Turizm sohasida transport ta’minoti tizimi

Turizm sohasida transport vositalari va xizmat turlari

Download 53.68 Kb.
bet3/7
Sana31.03.2023
Hajmi53.68 Kb.
#1312900
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Turizm sohasida transport ta’minoti tizimi

2.Turizm sohasida transport vositalari va xizmat turlari

2.Turizm sohasida transport vositalari va xizmat turlari

Turizm faoliyat turi sifatida turistlarni doimiy yashash joyidan tashqariga chiqishi bilan uzviy bog‘langan va turgan gap, uni transport ta’minotisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Transport ta’minoti turistik infratuzilmaning muhim elementi hisoblanadi va turistik mahsulotlar tarkibiga kiritilgan asosiy kompleks xizmatlarni tashkil qiladi. Transport korxonalari turizm tizimini shakllantiruvchi turistik korxonalarning alohida ko‘rinishlari sifatida qarab chiqiladi.

BTT (VTO) – Butunjahon turistik tashkiloti turizm maqsadlarida qo‘llaniladigan transportni uch turga klassifikatsiyalaydi: quruqlikda harakatlanuvchi, suv va havo transportlari (1- rasm). Quruqlikda harakatlanish vositalaridan turizm maqsadlarida ko‘proq avtomobil va temiryo‘l transportlaridan foydalanish maqbul hisoblanadi. Avtomobil transporti turizmda keng foydalaniladi. Chunki u turistlarni «Eshikdan eshikkacha» eltib qo‘yishni ta’minlaydi. Ushbu maqsadlarda muntazam yo‘lovchi tashish uchun reys avtobuslari va nomuntazam – turistik korxonaning xususiy transporti va turistning shaxsiy transportdan foydaliniladi. Temiryo‘l transporti o‘rta masofalarga turistlarni maqbul narxlarda tez va qulay sharoitda yetib borishlarini ta’minlaydi.

Alohida hollarda temiryo‘l transportidan turistik sayohat maqsadlarida ham foydalanish mumkin. Suv transporti vositalari orasida suvosti (ekskursiya suvosti qayiqlari) va suv usti (teploxodlar, sayohat kemalari, dengiz paromlari, sayr kemalari, yaxtalar, katerlar) transportlari farqlanadi. Turizmda suv transporti vositalari ta’minoti bilan bog‘liq masalalar asosan dengiz va daryoda turistik maqsadlarda muntazam va nomuntazam yo‘lovchi tashish misolida qarab chiqiladi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling