Turizm sohasini rivojlantirishda o’zbekistondagi tarixiy shaharlarning ahamiyati


Download 33.79 Kb.
bet14/15
Sana05.01.2022
Hajmi33.79 Kb.
#206162
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Turizm sohasini rivojlantirishda O’zbekistondagi tarixiy shaharlarning ahamiyati

Shahrisabz


Bog’lar va uzumzorlarga burkangan Shahrisabz shahri hunarmandchilik markazi bo’lgan. Shahrisabzdagi dastlabki turar joylarga V–VI asrlarda asos solingan bo’lsa, IX–X asrlarga kelib u yirik savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. Amir Temur tomonidan devor bilan o’ralganidan so’ng u madaniyat va ilm-fan shahriga aylangan.

Samarqand o’zining noz-ne‘matlari, tabiati, boy ma‘naviy merosi, betakror tarixi, olamshumul me‘moriy obidalari bilan butun dunyo jamoatchiligining diqqat-e‘tiborini o’ziga qaratib kelayotgan «sayqali ro’yi zamindir». So’g’diyona va Turon davlatlarining ulug’vor an‘analari, dunyoviy sivilizatsiyaning eng muhim bosqichlari rivojlangan bu shaharning tarixi va madaniyati bilan uzviy bog’liqdir.

Dunyoning e‘tiborli sarmoyadorlari, rivojlangan mamlakatlarning mashhur tijoratchi va bankirlari, xalqaro tashkilot rahbarlari, iqtisodchi va siyosatchilari, san‘atshunoslarining nigohi bugun Samarqandga

qaratilganligi bejiz emas. Bu esa Samarqandning O’zbekistonning yirik sanoat, fan va madaniyat markazi sifatidagi mavqei tobora oshib borayotganligidan, mamlakatning gullab-yashnashi va ravnaqi uchun muhim hissa qo’shayotganidan dalolat beradi.



Download 33.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling