Turizm: nazariya va amaliyot


II BOB. O‘ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNI TA'MINLASH CHORA TADBIRLARI


Download 216.88 Kb.
bet11/17
Sana09.06.2023
Hajmi216.88 Kb.
#1473479
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Turizm nazariya va amaliyot

II BOB. O‘ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNI TA'MINLASH CHORA TADBIRLARI.
2.1 “O’zbekiston bo’ylab sayohat qil!”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘rsida”gi PQ-3514-sonli qarorining qabul qilinishi mamlakatimiz ijtimoiy hayotidagi muhim voqealardan biri bo‘ldi. Ushbu qaror orqali ichki turizm tobora rivojlanib borayotgan mamlakatimizda ko‘plab vatandoshlarimizning yurtimiz bo‘ylab sayohat qilishiga keng imkoniyatlar yaratildi.3
2018 yilning 1-yarim yilligi davomida “O‘zbektelekom” AK Samarqand filiali kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan ham «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» shiori ostida madaniy-ma’rifiy sayohatlar uyushtirildi.
“O'zbekiston bo'ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida o'tkazilayotgan tadbirlar natijasida aholining sayohatga bo'lgan qiziqishi kundan kunga ortib bormoqda.
Joriy yilning 26 noyabr` kuni, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati va vazirlikning yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan ichki ishlar organlarida uzoq yillar xizmat qilib hozirgi vaqtda iste'foda bo'lgan nuroniylar va bir guruh yosh xodimlar Xorazm viloyatining Xiva shahriga sayohati tashkillashtirildi. Sayohatchilar Xiva shahrining Ichan-Qal'a davlat muzeyi qo'riqxonasidagi Kalta minor, Pahlavon Mahmud masjidi, Sherg'ozixon madrasasi, Allaqulixon masjidlarida bo'lishdi. Shuningdek, Sulton Uvays Bobo, va Abu Rayhon Beruniy ziyoratgohlari, Jaloliddin Manguberdi va Avesto yodgorligi, monumenti tarixiy obidalari va muborak qadamjolari ziyorat qilindi.
Sayohatchilar ulug' ajdodlarimizning ilm-fan, madaniyat va ma'naviyat rivojiga qo'shgan hissasi va Vatanimizning jahon hamjamiyatidagi o'rnini yanada yuksalishidagi ularning roli haqida chuqur taassurotlarga ega bo'ldilar.
Respublika iqtisodiyotida turizmni strategik darajaga ko‘tarish, ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish va hajmini keskin ko‘paytirish, fuqarolarni mamlakatimizning turizm salohiyati bilan tanishtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, taqdim etilayotgan turizm xizmatlari sifatini yaxshilash va jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirish, turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, zamonaviy xizmatlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish, shuningdek, aholini ish bilan ta’minlash va ularning daromad manbaini kengaytirish maqsadida “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qilindi.4 O’zbekiston Respublikasi prezidentining ushbu qarorida ichki turizm bo’yicha quyidagilar belgilangan:

Download 216.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling