Turizm sohasi uzoq yillik tarixga EGA
Download 349.76 Kb. Pdf ko'rish
|
Laylo TOSHBOYEVA 5-son 2023. 34-35-betlar
34 e-mail: til_adabiyot@umail.uz 2023-yil 5-son TIL VA ADABIYOT TA’LIMI ANGUAGE AND LITERATURE TEACHING L Я ПРЕПОДАВАНИЕ ЗЫКА И ЛИТЕРАТУРЫ Tadqiqot Turizm sohasi uzoq yillik tarixga ega. Qadimdan Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan O‘zbekiston zamini savdo-sotiq, ilm-fan sohasida ulkan salohiyat, tarixiy va madaniy boyliklar hamda go‘zal urf-odat va an’analarga ega yurt sifatida jahonga tanilgan. Mamlakatimizning qadimdan bunday joylashuvi bugun- gi kunda turizm sohasining rivojlanib, taraqqiy etishida ulkan poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Bilamizki, tili va madaniyati turli-turli bo‘lgan millatlar va xalqlarning o‘zaro aloqa jarayonida turizm tarjimaga ehtiyoj sezi- ladigan muhim sohalardan biri hisoblanadi. Qadimgi davrlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, tu- rizmning asosiy maqsadi savdo aloqalari bo‘lgan. Savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida shahar va qish- loqlar turmush darajasi yaxshilanib, yo‘llar, mehmon- xonalar va taomxonalar qurilishi rivojlangan. Sharq mamlakatlarida tuyalar sayohat ulovi hisoblangan. Sayohatchilar tuyada sayohat qilib, chodirlar va karvon- saroylarda tunashgan. O‘sha davrlarda Sharqda tur- mush va xizmat ko‘rsatish darajasi G‘arb mamlakatlari- dan ancha yuqori bo‘lgan. Buning sababi esa Sharqda savdo-sotiq Yevropaga qaraganda rivojlangan bo‘lgan. O‘rta asrlarda turizmning rivojlanishiga asosiy sa- bab diniy ziyoratgohlarga tashrif buyuruvchi ziyoratchi- lar soni sezilarli darajada oshgani bo‘lgan. Aholining yosh qatlami, asosan, yaxshi ish va yashash sharoiti maqsadida o‘z joylarini o‘zgartirgan bo‘lsa, boy qatla- mi esa dam olish va turli mamlakatlarda sayohat qilish maqsadida bo‘lgan. Shuningdek, ilm-fan rivojlanishi esa universitetlarning tashkil etilishi hamda XIII asrdan boshlab Yevropada, asosan, Italiya universitetlariga talabalarning sayohati paydo bo‘lishiga olib kelgan. Ammo bu davrda sayohat qilish jismoniy zo‘ravonlik hamda talonchilik sababli bir muncha xavfli faoliyatga aylangan. O‘rta asrlarda Sharqda turizm Rossiyada rivoj- lanishining ortishi bilan farqlanadi. XVIII asrlarda Rossiyadagi tibbiyot muassasalarining takomillashu- vi turizmning va kurort iqtisodiyotining rivojlanishiga Download 349.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling