Surxondaryo viloyatining markazi bo’lgan Termiz shahri eramizdan oldingi II–I asrlarda Hindistonni Markaziy Osiyo orqali Yevropa bilan bog’lovchi karvon yo’llarining chorrahasida paydo bo’lgan, keyinroq u Xitoyga eltuvchi «Buyuk Ipak
Yo’li» da ham muhim ahamiyat kasb etdi. Kushonlar davrida 500 gektar maydonni egallagan. Shuningdek, Termiz yonida eramizdan oldingi III–II asrlarda YunonBaqtriya davlatiga tegishli turar joylar topilgan. Qoratepada Budda madaniyatiga tegishli turli yodgorliklar, Fayoztepada Budda ibodatxonasi harobalarida qiziqarli lavhalar va haykallar topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |