uchun juda yaxshi taassurot qoldirdi. 25 yildan buyon iqtisodning qolgan sohalari kabi turizm ham shiddat bilan rivojlanib kelmoqda. Bunda O`zbekiston Respublikasining 1-Prezidenti I.A. Karimovning mehnatlari juda beqiyos. Asosiy resurslardan oqilona foydalanib turizm uchun fundament yaratildi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida turizmning rivojlanishiga davlat siyosati, rеklama, umumiy iqtisodiy sharoitlar, valyuta kursi, davlatlararo munosabatlar, raqobatbardoshlar soni, dam olish joylarining xavfsizligi va ahamiyati kabi muhim jihatlarni ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin. Hozirda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev boshlangan ishlarni ustalik bilan davom ettirmoqda. Kreditlar ajratilishi, ulkan mehmonxonalarning loyihalashtirilishi, erkin iqtisodiy zonalarning paydo bo`lishi yuksalishdan dalolat beradi. Xususan 2016-yil 2-dekabrdagi farmon buning isboti bo`ldi. Masalan: 1. 2021 yilgacha O`zbekiston hududuga turizm maqsadida kiruvchi 55 yoshdan oshgan fuqarolarga vizasiz rejimni joriy qilish. 2. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva aeroporti hududlarida “Yashil yo`lak” tizimini joriy qilish. 3. Yevropaning 40dan ortiq davlati bilan vizasiz rejimni ochish. 4. 3-4 yulduzli mehmonxonalar barpo etilgandan so`ng ma`lum muddatgacha soliq olmaslik. 5. Valyutani erkin almashtiriladigan kursda xarid qilish va bir qator erkinliklar yaratib berildi. Turizm juda ko’p serqirra tarmoqdir, ularning asosi xizmat ko’rsatish sohalari. Bu asosan mehmonxonalar, restoran va turistik firmalardir. Men Nasulloyeva Oydinoy malakaviy amaliyotim davrida “Salom Inn” mehmonxonasidan juda ko`p narsalarni o`rgandim. Nazariya bilan amaliyot o`rtasida anchagina farq borligini anglab yetdim. Reception, buxgalteriya, ovqatlanish bo’limi, ozodalikni ta’minlash bo’limlarida bo’ldik. Har bir bo’limning o’z majburiyatlari va vazifalari bor, har birning ishi qiziqarli va o’ziga xos qiyinchiliklarga ega. Mana shu amaliyot davomida o’z sohamni yanada chuqurroq o’rgandim, mijozlarga sifatli xizmat ko’rsatish, ularning talab va istaklarni qondiradigan darajada xizmat ko’ratish va yaxshi ta’assurot qoldirishni bilib oldim. Shundagina biz sayohatchilar oqimini ko’paytirib ularni yanada ko’proq jalb qilib o’z mehmonxonamiz mavqeini yanada ko’tarib boramiz. Shu o`rinda quyidagi takliflarni beraman: Mehmonxonaning xonalar sonini yanada ko`paytirish. Hududda turistlar uchun ko`ngilochar markazlarni barpo etish. Eski shahar hududidagi savdo obyektlari va servis markazlarga soliq va to`lovlar yuzasida yengilliklar yaratish. Mahalliy aholi bilan turistlarga qiladigan munosabati haqida tushuntirish ishlarini olib boorish. Atrof muhit tozaligiga alohida e`tibor berish. Nonushta tarkibini sal o`zgartirish. Eski shahar hududida WC lar qurish. Qisqacha aytadigan bo`lsam bor imkoniyatdan maksimal foydalanish. ILOVALAR “BODOM” mehmonxonasining old va ichki ko’rinishlari; Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling