Turizm va mehmonxona xo


Xorijiy davlatlarda markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi


Download 0.61 Mb.
bet6/10
Sana04.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1745621
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5323356558866789633(1)

4. Xorijiy davlatlarda markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi
indekslar.Ularga qiyosiy tavsif


Markaziy banklar tuzilmasi va mustaqilligi borasidagi bizning kuzatuvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ohirgi yillarda mustaqillik o‘sishiga nisbatan ahamiyatli moyillik kuzatilmoqda. FRT deyarli barcha qolgan markaziy banklarga qaraganda, etarli darajada mustaqil hisoblanardi. Faqatgina Germaniya va Shveysariya banklari bundan istisno. Bugungi kunda Yevropa markaziy banki FRTga nisbatan ancha mustaqil. Angliya va Yaponiya banklari ko‘proq mustaqilikka ega bo‘ldilar, bu holat ularni FRT va Yangi Zelandiya, Shvetsiya va boshqa Yevropa davlatlarning markaziy banklari bilan bir qatorga joylashtirdi. Ham nazariya, ham tajriba tasdiqlagandek, ko‘proq darajada mustaqil bo‘lgan banklar samaraliroq monetar siyosatni amalga oshiradi. Markaziy bankning o‘zini tutish sabablari. Byurokratiya o‘zini tutishini baholashga bo‘lgan yondashuvlarning biriga asosan, byurokratik apparat jamiyatning manfaatlari uchun ishlaydi. Biroq, ayrim iqtisodchilar, byurokratik hulq-atvor nazariyasini ishlab chiqqan bo‘lib, bu nazariya byurokratiya faoliyatiga ta’sir etuvchi boshqa omillarning mavjudligini nazarda tutadi. Byurokratiya boyligi hokimiyat darajasi va avtoritetga bog‘liq bo‘ladi. Bunday qilib, ushbu nazariyaga binoan, markaziy bankning hulq-atvorini belgilaydigan eng muhim omil – bu hokimiyatni kuchaytirish va avtoritetni ko‘tarishga intilish. Bu borada markaziy bankning o‘zini tutishi haqida nima desa bo‘ladi? Bir tomondan, Federal zahira, bankirlar va biznesmenlarning kuchli qo‘llab-quvvatlashiga asoslangan holda, o‘z avtonomiyasi uchun kurashadi, bunda Kongressning FRT byudjetini nazorat ostiga olishning yangi va yangi urinishlarini aks ettiradi. Boshqa tarafdan, FRT, uning avtonomiyasini buzishi mumkin bo‘lgan, nufuzli kuchlar bilan ortiqcha nizolashishdan yiroqda bo‘ladi. Ma’lum bo‘lganidek, FRT etarli darajada sekin ravishda foiz stavkalarini ko‘taradi va iloji boricha muvaffaqiyatli tarzda ularning o‘zgarishini bildirmaslikka xarakat qiladi. Bunday hulq-atvorning sabablaridan biri shundaki – FRT prezident va Kongress bilan foiz stavkalarining o‘sishi borasida nizo kelib chiqishidan qo‘rqadi. SHu sababli ham, FRT faoliyati to‘liq tarzda oshkor qilinmagan. FRT ning iloji boricha ko‘prok hokimiyatga ega bo‘lish hohishi, shuningdek uning iloji boricha ko‘proq banklarni o‘z nazorati ostiga olishga intilish bilan tushuntiriladi. Ushbu jarayonning kulminatsiyasi – 1987 yilgacha barcha banklarni (nafaqat ularning a’zolarini) FRT zahiraviy talablariga bo‘ysuntirgan qonunchilikning qabul qilinishi. Byurokratik hulq-atvor nazariyasi FRT xarakatlariga nisbatan qo‘llanilishi mumkin, ammo uni e’tibori faqat o‘z manfaatlariga qaratilgan tizim sifatida ko‘rib chiqish ham noto‘g‘ri. O‘z boyligining maksimizatsiyasi altruizmni inkor etmaydi. Albatta, FRT monetar siyosatini jamiyat manfaatlariga javob berish uchun amalga oshiriladi. FRS mustaqil bo‘lishi kerakmi.Ko‘rib turganimizdek, FRT – AQSHdagi ko‘proq darajada mustaqil bo‘lgan davlat idoralaridan bittasi. Ayrim vaqtlarda Kongressda uning mustaqillik darajasini pasaytirish kerakmi, degan masala yuzasidan muhokamalar bo‘ladi. FRT ning o‘zini tutishini oqlamaydigan davlat arboblari odatda uning faoliyatini nazorat ostiga olishni taklif qiladi. Savollar yuzaga keladi: “FRT mustaqil bo‘lishi kerakmi? Ehtimol, prezident yoki Kongress boshqaruvi ostidagi markaziy bank mavjud bo‘lgani yaxshimikan?” Mustaqillik foydasiga dalillar FRT mustaqilligining himoyasiga eng muhim bo‘lgan dalillardan biri – agarda u siyosiy bosimga bo‘ysunadigan bo‘lsa, bu inflyasion monetar siyosatga olib kelishi borasidagi dalil. Ko‘plab analitiklarning fikricha, demokratik jamiyatdagi siyosatchilar odatda uzoqni ko‘zlamaydilar, chunki ularning asosiy istagi - yaqin oradagi saylovlarda g‘olib chiqish. Ular uzoq muddatli tendensiyalar borasida qayg‘urmaydilar, ular muammoning echimini qisqa muddatli davr mobaynida ko‘radilar. Yuqorida bayon etilgan dalillarning varianti – AQSHdagi siyosiy jarayon ishbilarmonlik faolligining siyosiy siklini yuzaga keltirishini tasdiqlash: bevosita saylovdan oldin ekspansion siyosat o‘tkazilib, uning asosiy maqsadi ishsizlik va foiz stavkalarini pasaytirish.Saylovdan keyin ushbu siyosatning salbiy natijalari yuzaga keladi – bu yuqori Inflatsiya va yuqori foiz stavkalari, bu esa o‘z o‘rnida qat’iy monetar siyosatning zarurligiga olib keladi. Hukumat aholi ushbu ko‘ngilsiz davrni keyingi saylovgacha esidan chiqarishiga umid qiladi. FRTning prezidentga bo‘ysunishi yana shunisi bilan havfliki, uning pul mablag‘lari G‘aznachilik tomonidan g‘azna obligatsiyalarini sotib olish yo‘li bilan byudjetning kattagina defitsitini moliyalash amalga oshirilishi mumkin. G‘aznachilikning FRTga bosimi Inflatsiyaning keskin sakrashiga olib kelishi mumkin. Mustaqil bo‘lgan FRT esa G‘aznachilikning bosimiga qarshilik qila oladi. Mustaqillik himoyasiga yana bitta dalil shundan iboratki, monetar siyosatni nazorat qilish siyosatchilar uchun nihoyatda mukammal vazifa bo‘lib, ular bir nechta marta mukammal va muhim masalalarni echa olmaslik qobiliyatini namoyish qilgan edilar. Mustaqillikka qarshi dalillar FRTning prezident yoki Kongressga bo‘ysunishining tarafdorlari ma’lum qilishicha, agarda monetar siyosat, hech kimga bo‘ysunmaydigan, tanlangan odamlar guruhi amalga oshirsa, bu demokratik hisoblanmas ekan. Jamiyat hisoblashicha, prezident va Kongress mamlakatning iqtisodiy gullab-yashnashi uchun javob beradilar, ammo ularga iqtisodiy rivojlanishga ehtimol juda jiddiy ta’sir ko‘rsatib turgan davlat idorasini nazorat qilishlari etishmay turibdi. Markaziy bank mustaqilligiga qarshi yana bir dalil mustaqil markaziy bank xar doim ham erkinligini muvaffaqqiyatli foydalanmaydi. Misol tariqasida, Buyuk Depressiya davrida FZT so‘nggi kreditor sifatidagi rolini bajara olmadi. 1960-1970 yillarda bu mustaqillik yalpi ekspansion monetar siyosat yuritishdan to‘xtatib qololmadi va ushbu davrda Inflatsiyani tezda o‘sishiga olib keldi. Markaziy banklarning mustaqilligi va boshqa davlatlardagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar. Markaziy banklarning mustaqil faoliyat ko‘rsatishlarining tarafdorlari shunga ishonadiki, ularga yanada ko‘proq mustaqillik berilishi natijasida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar ham yaxshilanadi. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqodlar bu xulosani tasdiqlaydi. Markaziy banklarni, ularning mustaqillik darajasi bo‘yicha ajratsa (eng kichigidan eng kattasigacha), markaziy banklar maksimal darajada mustaqil bo‘lgan davlatlarda Inflatsiyaning eng yaxshi ko‘rsatkichlari mavjud ekanligi aniqlandi. Markaziy banklar uchun mustaqil holat xarakterli bo‘lgan davlatlardagi Inflatsiyaning pastroq templari ishsizlik yoki chiqarish ko‘rsatkichlarini yomonlashtirishi aniqlanmagan. Markaziy banklar mustaqil bo‘lgan davlatlarda ishsizlik darajasi, tobe markaziy banklar mavjud bo‘lgan davlatlardagiga nisbatan uncha yuqori emas.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling