Turizm sohasini rivojlantirishda o’zbekistondagi tarixiy shaharlarning ahamiyati


Download 33.79 Kb.
bet9/15
Sana05.01.2022
Hajmi33.79 Kb.
#206162
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Turizm sohasini rivojlantirishda O’zbekistondagi tarixiy shaharlarning ahamiyati

Shahrisabz


Bog’lar va uzumzorlarga burkangan Shahrisabz shahri hunarmandchilik markazi bo’lgan. Shahrisabzdagi dastlabki turar joylarga V–VI asrlarda asos solingan bo’lsa, IX–X asrlarga kelib u yirik savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. Amir Temur tomonidan devor bilan o’ralganidan so’ng u madaniyat va ilm-fan shahriga aylangan.

Qarshi shahri Samarqand va Buxorodan Afg’oniston va Hindistonga o’tuvchi karvon yo’llari asosida yuzaga kelgan. Qarshi bir necha arxitektura yodgorliklariga ega. Bular: Mirzo Ulug’bek tomonidan qurilgan Ko’kgumbaz masjidi (1463-y.), Jome‘ masjidi, Minorali Qo’rg’oncha (XIX–XX asrlar), Xo’ja Abdulaziz madrasasi (XX asr), Qilichboy madrasasi (1714-y.), Zaxkok- Moron shaharchasi harobalari (eramizdan avvalgi I asr-eramizning V asri) va

Qashqadaryo daryosi ustidan o’tgan qadimiy ko’prik kabilardir. Shaharda

O’lkashunoslik muzeyi bor. Qashqadaryoning muhim arxitektura yodgorliklariTemuriy sulolasiga tegishli Shamsiddin Mir Kulol maqbarasi, Ko’kgumbaz masjidi, Gumbazi Saidon maqbarasidir.

Hisor tog’larning janubi-g’arbida 1975-yilda Qizilsoy qo’riqxonasi tashkil etilgan. Bu yerda silovsin, ayiq, qor barsi kabi noyob hayvonlarni uchratish mumkin. Shuningdek, Markaziy Osiyodagi eng yirik g’orlardan biri – Amir Temur g’ori ham shu tizmada joylashgan. Qashqadaryoda Xoja Ubaydulla, Jarroh

Abduraxmon Ota, G’ulom Naqshbandiylar ziyoratgohlari, Sulton Mirhaydar maqbarasi kabi ziyoratgohlari ham bor.



Download 33.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling