Turizm sohasida transport ta’minoti tizimi
O‘zbekiston Respublikasida turistlarga havo transportida xizmat ko‘rsatish
Download 53.68 Kb.
|
Turizm sohasida transport ta’minoti tizimi
3. O‘zbekiston Respublikasida turistlarga havo transportida xizmat ko‘rsatish.3. O‘zbekiston Respublikasida turistlarga havo transportida xizmat ko‘rsatish.“O‘zbekiston Havo Yo‘llari” MAKning mintaqaviy turizmni rivojlantirishdagi o’rni. “O‘zbekiston Havo Yo‘llari” milliy aviakompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi farmon 1992 yil 28 yanvarda imzolandi. Shu sanadan e’tiboran mustaqil O‘zbekistonning fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish davlat dasturi amalga oshirila boshlandi. U samolyot parkini qayta tashkil etishni, mavjud aeroportlarni rekonstruksiya qilish va yangi aerovokzal komplekslari qurishni, IKAO talablariga muvofiq aeroportlarni qayta jihozlashni, yuqori malakali kadrlar tayyorlash bazasini vujudga keltirishni o‘z ichiga olar edi. Mamlakat Havo kodeksi qabul qilindi va tez orada havo harakatini boshqarish tizimini jahon andozalariga muvofiq modernizatsiya qilishga kirishildiBugungi kunda MAK tarkibiga Uchish kompleksi (UK), Aviatsiya texnikasi kompleksi (ATK), Maxsus aviatsiya ishlari aviakompaniyasi (MAI), Ta’minot markazi (TM), Havo aloqalari bosh agentligi (HABA), “Uzbekistan Airways Technik” aviatsiya korxonasi, Havo harakatini boshqarish markazi (HHBM), Ketring, O‘quv markazi (O‘M) kiradi. Bugungi kunda “O‘zbekiston Havo Yo‘llari” milliy aviakompaniyasi jahonning yetakchi aviatashuvchilari qatoridan munosib o‘rin egallagan. Aviakompaniyaning xalqaro havo yo‘llari Amerika va G‘arbiy Yevropadan Yaponiya va Malayziyagacha bo‘lgan hududlarni qamrab oladi.Tarix sahifalari 1992 yil – Londonga birinchi reys amalga oshirildi. Karachi, Dehli, Kuala- Lumpur, Tel-Aviv, Pekinga yangi xalqaro marshrutlarni o‘zlashtirishga kirishildi.Tarix sahifalari 1992 yil – Londonga birinchi reys amalga oshirildi. Karachi, Dehli, Kuala- Lumpur, Tel-Aviv, Pekinga yangi xalqaro marshrutlarni o‘zlashtirishga kirishildi.1993 yil – Toshkent birinchi marta A-310 aerobusini qabul qildi. Frankfurt va Bangkoka reyslar ochildi, aviakompaniya MDHda birinchi bo‘lib Yevropa sifat sertifikatini oldi.Download 53.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling