Turizm: nazariya va amaliyot


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV


Download 216.88 Kb.
bet14/17
Sana09.06.2023
Hajmi216.88 Kb.
#1473479
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Turizm nazariya va amaliyot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 9-fevral,
PF-6165-son
O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirishga mas’ul tashkilotlar belgilandi “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida ichki turizmni rivojlantirish uchun mas’ul tashkilotlar belgilandi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, quyidagilarga turizm yo‘nalishlari bo‘yicha mas’ul tashkilot vakolatlari berilgan:

  • Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi — yoshlar, ayniqsa, ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari uchun turizmning tarixiy bilim beruvchi, madaniy-ko‘ngilochar, ekstremal, ekologik, etno va plyaj turizmi turlari bo‘yicha;

  • O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi — mehnat, mahallalar jamoalari uchun turizmning ishbilarmonlik, ekstremal, ekologik, agro, etno, gastronomik turlari bo‘yicha;

  • Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi — xotin-qizlar uchun turizmning ziyorat, ma’rifiy, ijtimoiy, madaniy-ko‘ngilochar, ekologik, etnoturizm turlari bo‘yicha;

  • Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi va “Nuroniy” jamg‘armasi — faxriylar, nuroniylar va pensionerlar uchun ziyorat, tibbiyot, sog‘lomlashtirish turizmi.

Prezidentning “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, yuqorida nomlari keltirilgan mas’ul tashkilotlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha har yili ish beruvchilar bilan birgalikda xodimlarni respublika bo‘ylab sayohatga chiqishi uchun sayohat grafiklarini tasdiqlash hamda sayohatni amalga oshirishni ta’minlashi kerak bo‘ladi.
Qaror bilan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida ichki turizmni rivojlantirishni muvofiqlashtirib borish uchun mas’ul etib Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari belgilangan.

Download 216.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling