Transport ta’minoti
Turizm sohasida transport ta’minoti tizimi quyidagicha farqlanadi: turga qo‘shilgan va asosiy turistik xizmatlarga kiruvchi turistik tashish vositasi sifatida, turistlarni doimiy yashash joyidan belgilangan manzilga eltib qo‘yish (yoki yo‘nalish boshlanadigan joyga) va qayta olib kelish; transfer – turistlarni kutib olish va kuzatib qo‘yish uchun transport vositasini taqdim etish; tur-safar bo‘yicha dasturlashtirilgan tadbirlarga xizmat ko‘rsatish: ekskursion xizmat, dasturdagi tadbirlarga borish, atrofga tashrif buyurish, yo‘nalish bo‘yicha ko‘chish; turga kiritilgan sayohat davomida ijaraga beriladigan yengil avtomashina.
Transport kompaniyalari Havo yo‘llari sanoati. Temir yo‘l sanoati. Avtobus sanoati. Avtomobil. Kruiz sanoati. «O‘zbekiston Havo yo‘llari». «O‘zbekiston temir yo‘llari».
Transport xo‘jaligi - transfer, ko`p xollarda avtobus, turistlarni junatish joyidagi asosiy tashuvchiga etkazib berish, turistlarni aeroport terminalidan, vokzaldan mexmonxonaga eltish xamda xuddi shu operatsiyalarni turistlar vatanlariga qaytayotganlarida bajarish;
- borishlari kerak bulgan uzok masofalarga eltish;
- avtobus va temir yul turlarida marshrut buyicha olib yurish, bunda tashish boskichi aslida turning zaruriy va asosiy elementi buladi, tashish vositalari esa, kupincha tunash joylariga aylanadi, bunga dengiz sayoxatiga doir marshrutlarni xam kiritish mumkin;
Turistik mahsulotlar tarkibida turistlarni tashish xizmati yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bu shu bilan ifodalanadiki, barcha turistik yo‘nalishlarda (piyodalardan tashqari) sayohatchilarni dam olish yoki ekskursiyaga eltish va uyga qaytishi uchun transport bo‘lishi tabbiy xol bo‘lib qolmoqda. Turizm faoliyat turi sifatida turistlarni doimiy yashash joyidan tashqariga chiqishi bilan uzviy bog‘langan va uni transport ta’minotisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Transport ta’minoti turistik infratuzilmaning muhim elementi hisoblanadi va turistik mahsulotlar tarkibiga kiritilgan asosiy majmuali xizmatlarni tashkil qiladi. Transport korxonalari turizm sohasini shakllantiruvchi turistik korxonalarning alohida ko‘rinishlari sifatida qarab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |