Turizm: nazariya va amaliyot


yil 1 iyundan boshlab “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!”


Download 216.88 Kb.
bet12/17
Sana09.06.2023
Hajmi216.88 Kb.
#1473479
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Turizm nazariya va amaliyot

2022 yil 1 iyundan boshlab “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida:

  • jamoa shartnomalariga ish beruvchilar tomonidan xodimlar uchun yiliga bir marotaba mahalliy sayohatga chiqish imkonini yaratish qoidalari kiritiladi;

  • sayohat xarajatlarining bir qismi ish beruvchilarning byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplab beriladi.

O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida ichki turizmni rivojlantirish uchun mas’ul etib belgilansin:

  • yoshlar, ayniqsa, ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari uchun turizmning tarixiy bilim beruvchi, madaniy-ko‘ngilochar, ekstremal, ekologik, etno- va plyaj turizmi turlari bo‘yicha – Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi;

  • mehnat, mahallalar jamoalari uchun turizmning ishbilarmonlik, ekstremal, ekologik, agro-, etno- gastronomik turlari bo‘yicha  O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi;

  • xotin-qizlar uchun turizmning ziyorat, ma’rifiy, ijtimoiy, madaniy-ko‘ngilochar, ekologik, etnoturizm turlari bo‘yicha – Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi;

  • faxriylar, nuroniylar va pensionerlar uchun turizmning ziyorat, tibbiyot, sog‘lomlashtirish turizmi turlari bo‘yicha – Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi va “Nuroniy” jamg‘armasi.

Mazkur mas’ul tashkilotlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha har yili ish beruvchilar bilan birgalikda xodimlar respublika bo‘ylab sayohatga chiqishi uchun sayohat grafiklarini tasdiqlashni hamda sayohatni amalga oshirishni ta’minlasin.
O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida ichki turizmni rivojlantirishni muvofiqlashtirib borish uchun mas’ul etib Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari belgilansin.
O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish xarajatlarining bir qismini (keshbek) qaytarish tartibi prezidentning 30 apreldagi «Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida ilgari surilgan:
Turizm va madaniy meros vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (keyingi o‘rinlarda – mahalliy turistlar) uchun “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida respublika hududlari bo‘ylab ichki sayohatlarni amalga oshirish xarajatlarining bir qismini qaytarish (“Cashback”) (keyingi o‘rinlarda – Sayohat xarajatlarini qaytarish) tartibini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) Sayohat xarajatlarini qaytarish ichki sayohatlarni rejalashtirish va mablag‘larni qaytarish hamda “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida taqdim qilinadigan chegirmalar, tayyor turistik paketlarni mustaqil shakllantirishni nazarda tutuvchi elektron platforma, shu jumladan, uning mobil ilovasi (keyingi o‘rinlarda – Platforma) orqali amalga oshiriladi;
b) Sayohat xarajatlarini qaytarish sayohat qilish davomida bir vaqtning o‘zida quyidagilar nazarda tutilganda amalga oshiriladi:
avia, temir yo‘l va (yoki) avtomobil transportidan foydalanish;
joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalanish;
madaniyat tashkilotlariga tashrif buyurish;
v) Sayohat xarajatlarini qaytarish har bir turistga quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:

  • aviaqatnov orqali borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 150 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;

  • temir yo‘lda yoki avtobusda borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;

  • joylashtirish vositasida tunab qolish xarajatining 15 foizi, lekin 80 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;

  • teatr, muzey, sirk va badiiy galereyalarga har bir tashrif chiptasi narxining 50 foizi, lekin 20 ming so‘mdan oshmagan miqdorda;

g) sayohat xarajatlari faqatgina Platforma orqali amalga oshirilgan ichki sayohatlar uchun uning yakuni bilan mahalliy turistlarning bank kartalariga qaytariladi;
d) Platforma Davlat soliq qo‘mitasining maxsus mobil ilovasi (SoliqUz) bilan integratsiya qilingan holda, xarajatlar haqqoniyligi mobil ilova yordamida tekshirilib, xarid chekining matritsali shtrix kodini (QR-kod) hamda mahalliy turistlarning doimiy yashash joylarini ko‘rsatish orqali sayohatlar ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Moliya vazirligi respublika byudjetining qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan sayohat xarajatlarini qaytarishni moliyalashtirish uchun joriy yilda jami 30 milliard so‘m, jumladan, uning birinchi bosqichini moliyalashtirish uchun bir hafta muddatda 10 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘larning Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda – Jamg‘arma) ajratilishini ta’minlasin.
Turizm va madaniy meros vazirligiga Platformani ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmachi bo‘lish, unga xizmat ko‘rsatish, uning faoliyatini takomillashtirib borish va doimiy ravishda texnik qo‘llab-quvvatlash funksiyalari yuklatilsin.

Download 216.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling