Turizm sohasida transport ta’minoti tizimi


Download 53.68 Kb.
bet4/7
Sana31.03.2023
Hajmi53.68 Kb.
#1312900
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Turizm sohasida transport ta’minoti tizimi

Paromda kechib o‘tish va asosiy turistik sayohat turi – sayohat kemasi, dengiz va daryo kemalari turistlarni belgilangan joyga yetkazib borishni maqsad qilib qo‘yadi. Boshqa suv transporti vositalaridan odatda, alohida dasturli «programmali» tadbirlarni amalga oshirishda foydalaniladi (masalan, suvosti ekskursiyasi) yoki qo‘shimcha xizmatlar (katerlarda sayohat). Havo transporti vositalari tarkibi xilma-xildir: fuqaro aviatsiyasidan tortib, to ekzotik hisoblangan havo sharlari, deltaplanlargacha. Turizmda havo transportining qo‘llanilishi avvalo aviatsiyada yo‘lovchi tashishdan foydalanish sifatida ko‘rib chiqiladi. U reysli va chtarterga klassifikatsiyalanadi, ya’ni buyurtmalar asosida bajariladi. Havo transporti nisbatan juda qimmatligiga qaramay, bu yuqori tezligi, shinam va qulayligi bilan turistlarni olis masofalarga tashishda so‘zsiz yetakchi o‘rinni egallaydi. Turizmda transport ta’minoti tizimi quyidagicha farqalanadi

 turga qo‘shilgan va asosiy turistik xizmatlarga kiruvchi turistik tashish: turistlarni doimiy yashash joyidan belgilangan manzilga eltib qo‘yish (yoki yo‘nalish boshlanadigan joyga) va qayta olib kelish;

 turga qo‘shilgan va asosiy turistik xizmatlarga kiruvchi turistik tashish: turistlarni doimiy yashash joyidan belgilangan manzilga eltib qo‘yish (yoki yo‘nalish boshlanadigan joyga) va qayta olib kelish;

 transfer – turistlarni kutib olish va kuzatib qo‘yish uchun transport vositasi taqdim etish;

 tur-safar bo‘yicha dasturlashtirilgan tadbirlarga xizmat ko‘rsatish: ekskursion xizmat, dasturdagi tadbirlarga borish, atrofga tashrif buyurish, yo‘nalish bo‘yicha ko‘chish;

 turistlar sayohatini ta’minlash uchun korxonaning transport vositalarini tanlashga bir qator omilla bog‘liqdir: safarning maqsadli yo‘nalishida masofa uzoqligi, sayohatchilar soni, transport vositasining sig‘imi, safar dasturi, harakat xavfsizligi, transport vositasining safarbarligi va qulaylik darajasi. Transport vositalarini tanlash chog‘ida safarning maqsadli yo‘nalishi katta rol o‘ynaydi. Turistik sayohat maqsadiga bog‘liq holda uning tarkibiga u yoki bu transport xizmatlari kiritiladi. Misol uchun, Moskvadan Parijgacha 5 kunlik ekskursion guruh safari tarkibi standart transport xizmati ko‘rsatishda quyidagilarni o‘z ichiga oladi: turistlarni Moskvadan Parijga eltish va qaytib olib kelishi; aeroportdan mehmonxonagacha guruhni olib borish va jo‘natib yuborish; dasturdagi tadbirlarni ta’minlash, masalan, shahar bo‘ylab ekskursiya (teploxodda sayyor) tashkil etish.


Download 53.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling