Turizm sohasini rivojlantirishda o’zbekistondagi tarixiy shaharlarning ahamiyati


O’zbekistonning tarixiy va arxitektura yodgorliklariga ega bo’lgan shaharlari


Download 33.79 Kb.
bet11/15
Sana05.01.2022
Hajmi33.79 Kb.
#206162
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Turizm sohasini rivojlantirishda O’zbekistondagi tarixiy shaharlarning ahamiyati

3.O’zbekistonning tarixiy va arxitektura yodgorliklariga ega bo’lgan shaharlari.

2007- yilning noyabr oyida o’tkazilgan YUNESKOning 34-sessiyasida ham Toshkent shahrining 2200-yilligini keng nishonlash tadbirlarini o’tkazish yuzasidan qaror qabul qilingan edi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2008yilning 2- aprelida «Toshkent shahrining 2200- yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish» to’g’risida qaror qabul qildi. Unga ko’ra O’zbekiston poytaxti, ilm-fan va madaniyat markazi, tinchlik va do’stlik ramziga aylangan Toshkent shahrining 2200- yilligini keng nishonlash va munosib o’tkazishga alohida e‘tibor qaratildi. Yubiley munosabati bilan ko’plab tarixiy yodgorliklar qayta ta‘mirlandi, yangi binolar qurildi va shaharning ijtimoiy infratuzilmasi yanada obod bo’ldi.

XV asr oxirlari XVI asr boshlarida Marg’ilon vodiyning eng muhim shaharlaridan biriga aylangan. Marg’ilonning monumental yodgorliklaridan bezatilgan masjid minora-maqbara va kaptarxonadan iborat bo’lgan Kaptarlik kompozitsiyasi (XVIII asr) hamda Shouda masjidini keltirish mumkin.

Samarqand 2750 yillik tarixga ega. Temuriylar sulolasi davrida qurilgan arxitektura yodgorliklari ahamiyati jihatidan qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston, Yunoniston va Rimdagi arxitektura durdonalari qatorida turadi.

Qadimiy Samarqandning markazi bo’lgan Registon XV–XVIII asrlardagi Markaziy Osiyo bunyodkorligining yuksak namunalaridan biridir. Maydon uch tomondan Ulug’bek, Sherdor va Tillakori madrasalari bilan o’ralgan. Samarqand shahrining janubida joylashgan Amir Temur maqbarasida (XIV–XV asrlar) Amir

Temur, Mirzo Ulug’bek kabi Temuriylar sulolasi vakillari dafn etilgan. Temuriylar davrida Samarqand yanada gullab yashnagan edi.



Islom dunyosida Buxoroning ismiga «Sharif» ya‘ni «Muqaddas» qo’shimchasi qo’shib ishlatilgan. X asrda Buxoro eng yirik ilmiy va madaniy markaz bo’lgan. Mag’oqi Attori, Namozgoh masjidi, Chashmai Ayub kabilar ushbu davrdan yodgor bo’lib qolgan. Sitorai Mohi Xosa oxirgi Buxoro Amirining yozgi saroyi, u hashamatli arxitekturaning eng yorqin namunalaridan biridir.


Download 33.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling