Turizm: nazariya va amaliyot


Download 216.88 Kb.
bet16/17
Sana09.06.2023
Hajmi216.88 Kb.
#1473479
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Turizm nazariya va amaliyot

Xulosa.8
Tarixiy-madaniy turizm obidalaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini tadqiq etishda, ulardan samarali foydalanish oshirish yo’llari, ularga ta’sir etuvchi omillar va ularni aniqlash, hamda turistik resurslardan foydalanish imkoniyatlarini baholashда resurslarni guruhlarga ajratish hamda ularni saqlash, qayta tiklash faoliyatining indikativ ko’rsatkichlarini aniqlash аниқлаш zarur. Sohaning iqtisodiy samaradorligini oshirishning nazariy va amaliy jihatdan o’rganish natijasida quyidagi xulosalarga kelindi va tavsiyalar ishlab chiqildi: - muzeylar va madaniy meros obyektlariga sifatli va namunali xizmat ko’rsatishni takomillashtirish va bu orqali ularning obro’sini mustahkamlash; - mamlakatning tarixiy merosini jahon turistik bozorida namoyish etishda xalqaro ko’rgazma, konferensiya, festival kabi madaniy tadbirlarni tashkil etish; - arxeologik yodgorliklarning tarixiy madaniy turizm sohasidagi rolini sezilarli darajada oshirish orqali, ularni xorijiy va mahalliy turistlar orasida brend darajasiga yetkazish; - arxeologik yodgorliklarni qisman (konservatsiya va restavratsiya) qilib muzey ko’rgazmasiga tayyorlash; - sayyohlar uchun xalq amaliy san’ati markazlarida mahorat darslarini tashkil etishni yo’lga qo’yish bilan milliy hunarmandchilik an’analarini dunyoga tanitish; - xorijiy turistlarni tarixiy-madaniy obyektlarga tashrifini oshirishda. malakali mutaxassislar tomonidan ekskursiya xizmatlarini sifatli tashkil etish; - tarixiy madaniy turizmga oid turistik axborot markazlari faoliyatini rag’batlantirishda ilmiy-ommabop ma’lumotlarni radio, teleko’rsatuv hamda internet tarmoqlaridan keng foydalanishni yo’lga qo’yish.
Yuqoridagilardan umumiy xulosa qilib, tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirish nafaqat, madaniy sohani qo’llab-quvvatlashga ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni oshirish imkoniyatini taqdim eta oladigan sohalardan biri sifatida qarash kerak bo’ladi.
Yuqorida keltirilgan PEST tahlildan xulosa qilish mumkinki, mamlakatda tarixiymadaniy turizmning ijtimoiy-iqtisodiy rolini oshirish uchun barcha ta’sir etuvchi omillarni hisobga olish, imkoniyatlardan samarali foydalanish, mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish zarur hisoblanadi.
Karantin chora-tadbirlari to‘xtatilgandan keyin turizm industriyasi qayta tiklash jarayonida e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan tavsiyalar: 9
- Jamiyatning ichki turizmini keng yo‘lga qo‘yish va ichki turizm infratuzilmasini ishlab chiqish;
- Gid hamrohligida kichik guruhlarda sayyohlik sayohatlari imkoniyatlarini oshirish;
- Fuqarolarning barcha epidemiyaga qarshi choralarga roya qilishlari uchun ehtiyotkor bo‘lishlari tufayli xizmatlar sifatining yuqori standartlariga roya qilish;
- O‘z transportida mamlakat ichida sayohat qilishning moslashuvchan tizimini yaratish, mamlakat ichida turistik marshirutlar va buning uchun zarur infratuzilmani tashkil etish;
- Xizmat ko‘rsatish tizim sifatini oshirish, shuningdek turistlarning jamiyatga bo‘lgan ishonch darajasini oshirish;
Shubhasiz, hech bir davlat pandemiya oqibatlarini samarali bartaraf eta olmaydi. Biz hamjihatlik, hamkorlik va o‘zaro g‘amxo‘rlik tamoyillari asosida harakat qilishimiz kerak. Agar biz birgalikda harakat qilsak, insoniyat ko‘p narsalarni qila oladi. Har kim o‘z ustida ishlab, jahon tajribasini qo‘llasa, yaxshi natija va barqarorlikka erishamiz. Umuman olganda hozirgi pandemiya sharoitida turizmni rivojlantirishga kam pul sarflab ko‘proq yutuqqa erishish, turizm muzeyi va galereyalarini ochish, ko‘plab ish o‘rinlarini tashkil qilish, aholini ish bilan ta’minlashga sharoit yaratadi.



Download 216.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling