Turizm va iqtisodiyot


Davlatning iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash siyosatining maqsadi va vazifalari


Download 32.39 Kb.
bet3/3
Sana20.11.2023
Hajmi32.39 Kb.
#1787689
1   2   3
Bog'liq
IDTTS (1-mustaqil ish) Mamatqulov Shaxzod

Davlatning iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash siyosatining maqsadi va vazifalari

Xavfsizlikni, shu jumladan, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash davlat siyosatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Buning uchun, avvalambor, uning siyosiy-tashkiliy va huquqiy asoslari yaratiladi. Ushbu maqsadda konsepsiya ishlab chiqiladi. Uni ishlab chiqish esa iqtisodiyot holatini obyektiv baholashga hamda uning rivojlanish tamoyili va tendensiyalarini prognoz qilishga asoslanadi. Buning uchun iqtisodiy xavfsizlikni belgilovchi vaziyat va xolatlardagi sababoqibatlari aniqlanadi. Shuningdek, iqtisodiy xavfsizlikni saqlash va mustahkamlashga mas’ul, javobgar davlat organlari, tashkilot va muassasalar belgilanadi.


Iqtisodiy xavfsizlik konsepsiyasi o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- xavfsizlikni ta’minlash maqsadi va vazifalari;
- ularni amalga oshirish yo‘llari va usullari;
- oliy hokimiyat va mahalliy hokimiyat organlari, iqtisodiyotmtarmoqlari boshqaruv tizimlari, huquq-tartibot, milliy xavfsizlik organlarining umumdavlat, xududiy darajadagi iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha vazifalari;
- mavjud va potensial xavfsizlikka tahdidlarni tahlil qilish;
- davlatning xavfsizlikni ta’minlashdagi imkoniyatlari, iqtisodiy resurslardan, vosita va kuchlardan ratsional foydalanishi nazarda tutiladi;
- iqtisodiy tahdidlarni bartaraf etish, ularning oldini olish va salbiy
ta’sirini yumshatish yo‘llari, vosita va usullari.
Xavfsizlik konsepsiyasi asosida uni ta’minlashning davlat strategiyasi ishlab chiqiladi. Ushbu strategiya tahdidlarning mohiyatini, obyektlarini indikatori va ularning oldini olish yoki bartaraf etish mexanizmlarini belgilab beradi:
Iqtisodiy adabiyotlarda davlat iqtisodiy strategiyasining uch jihati va tarkibiy qismlari ajratib ko‘rsatilgan.
1. Iqtisodiy xavfsizlik va mamlakat hayot faoliyati muhim sohalarining himoyalanganligini ta’minlaydigan milliy, davlat manfaatlarini aniqlash.
2. Shaxs, jamiyat va davlatning muhim hayotiy manfaatlariga ziyon keltiradigan iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlar va xavf-xatarlarni tavsiflash. Bunda qisqa, o‘rta va uzoq muddatli davrlarda davlat va ijtimoiy-iqtisodiy tizim barqarorligiga zarar yetkazuvchi, salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar va sharoitlar aniqlanadi.
3. Iqtisodiy xavfsizlikning turli tahdidlar, xavf-xatarlardan barqaror himoyalanishini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy siyosatni shakllantirish, institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish. Ushbu strategiyada iqtisodiy xavfsizlik talablariga javob beradigan iqtisodiyotning mezon va parametrlari ham aniqlanadi. Iqtisodiy manfaatlarga va xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish va ularni bartaraf etish hamda yumshatishning ustuvor maqsadlariga quyidagilar kiradi:
- aholining barcha ijtimoiy guruhlari va tabaqalari turmush darajasini oshirish orqali jamiyat barcha a’zolarining birdamligiga erishish;
- milliy iqtisodiyotga xususiy investitsiyalarni kiritishni rag‘batlantirish, investitsion jarayonlarni faollashtirish;
- qat’iy soliq, pul-kredit siyosatini yuritish, milliy valyuta qadrini oshirish va mustahkamlash;
- tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish va samarali bojxona nazorat tizimini shakllantirish;
- mamlakat fani va intellektual salohiyati rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash;
- mamlakat hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ular o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirish orqali ichki iqtisodiy makonni mustahkamlash;
- xo‘jalik sub’ektlarining xalqaro bozorlarga chiqishdagi mustaqilligi va erkinligini ta’minlash.
Shuni aytib o‘tish joizki, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda iqtisodiy vosita va chora-tadbirlar bilan bir qatorda korrupsiya, tashkiliy jinoyatchilikka, xufyona iqtisodiyotga qarshi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy tavsifdagi chora-tadbirlar, vositalardan ham foydalaniladi. Bunda iqtisodiy boshqaruv organlari huquq-tartibot, milliy xavfsizlik xizmati, chegara, bojxona organlari bilan birgalikda faoliyat yuritadilar.
Davlatning iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha faoliyati quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi hamda davlatning barqarorligiga xavf tug‘diruvchi omillarni aniqlash va monitoring qilish;
- ushbu omillarning zararli, salbiy ta’siriga barham berish yoki yumshatishga qaratilgan iqtisodiy siyosatni shakllantirish va institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirish.
Mamlakatimizda 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining amalga oshirilishi iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir. Mamlakatda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uzoq muddatli strategik vazifa hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirish uchun iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash davlat strategiyasi, ya’ni doktrinasini ishlab chiqish va qabul qilish zarur bo‘ladi. Ushbu davlat strategiyasi oliy milliy davlat manfaatlariga javob bera olishi kerak.
Shu davrda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning kafolati bo‘lgan davlatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha xo‘jalik va siyosiy xarakterdagi qarorlarni qabul qilish;
- ijtimoiy jarayonlarni boshqarish mexanizmiga tahdidlarning paydo bo‘lganligi to‘g‘risida signal beruvchi indikatorlarni kiritish;
- iqtisodiy tahdidlarni yumshatish, bartaraf etish, neytrallashga qaratilgan samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqishni amalga oshirish.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasi doimo uzoq muddatli milliy davlat manfaatlariga asoslanadi. Boshqacha aytganda mazkur konsepsiya mamlakatning kelajagi to‘g‘risidagi tasavvurga, isloh qilishga, shuningdek, barqaror, mustahkam rivojlanish strategiyasiga bog‘liq bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati:



1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2018-yil 21-sentyabrdagi PF5544-sonli Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki ob’ektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi Farmoni. 17.01.2017 y. PF-4933
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi Qarori. 18.04.2017 y. PQ-2895
4. Abulkasimov H.P., Hamraev O.Ya. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish.-T.: Iqtisod moliya, 2014.
5. Abduraxmonov Q.X., Toxirova X.T . Aholini ijtimoiy muhofaza qilish. Oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv. qo‘l. - T .: O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, TDIU, 2004.
6. Abulkasimov H.P. Makroiqtisodiy tartibga solish va O‘zbekistonning barqaror rivojlanishi.- T.:Akademiya, 2011.

Internet saytlar:
1. lex.uz
2. Wikipedia sayti ma`lumotlari
3. fayllar.org
4. azkurs.org
5. arxiv.uz
Download 32.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling