«Buxoro» so’zi sanskrit tilida «Ibodatxona», sug’d tilida «Tangri jamoli» ma‘nolarni anglatadi. Buxoro «Buyuk Ipak Yo’li»ning yirik tijorat markazi bo’lib hisoblangan. Buxoro O’rta asrlarga mansub 140 dan ortiq arxitektura yodgorliklariga ega bo’lgan «muzey-shahardir». Poyi Kalon, Qo’shmadrasa, Minorai Kalon, Ismoil Somoniy maqbarasi kabi ko’plab yodgorliklar bundan ming yillar oldin qurilgan bo’lib, hozirgi kunda ham mehmonlarni o’ziga jalb etmoqda. Buxoroning mashhurligini al-Buxoriy, Narshaxiy, Rudakiy, Daqiqiy, Abu Ali ibn Sino va Bahouddin Naqshband kabi siymolar yanada sharaflashgan.
Labi Hovuz (XVI–XVII asrlar), Xo’ja Nasriddin haykali, Nodir Devonbegi madrasasi, Devonbegi xonaqosi, vaqtida Markaziy Osiyodagi yetakchi bo’lgan Ko’kaldosh madrasasi (Abdullaxon tomonidan bunyod etilgan) shaharning o’ziga xos diqqatga sazovor joylari hisoblanadi. Ismoil Somoniy maqbarasi shahardagi
Yaxshi saqlanib qolgan eng qadimiy bino bo’lib, nafis arxitekturaga ega. Poyi Kalon ansambli (XII-IV asrlar) shaharning markazidan o’rin olgan. Shu yerdan piyoda Ark binosiga, Chorminorga o’tish mumkin. Shahar atrofidagi Varaxsha xarobalaridan janglar va ov marosimlarini aks ettiruvchi ko’plab rangli lavhalar, qimmatli buyumlar topilgan va muzeylarga topshirilgan. Buxoro qorako’li xalqaro bozorda e‘tirof etilgan. Bundan tashqari Buxoro zardo’zlik san‘atining Vatani ham hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |