Turizm xaqida tushunchalar va ularning paydo bo‘lishi reja
Download 24.82 Kb.
|
TURIZM XAQIDA TUSHUNCHALAR VA ULARNING PAYDO BO‘LISHI
Qadimgi ajdodlarimizning turizm haqidagi ilk qarashlari
Albatta dengiz, okean, baland tog‘lar, cheksis o‘rmonlar, cho‘llarga turli maqsadlarda sayoxatga chiqilganlar. Buyuk sarkarda Amir Temurriing hayoti va jangovarlik faoliyati («Temur tuzuklari» asari asosida) sayohatlarga boy. o‘zining guvohlik berishicha, mintaqalarda Islom dinini targ‘ibot qilish, uni hayotga singdirish maqsadida g‘arb mamlakatlariga yurish (sayohatning bir turi) qilgan. Unga qarshilik qilgan, itoat etmagan mamlakatlar va xalqlarni zorovonlik bilan bo‘ysundirgan. Bu faoliyatiarda jangovarlik ustun turgani albatta sir emas. Lekin qaysi maqsad bolmasin yurishlarda ot, tuya, xachir, eshak, sol (qayiqqa o‘xshash), mesh (havo toldirilgan teri) va boshqa ulovlar hamda vositaiardan loydalanganliklari ma’lum.Uzoq yurish va safarlar qidiruv, izlanish sayohatlarida kun va tun bo‘yi yurish, yalanglik va tog‘u sahrolarda tunash, ovqatianish, dam olish hamda turli xil o‘yinlar (kurash, qilich, nayzalarda jang qilish, arqonlarda osilib chiqish, suvda suzish, otda poyga va h.k.lar) va mashqlar bajarishgan. Bu o‘z navbatida esa yurish sayohatiarning mazmunida muhim ahamiyat kasb etgan. Zahiriddin Bobur ham yoshligidanoq ixtiyoriy va majburan turli sayohatlarni boshdan kechirgan. Andijondan to Hindiston o‘lkasiga yetguncha otlarda, piyoda yurish va sollar (qayiq)da suzishga to‘g‘ri kelgan. Ayniqsa, o‘ratepa, Zomin tog‘larida piyoda yurish, kechalarni uyqusiz o‘tkazishda gulxan yoqish. ovqat pishirish kabi amaliy faoliyatlarini bevosita boshqargan. Ayniqsa, Zarafshon, Amudaryoiarning boshlanish joylaridagi torroq o‘zanlar, daryolar ustidan otni sakratib o‘tganiigini «Boburnoma»da bayon etilgani ma’lum. Aytish mumkinki, Bobur bir umr sayr-sayohatda kunlarni o‘tkazgan. Qaysi maqsad bilan qayerda bolmasin otlar, fillardan ulov sifatida foydalangan. Daryolardan o‘tishda meshlar, sollar, turli xil vositafardan unumli foydalangan. o‘zi qidirgan boglar, xiyobonlar, kollar, daryo sohillarida piyoda yurib, hordiq chiqargan. o‘zi tug‘ilib o‘sgan Andijonni his qilgan va shu asosda «Boburnoma»sini yaratgan. O‘rta osiyoda turizmni rivojlanishi Turizm O‘rta Osiyoda ham qadimdan mavjud bo‘lgan. Qadimgi ajdodlarimizning daryo, ko‘l soxillarida cho‘li biobonlarida sayr qilishi tog‘ cho‘qqilariga chiqishi, ovchilik qilganliklari haqida bizga ko‘pgina tarixiy manbalar xalq og‘zaki ijodidan ma’lum. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonul lug‘atit turk” asari, Abu Ali ibi Sino, Umar Hayyom, Rudakiy, Firdavsiy, Alisher Novoiy, Zaxriddin Muhammad Bobur va ko‘pgina boshqa ollamalarning asarlari, shuningdek “Alpomish”, “Kuntug‘mish”, “Intizor”, “Rustamxon”, “Ravshon”, “Qirq qiz” dostonlari, qirg‘iz xalqinig “Manas” eposi va boshqa xalq og‘zaki ijodi manbalarida turizmning ilq debochalari o‘z aksini topgan. Afrosiyob, Teshiktosh, Dalvarzin, Sirdaryo sohillari va Toshkent atrofida o‘tkazilgan arxeologik qazilmalar natijasi xam yuqoridagi fikrimizni to‘la tasdiqlashi mumkin. Ayniqsa bu o‘rinda Zaxriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari alohida axamiyatga ega.bu asarda mualifning muzlar o‘lkasi Xindikush tog‘laridan Xindistonga oshib o‘tish epizodi ayniksa maroqli tasvirlangan. Umuman qadimgi ajdodlarimiz ov qilish maqsadida uzoq- uzoqlarga safar qilganlar, tog‘ va daryo yo‘llarini o‘rganganlar, yoshlarni qo‘rqmas, botir, chidamli va chaqqon qilib tarbiyalashda sayohat qilish va turizmdan foydalanganlar.Anashularning oqibatida sayohat qilish turizm rivojlangan va hozirgi kunimzdagi turizmning yuzaga kelishida muhim omil bo‘lgan. "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi sayohat qilish turiga qarab quyidagi turistik yoʻnalishlarni ishlab chiqqan: klassik yoʻnalish (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent; Toshkent, Samarkand, BuxoroShahrisabz, Toshkent). Bu yoʻnalish eng qad. yodgorliklar va boshqa tarixiymadaniy obidalarga tashrif bilan bogʻliq; ekologik turizm yoʻnalishi (Chimyon, Chorvoq dam olish va davolanish oromgohi, Zomin qoʻriqxonasi, Buxoro viloyatidagi qoʻriqxonalar). Bu yoʻnalish alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va sayyohlar uchun ekologik jihatdan qulay gʻamda foydali hisoblanadigan joylarga tashrif bilan bogʻliq; arxeologik turizm yoʻnalishi (Qoraqalpogʻiston, Surxondaryo, Samarkand hududdari boʻylab). Bu yoʻnalish Oʻzbekistonning eng qad. topilmalari va arxeologik qazishmalar olib borilayotgan joylari bilan tanishishni maqsad qilib qoʻyadi; ekstre mal turizm yoʻnalishi (Chimyon, Fargʻona vodiysi, Orol boʻyi, Buxoro, Navoiy viloyati hududlari boʻylab); liniy turizm yoʻnalishi (Toshkent, Samarkand, Buxoro, Toshkent) — mamlakatimizdagi tarixiy diniy obidalarni ziyorat qilish bilan bogʻliq. Turizm sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish, shuningdek, turistlar va turistik faoliyat subʼyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining "Turizm toʻgʻrisida"gi qonuni kabul kilingan (20-avgust 1999). Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2005-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish davlat dasturi toʻgʻrisida"gi farmoni (15-aprel 1999) sohani rivojlantirishda muhim omil boʻldi. Turizm tashkilotlarini takomillashtirish hamda kichik va oʻrta turistik korxonalarning xizmat koʻrsatish bozorini faollashtirish, shuningdek, xorijiy sarmoyani turizm sohasiga jalb kilish maqsadida 1998-yilda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan Toshkentda "Xususiy sayyoxlik tashkilotlari uyushmasi" tashkil etildi. U 300 dan ziyod turistik korxonalar bilan yaqindan aloqada boʻlib faoliyat olib boradi. Oʻzbekistonda "Kumushkon" turistik bazasi va "Sanzar" kemping majmuasi mavjud boʻlib, ular "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi tizimi tashkilotlari hisoblanadi. Shu bilan birga Chorvoq, Chimyon, Beldersoy dam olish oromgohlari va yuzga yaqin xususiy mehmonxonalar ishlab turibdi. Oʻzbekistonda koʻplab turistlarni qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlgan mehmonxonalar soni tobora oʻsib bormoqda. Oʻzbekiston 1993-yilda oʻz safiga 120 dan ortiq mamlakatni birlashtirgan Jahon turistik tashkiloti (WTO; 1975-yilda tuzilgan)ga aʼzo boʻldi. Shuningdek, Oʻzbekiston WTO Yevropa komissiyasi rayosatining ham aʼzosidir. 2004-yil "Buyuk ipak yoʻli" loyihasi doirasida Samarkand viloyatida Jahon turistik tashkilotining vakolatxonasini ochish koʻzda tutilgan. Oʻzbekistonda turizm sohasiga oid "Buyuk ipak yoʻli" xalqaro turistik reklamaaxborot gaz. (1994-yildan), "Biznes Gayd" JUR (RUS va ingliz tillarida) va boshqa ommaviy nashrlar chop etiladi. 2021-yil aprel oyida Dogʻistonda Oʻzbekistonning ziyorat turizm salohiyati taqdimoti oʻtkazildi. Bosh vazir oʻrinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov topshirigʻi bilan Dogʻistonda «Imomlar yurtiga sayohat» yoʻnalishidagi targʻibot ishlari boshlangan Turizm amaliy harakatlar va tadbirlar yig‘indisi sifatida jismoniy tarbiyaning muhim vositasi hisoblanadi. Uning ta’lim-tarbiya va sog‘lomlashtiruvchi xususiyatlari shaklan va mazmunan jamiyat taraqqiyotida muhim o‘ringa ega. Ya’ni u sayohatlar jarayonida bilim va amaliy malakalarni oshirish yo‘li bilan ishlab chiqarish sifatini yaxshilash hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga bevosita xizmat qiladi. Ta’kidlaganimizdek, turizm o‘z shaklini sayr (ekskursiya) va sayohatlardan ifoda etadi. Sayrlar (экскурция)ga qo‘yilgan maqsadlar asosida shug‘ullanuvchilarning yoshi, jinsi va salomatligiga qarab tadbirlar uyushtiriladi. Ularning eng asosiy yo‘nalishlari uyidagilardan iborat: 1. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi sayrlar. 2. Maktab o‘quvchilarining sayr-sayohatlari. 3. Mehnat jamoalari xodimlarining sayr-sayohatlari. 4. Aholi istiqomat joylaridagi kishilarning sayr-sayohatlari. 5. Xorijiy mamlakatlardan kelgan mehmonlarning sayrlari. Sayrlarni tashkil qilishning asosiy maqsad va vazifalarini quyidagicha ifodalash mumkin: 1. Shug‘ullanuvchilarning (qatnashchilar) sihat-salomatligini yaxshilash uchun piyoda kezish, qulay joylarda mashqlar, o‘yinlar o‘tkazish. 2. Atrof-muhit va tabiat manzaralari bilan tanishtirish, e’tiborga loyiq aholi yashaydigan joylarni o‘rganish. 3. Tarixiy va madaniy obidalarni tomosha qilish va ularning tarixini o‘rganish. 4. O‘zi yashab turgan joylarning (yosh bolalar uchun) tarixi, rivojlanishi va mehnatkashlarning xizmatlarini o‘rganish (bilish). 5. Ilmiy izlanish ishlarini (mutaxassislar) olib borish va hokazo. E’tirof etish lozimki, mazkur sayrlar nazariy bilim (tushuncha) va amaliy malakalar hosil qilish yo‘lida ta’lim-tarbiya vazifasini o‘taydi. Shu bilan birgalikda qatnashchilarning sihat-salomatligini yaxshilash, jismonan barkamolligini o‘stirishga qaratiladi. Demak, turizm shakl va mazmun jihatdan tarbiyaviy hamda sog‘lomlashtiruvchi xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirish bilan muhim ahamiyatga egadir. Sayr qilishda (ekskursiya) qatnashchilarning belgilangan joyga yetib borishi, ulovlarga chiqish va tushishlari, sayr-sayohat manziliga kirish va bevosita sayr-sayohatlarda ishtirok etish jarayonida piyoda yurish asosiy o‘rinda turadi. Chunki, erkin ravishda barcha faoliyatlarni bajarish, yuklarini ko‘tarib yurish, tomosha-sayr jarayonlarida faol qatnashishda sharoitlarga qarab tez yoki sekin yurish, to‘xtash, ba’zan yugurish ham amalga oshiriladi. Bu jarayonlar ham sayohatchilarning salomatligini yaxshilash, faol amaliy harakatlar qilishga ko‘mak beradi. Xulosa qilib aytganda, turizmning sayr-sayohat va piyoda yurish shakllari mazmun va mohiyat jihatdan o‘z xususiyatlariga egadir. Ularni maqsadli uyushtirish va olib borishda mutasaddi xodimlarning o‘z mas’uliyatlarini bajarishi juda muhim. Download 24.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling