Turizm xaqida tushunchalar va ularning paydo bo‘lishi reja
Download 24.82 Kb.
|
TURIZM XAQIDA TUSHUNCHALAR VA ULARNING PAYDO BO‘LISHI
TURIZM XAQIDA TUSHUNCHALAR VA ULARNING PAYDO BO‘LISHI REJA 1. Turizm fani o‘quv fan sifatida tutgan o‘rni. 2.Turizm-tushunchasi, uning paydo bo‘lishi. 3.Turizmning tarixiy taraqqiyoti, tabiat sirlarini o‘rganish va undan foydalanish. 4.Qadimgi ajdodlarimizning turizm haqidagi ilk qarashlari. 5.O‘rta osiyoda turizmni rivojlanishi. Turizm ilmiy va o‘quv fan hisoblanadi Chunki turistik poxodlar, amaliy mashg‘ulotlar, slyotlar turli musobaqalar jarayonida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilishga asos yaratadi. Bunda turizm bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligi, ularning faolligi, fikr doiralari, harakat malakalarining rivojlanish sharoitlari eksperement ilmiy yo‘l bilan o‘rganiladi. Olingan natijalar esa shu predmet orqali o‘kuv guruxlari, komandalarda va havaskor turistlar faoliyatida tadbiq qilinadi va sinab ko‘riladi. Turizm ham o‘uv dars sifatida o‘tkaziladi. O‘quv jarayonida talabalar pedagogikasining barcha jabhalaridagi kabi demokratik tarbiyaning tarkibiy qismi bo‘lgan jismoniy tarbiya; uning maqsad va vazifalari bilan tanishadilar. Davlat o‘quv rejasiga ko‘ra turizm jismoniy tarbiya institutlarida va pedagogika institutlarining jismoniy tarbiya fakul’tetlarida maxsus kurs sifatida o‘tiladi. Yuqori kurslarda esa sport mahoratini oshirish, fakul’tativ yoki to‘garak shakllarida (sektsiya formalarida) tashkil qilinadi. O‘quv dasturlarida turizmning forma va metodlari, maktab o‘quvchilari bilan turistik tadbirlarini tashkil qilish usullari, turistik sayohatlarga tayyorlanish va unga kerakli bo‘lgan jihozlar, oziq-ovqatlar, dori-dormonlar hamda shikastlanganda birinchi meditsina yordami ko‘rsatish tadbirlari, topografiya bilan talabalarni tanishtirish ko‘zda tutiladi. Dastur, shuningdek o‘lkani o‘rganish, jamoat joylarida foydali xizmatlar ko‘rsatish, tabiatni muhofaza qilish, turli qidiruv ishlarini olib borishga doir materiallarini ham o‘z ichiga oladi. Dastur talablariga asosan 1-8 kunlik sayohat tashkil qilish, 130 kilometrli masofani (piyoda yurish turizmida) piyoda o‘tish, turistik texnikaga doir musobaqalar tashkil qilish, topografiyadan turli mashg‘ulotlar o‘tkazish mo‘ljallangan. Barcha mashg‘ulotlardan keyin turizm bo‘yicha sinov (zachet) o‘tkaziladi. Sinovda nazariy bilimlar suxbat tariqasida mustahkamlanadi. Turizm-tushunchasi, uning paydo bo‘lishi Turizm so‘zi latincha bo‘lib u aylana bo‘ylab hararakat qilish, aylanish degan ma’noni bildiradi. Keng ma’noda buni kishilarning xayotda harakatda bo‘lishishlarini tushunish mumkin.Shuningdek turizm “tur” (belgi) o‘rnatish, ya’ni tog‘ odirlar, uzoq masofalarga sayoxat qilish, so‘ngi manzilga belgi qo‘yish yoki cho‘qqiga chiqqanlikni bildirish uchun biron-bir belgi (yozuv, haykal va hakazo) qoldirish kabilarni bildiradi. Turizm – sayohat dam olish o‘lkani o‘rganish organizmni har tamonlama chiniktirish demakdir. Turizm «Biron maqsad yo‘lida harakat qilish» (o‘rganish, izlanish va h.k.) kabi ijtimoiy-madaniy va tarbiyaviy jarayonlarni bildiradi. Uning asl mazmuni esa atrof-muhitlar, tarixly va madaniy obidalarga sayr qilish, dam olish, o‘tmish hamda davr mo‘jizalarini o‘rganishga qaratilgan. o‘z-o‘zidan malumki, mazkur harakatlar, tadbirlarni amalda bajarish uchun har bir inson faol harakat qilishi, ya’ni yurish, yugurish, yuk kotarish, to‘siqlardan o‘tish kabi tabiiy jismoniy harakatlar qilishni taqozo etadi. Bu esa, eng avvalo, jismoniy rivojlanishi, yuqori darajada faol harakat qilishni ta’miniaydi. Demak, hozirgi davr iborasi bilan aytilsa; turizm sayr (yekskursiya) - sayohat (turizm) yo‘l bilan tarixiy shaharlar, sanoat markazlari, ravnaq topayotgan madaniy hayotimizni ko‘rish, tomosha qilish, maqsadli ravishda u yoki bu voqealarni o‘rganish, shu asosda dam olish, hordiq chiqarishni bildiradi. Turizmning tarixiy taraqqiyoti, tabiat sirlarini o‘rganish va undan foydalanish Inson poyda bo‘lgandan beri uning tarixiy taraqqiyotida bular qanchalik rol o‘ynagani xammaga ma’lum.Turizmning inson faoliyatida, ayniksa oila turmush sharoiti va madaniyat, xamda jismoniy kamolat yo‘lidagi o‘rni bir qator olimlar va mutaxassislar tamonidan atroflicha o‘rganib chiqilgan. Ularning takidlashicha, eramizdan oldingi VI asrlarda davlatlar xalqlar o‘rtasida savdo va madaniy aloqalar keng taraqqiy etgan. Shunga ko‘ra dastlabki sayoxatchilar savdo ishlari bilan aloqador bulgan shaxslar ekanligi shubhasisdir.ayniksa qadimgi yunon arab davlatlari urtasida savdo-satiq ishlari ancha rivojlanganligi bizga tarixdan ma’lum. Tarix otasi Geradot birinchi sayoxlardan xisoblanadi. U o‘zining tarixiy asarlarida Misr va boshqa davlatlarga qilgan sayohati tug‘risida eramizning 459 yilidayoq hikoya qilgan.Shuningdek sayohatlarning shakllanishi va rivojlanishida qadimgi greklarning xam xissasi juda katta. Chunki ular qadimgi Olimpiya o‘yinlarini tamosha qilish maqsadida uzoq-uzoqlardan Olimp shaxrarchasiga sayohat qilganlar. Bundan tashqari ular sog‘likni tiklash uchun “tilsimli davo” izlab tog‘ vodiy ulkalarni kezib chiqishgan. Tarixiy manbalarga qaraganda Aleksandr Makedonskiy ham O‘rta Osiyoga umrni uzaytiruvchi, insonni kayta yoshartiruvchi “tilsimli suv” qidirib kelgan. Aristotel, Demokrit, Kvintilman va boshqa mashhur faylasuflar o‘z asarlarida tarbiya tug‘risida gapirar ekanlar, odamlar albatta go‘zal tabiat qo‘ynida bo‘lishlari, sayohat qilishlari zarurligini ta’kidlab o‘tganlar. Tabiat sirlarini o‘rganish va undan foydalanish juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Shu boisdan tog‘, daryo, dengiz, vodiy va go‘zal manzillarga borish hozirda ham eng yaxshi hordiq chiqarish hisoblanadi. Download 24.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling