Turizm sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadlari va bosqichlari


-BOB. Turistik firma faoliyatida biznes rejalashtirish


Download 113.12 Kb.
bet6/12
Sana18.06.2023
Hajmi113.12 Kb.
#1589149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
turizm kurs ishi

2-BOB. Turistik firma faoliyatida biznes rejalashtirish.
2.1 Biznes – rejaning maqsadi va vazifalari
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tishi bilan turistik korxonalarning ishlab chiqarish va moliyaviy rejalari o‘z o‘rnini biznes-rejalarga bo‘shatib berdi. Biznes-rejada biznes falsafasi, turistik korxonaning joriy va istiqboldagi strategiyasi aks ettiriladi. Biznes-rejani tayyorlash nafaqat muhim, balki juda murakkab hamdir. “Bir lahzada tayyorlanuvchi biznes- reja” kitobi mualliflari Gustav Berl va Pol Kirshnerning “biznes-rejaga ega bo‘lib, siz professionalga aylanasiz, o‘z biznesingizni rivojlantirishingiz mumkin bo‘ladi” deb aytganligi bejiz emas, albata. Haqiqatdan ham, biznes-reja bu biznes ummonidagi mayoq, biznesning hozirgi va kelajakdagi holatining sur’atidir. U yangi paydo bo‘layotgan biznesning yuragidir.
Aytish kerakki, biznes-reja xo‘jalik boshqaruvi vositasi sifatida mamlakatimizdagi turistik korxonalar ish amaliyotiga kungildagidek tez kirishib ketgani yo‘q. Masalan, oz fursat davomida turli yondashuv va nuqtai nazarlarning mavjudligi biznes-rejalarning ahamiyati va mohiyatiga ham, ularni ishlab chiqish usullariga ham aniqlik kiritmagan. Ayniqsa, iqtisodiy islohotlarning dastlabki yillarida zarur ilmiy-uslubiy adabiyotlarning etishmasligi o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Shu va boshqa sabablarga ko‘ra ko‘plab turistik korxonalarning biznes-rejalari yuqori darajada asoslanganlik bilan ajralib turmaganligi sababli ko‘p hollarda bank muassasalari tomonidan ular moliyalashtirilmadi.
Edvard Blekvellning “Qanday qilib biznes-reja tuzish kerak” asarida ko‘rsatilishicha: “Biznes-reja bank yoki boshqa moliyaviy muassasalardan pul olish kerak bo‘lganda, shuningdek, aksiyalar emissiyasida foydalaniluvchi rejadir”.
1998 yilda Gruzinov V.P. muharrirligi ostida nashr qilingan “Turistik korxona iqtisodiyoti” darsligida qayd etilishicha: “biznes-reja biron-bir tijorat loyihasini amalga oshirish yoki yangi turistik korxona yaratish uchun mo‘ljallangan asoslangan xatti-harakatlar yihindisini ifodalovchi hujjatdir”.
1996- yilda Gorfinkel’ V.L. va Kupryakova e.M. muharrirligi ostida chiqarilgan huddi shunday darslikda aytiladiki “...tadbirkorlik biznesining asosiy maqsadi foyda olishdir. Ko‘zda tutilgan bitimni rejalashtirishda avvalo qanday summa olishga umid qilish va loyiha umuman kutilayotgan miqdorda foyda keltirishga qodirligiga ishonch hosil qilish lozim”
Biznes-reja quyida keltirilgan uchta asosiy funksiyalarni bajarishga bog‘liq degan fikr ham mavjud:
1. biznes yuritish kontseptsiyasini ishlab chiqish;
2. turistik korxona faoliyatining amaldagi natijalarini baholash;
3. pul mablag‘larini jalb qilish zarurligini asoslab berish.
Yuqorida keltirilgan sharhdan ko‘rinib turibdiki, biznes-rejani tuzish zarurati ayrim hollarda o‘z biznesini yaratish bilan, ikkinchi holda bank yoki boshqa moliyaviy muassasadan pul olish niyati bilan, uchinchidan esa tijorat loyihasini amalga oshirish, yangi turistik korxona yaratish zarurati bilan asoslanadi. G‘arblik iqtisodchi olimlarning o‘z mamlakatlari hukumatlari bilan birgalikda jamiyatda tadbirkorlik ruxini yaratishga harakat kilayotganliklarini tushunish mumkin (Amerikaliklar shiorini eslaylik “biznesmen - millatning oltin fondi”). Shu sababli ular o‘z tavsiyalarining aksari qismini yangi ish ochish, o‘z biznesi bilan shug‘ullanish niyatida bo‘lgan shaxslarga yo‘naltiradilar.
Biznes-rejalarning ahamiyati va zarurligini shubha ostiga qo‘ymagan holda aytish joizki, bu hujjatni ishlab chiqish xorijda keng qo‘llanishi sababligina urf-odatga aylanib qolmasligi lozim. Shuningdek u boshqa turistik korxonalar ham shunday qilayotganligi uchungina ishlab chiqilmasligi kerak. Biznes-rejani tayyorlash, uning maqsad va vazifalarida aniqlik bo‘lishi zarur. Busiz yuqorida eslab o‘tilgan V.P. Gruzinovning “Turistik korxona iqtisodiyoti” darsligida ko‘rsatilgan holat kelib chiqishi mumkin: “Turistik korxona biznes-rejasi - yangi turistik korxona yaratishni ko‘zda tutuvchi hujjatdir”[1].
O‘zbekiston sharoitlarida turistik korxonalarning katta qismi (80% atrofida) xodimlar soni 10 kishidan 50 kishigacha bo‘lgan kichik turistik korxona va mikroturistik firmalardan iboratligi bilan bog‘liq xususiyatni hisobga olish zarur. Aynan ular biznes va tadbirkorlikning tashkiliy shakllari hisoblanadi.
Biznes-reja avvalo yirik, o‘rta va kichik turistik korxonalarda ishlab chiqilishi lozim. Bunda uni ishlab chiqish turistik korxonani rivojlantirish strategiyasidan tashqari, ularni amalga oshirish uchun ayni paytda turistik korxonadan qo‘shimcha moliyaviy resurslar talab qiluvchi yangi loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta ta’mirlash va texnik jihozlash, mahsulot diversifikatsiyasi, ichki va tashqi bozorlarda o‘zi uchun joy egallash bilan bog‘liq bo‘lishi lozim. CHunki biznes-reja turistik korxonaning kundalik faoliyatidan ko‘ra bank muassasalari tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan va shunga o‘xshash tadbirlarni moliyalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Biznes-reja turistik korxonani har qanday muammolardan himoya qiluvchi vosita bo‘la olmaydi, u turistik korxonaning o‘zi bajarishi lozim bo‘lgan vazifalarni o‘zidan-o‘zi xal qilmaydi. Amaliyotning guvohlik berishicha, reja juda yaxshi ishlab chiqilgan bo‘lsada, undan noto‘g‘ri foydalanishda turistik korxona zarar ko‘rishi mumkin. Biroq bu biznes-reja kerak emas degan fikrga olib kelmasligi lozim. Masalan, banklar, investitsiya turistik firmalari va boshqa muassasalar aniq va to‘g‘ri tuzilgan biznes-rejani olmaguncha turistik korxonalardan moliyaviy qo‘llabquvvatlash bo‘yicha ariza olmaslikka harakat qiladilar. Birinchidan, biznes-reja turistik korxonaning barcha bo‘lim va xizmatlari majburiyatlari va javobgarligini aniqlashga imkon beradi. Ikkinchidan, ularni turistik korxona istiqboli bilan shug‘ullanish hamda turistik korxona maqsadlarini va ularga erishish yullarini aniklashga majbur qiladi. Uchinchidan, turistik korxona faoliyatining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarni belgilab beradi. To‘rtinchidan esa, turistik korxonani bozordagi kutilmagan o‘zgarishlarga yanada moslashuvchan bo‘lishiga va tayyor turishiga ko‘maklashadi. Biroq shunday bo‘lsada, biznes-rejani bank yoki boshqa muassasalar tomonidan turistik korxonaning iqtisodiy holatini yaxshilash va uning ishlab chiqarish salohiyatidan unumlirok foydalanishnnig yagona vositasi deb tushunmaslik kerak. Gap shundaki, turli maslaxatchilar, bankirlar, huquqshunoslar, moliya xizmatchilari, buxgalterlar va boshqalar rejada biznesni ko‘rsatish uchun turli nuqtai nazarga ega bo‘ladilar. Aynan shu holat biznes-rejani turistik korxonaning oddiy rejalaridan farqli qilib qo‘yadi. Shu sababli biznes-rejani ishlab chiqish birinchidan, qog‘ozda qolib ketmasdan amaliyotda qo‘llanishi, ikkinchidan, ekspertiza tomonidan rad qilinmasligi va uchinchidan foydaning o‘sishi va turistik korxonaning umumiy moliyaviy holati yaxshilanishiga xizmat qilishi maqsadida o‘ziga alohida e’tibor va chuqur o‘ylab chiqilgan yondashuvni talab qiladi.

Download 113.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling