Turizm sohasida transport taʼminoti tizimi Reja


O‘zbekiston havo yo‘llari


Download 29.6 Kb.
bet5/10
Sana07.05.2023
Hajmi29.6 Kb.
#1436840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Tirizmda transport taʼminoti tizimi

O‘zbekiston havo yo‘llari
«O‘zbekiston havo yo‘llari» - xalq xo‘jaligi va aholini aviatsiya xizmati (yuk, yo‘lovchi tashuvlari, maxsus aviatashishlar) bilan ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasi Milliy aviakompaniyasidir. Aviakompaniya 1992-yil 28-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan tashkil etilgan. Ana shu vaqtdan boshlab samolyot parkini zamonaviylashtirish, yangi aeroportlar qurish, havodagi harakatni boshqarish tizimini tubdan o‘zgartirish, aerodromlarni yangi zamonaviy texnika bilan ta’minlash, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlovchi baza hamda boshqaruv tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan respublika Fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish davlat dasturi amalga kirdi. O‘tkazilgan islohotlar O‘zbekiston aviatsiya transportining xalqaro, iqtisodiy, diplomatik va madaniy aloqalarini rivojlantirishda yetakchi sohalardan biriga aylanishiga omil yaratdi. Shuningdek, Respublika aeroportlarida sifat menejmenti tizimi joriy etilib, sertifikatlar bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston havo yo‘llari Milliy aviakomapniyasi xalqaro aviatashuvlar bozorida o‘zining munosib o‘rniga ega. U o‘z faoliyati davomida bir necha marotaba nufuzli mukofotlar : faol ishlari uchun «Yevromarket – 2000» sovrini, Xalqaro aviatsiya xavfsizligi jamg‘armasi diplomi, Xalqaro aeroportlar birlashmasi mukofotlariga sazovar bo‘ldi. Aviakompaniya Amerika, Yevropa, Yaqin va O‘rta Sharq davlatlari, Janubi-Sharqiy va Markaziy Osiyo hamda MDHning 40 ortiq shaharlariga muntazam qatnovlarni amalga oshiradi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 11 ta xalqaro aeroport faoliyat yuritmoqda, jumladan, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urgan aeroportlari va boshqalar.
TOSHKENT xalqaro aeroporti. Poytaxtning «Toshkent» aeroporti so‘zsiz yetakchi aeroportdir. Yaqin chet el mamlakatlari aeroportlariga qaraganda, geografik jihatdan juda qulay, yani MDH davlatlaridan Janubi-Sharqiy Osiyo, Yevropa va Amerikaga havo trassalarining kesishgan nuqtasida joylashgan. «Toshkent» xalqaro aeroporti dunyoning barcha katta shaharlari bilan havo yo‘llari orqali bog‘langan. U IKAOning ikkinchi kategoryasiga ega bo‘lib, turli rusumdagi samolyotlarni qabul qiladi. Aeroport soatiga 1000 nafar yo‘lovchini qabul qilish va xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Har yil uning xizmatidan 2 milliondan ortiq yo‘lovchi foydalanadi. Bundan tashqari, aerovokzalda tranzit yo‘lovchilar uchun alohida terminal va xizmat ko‘rsatish shahobchalari ham mavjud. Shahar transportining qulay yo‘nalishlari ham yo‘lovchilarni poytaxtning istalgan joyiga olib boradi. Aerovokzal binosida O‘zbekiston aholisi va mehmonlari uchun:

  • barcha qulayliklarga ega keng va yorug‘ kutish zallari;

  • tunu-kun ishlaydigan pasport, bojxona, chegara xizmatlari;

  • ma’lumotlar xizmati;

  • bagaj jo‘natishning yangi konveyr tizimi;

  • xalqaro telefon aloqasi;

  • bilet sotish va bronlashtirish  kassalari;

  • Duty-Free savdo shahobchasi;

  • restoran, bar, «bir zumda» ovqatlanish punktlari;

  • valyuta almashtirish shahobchalari;

  • VIP zali (yuqori martabali kishilarga xizmat ko‘rsatish);

  • CIP zali (yuqori qulayliklarga ega) joylashgan.

Mahalliy yo‘nalishlar terminali binosi ham barcha qulayliklarga ega. Bu yerdan siz respublikamiz shaharlari bo‘lmish Samarqand, Buxoro, Xiva hamda boshqa viloyat markazlariga borishingiz mumkin. Mamlakatimizning bosh aeroporti dunyoning 30dan ortiq aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatayapti. Bu yerda har kuni o‘nlab bortlar yonilg‘i bilan ta’minlanadi. «Toshkent aeroportini rivojlantirish istiqbolli rejasi»da uni mintaqalararo yo‘lovchi, yuk tashuvlari amalga oshiruvchi xalqaro markazga aylantirish mo‘ljallangan.

Download 29.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling