Turizmda axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha inovatsion g
Download 21.05 Kb.
|
Turizm Axborot Uralov 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so ‘zlar
- Ключевые слова
Turizmda axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha inovatsion g‘oyalarning tatbiqlari Jomonqulova Fazilat Esgirpovna SamISI katta o‘qituvchisi Shoxruxbek Asqaraliyevich Uralov SamISI talabasi. Annotatsiya: Ushbu maqola axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini boshqarish uchun innovatsion yondashuv sifatida tasvirlangan maqsadli boshqarish nuqtai nazaridan barqaror turizmni rivojlantirishga bag‘ishlangan. Kalit so‘zlar: axborot texnologiyasi, AKT dasturi, turizm, web-saytlar Аннотация: В этой статье, инновационный подход к управлению информационно-коммуникационных технологий с точки зрения управления посвящен развитую устойчивого туризма охарактеризовать как целенаправленные. Ключевые слова: Инвормационные технологии, программа АКТ, Туризм, Веб-сайте Annotation: This article provides for the management of information and communication technologies as an innovative approach to the management of the target is dedicated to the development of tourism. Key words: Information technologies, AKT program, tourism, web-site. Bugun hech bir sohani kompyuter texnologiyalarisiz tasavvur qila olmaymiz. Axborotlashtirish va kompyuterizatsiyalash davrida sayyohlik sohasida axborotni sotish va uni uzatish bo‘yicha yangicha yondoshuvlarga olib keldi. Ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan har bir muassasa uchun zamonaviy AKT dasturlarini joriy etish va ularni nafaqat ichki balki tashqi bozorda sotish uchun muhim manbalardan biri desak adashmaymiz. Aksariyat mahalliy sayyohlik tashkilotlari bugunga kelib o‘z internet saytlariga ega, zero aynan internet saytlari tur mahsulotni sotish uchun asosiy manba hisoblanadi. Turizm sohasida ham axborot texnologiyasi o’z o’rnini topadi va namoyon bo’ladi. Turist - O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab yoki boshqa mamlakatga sayohat qiluvchi (doimiy istiqomat joyidan turizm maqsadida jo‘nab ketgan) jismoniy shaxs. Turizm-sayohatlarning bir turi bo‘lsada, biroq o‘ziga xos jihatlariga ko‘ra, ma’lum bir tavsifga ega bo‘lib, unda ishtirok etuvchi shaxs turist deb nomlanadi. Muhimi turistni sayohatchi deyishimiz mumkin, ammo sayohatchini esa har doim ham turist deya olmaymiz. Sayohatlardan farqli ravishda, turizm iqtisodiyot va siyosatning kuchli ta’siriga uchrovchi soha bo‘lib hisoblanadi. Turizm bu turistlar tomonidan amalga oshiriluvchi, aniq belgilangan turistik maqsadlarga ega ommaviy sayohatlar turi bo‘lib, turistning faoliyati va bunday sayohatlarni uyushtirish va amalga oshirish bo‘yicha maxsus xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlardan iborat. Bunday maxsus xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyati avallambor turistik firmalar, mehmonxonalar va shu xizmatlar bilan bog‘liq bo‘lgan turli xil boshqa tarmoqlar tomonidan amalga oshiriladi. Turizm faoliyati asosan bo‘sh vaqtda amalga oshiriladi. Turizm faoliyatini amalga oshirish uchun uchta omil bo‘lishi shart: dam olishga ajratilgan bo‘sh vaqt, tegishli mablag‘ va xohish-istagi. Uzoq vaqt davomida turizm faqat badavlat kishilarga mansub bo‘lgan. Hozirgi paytda aholining turli qatlamlari bo‘sh vaqtini va jamg‘arilgan mablag‘larini turli turistik safarlarga borishga bemalol sarflay olishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunida turizm tushunchasiga quyidagi tarzda ta’rif berilgan: «Jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog‘lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda uzog‘i bilan bir yil muddatga jo‘nab ketishi (sayohat qilishi)». Iqtisodiy omillarni hisobga olish nuqtai nazaridan tashrif buyuruvchilar tunovchi,ya’ni, bir kecha yotib qoluvchilar va bir kunlik, ya’ni 24 soatgacha (mehmonxonada) bo‘luvchi turistlarga bo‘linadi. Turizm-sayohatlarning bir turi bo‘lsada, biroq o‘ziga xos jihatlariga ko‘ra, ma’lum bir tavsifga ega bo‘lib, unda ishtirok etuvchi shaxs turist, deb nomlanadi. Texnologiya so’zi grek tilidan tarjima qilinganda (techne) san’at, mahorat qobiliyat degan ma’noni anglatib, bevosita jarayon tushunchasi bilan bog’liq. Jarayon o’z navbatida, qo’yilgan maqsadga erishishga qaratilgan ma’lum harakatlar yig’indisi deb tushuniladi. Jarayon inson tomonidan tanlangan strategiya bilan aniqlanadi hamda turli vosita va usullar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Turizm sohasida yagona axborot makonining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: -shakllantirish va yagona axborot maydoni rivojlantirish boshlandi davlat tomonidan tartibga solish va o'zini o'zi tartibga kombinatsiyasi bilan barcha sub'ektlar axborot hamkorlik uchun yagona tamoyillari va umumiy qoidalari ta'siri; -davlatning, tashkilotlarning va fuqarolarning axborotning xavfsizligini ta'minlash; -barcha hududlardagi sub'ektlarning axborotga bo'lgan ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish; -axborot almashinuvi sub'ektlarining ochiq axborot resurslariga va ularning huquqiy tengligiga teng ravishda kirishlari; -jahon axborot makoniga kirgan uchun manfaatlar muvozanatini saqlash va milliy axborot suverenitetini ta'minlash. Aynan shuning uchun ham 2013-yilda “O‘zbekturizm” MK tomonidan ishga tushurilgan www.welcomeuzbekistan.uz veb-portali mamlakatimizning tarixiy yodgorliklari, sayyohlik mashrutlari, gid-tarjimonlari, mahalliy qonunchilik, madaniyat, an'analar, tabiat, hayvonot olami, muzeylar, restoranlar, shuningdek mamlakatda yetakchi kompaniyalari to‘g‘risida to‘liq ma'lumotlar berilgan. Hozirda sayt 6 ta tilda-rus, ingliz, nemets, fransuz, ispan, koreys tillarida ishga tushirilgan. Yaqin orada sayt italyan, xitoy, yapon tillariga tarjima qilinishi rejalashtirilmoqda. Saytning Feysbuk va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari sohadagi yangiliklar va zaruriy ma'lumotlarni tarqatishda muhim vositalaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Aynan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar sayyohlik xizmatlarini dunyo bozoriga targ‘ib qilish, turistlar oqimini yanada kengaytirish uchun muhim omillardan biri hisoblanadi. www.uzbektourism.uz rasmiy saytida muntazam berilib borilayotgan ma'lumotlar aholini bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, hayotga tatbiq etilayotgan yangi loyihalar bilan tanishish imkonini bermoqda. 2015 yilning may oyida sayt o‘z ko‘rinishini butunlay o‘zgartirib, yangicha ko‘rinish oldi. Unda tashkillashtirilayotgan yangi bo‘limlar, texnik jihatdan takomillashtirganligi sayt o‘quvchilariga ko‘plab qo‘layliklar yaratdi. Endi saytda e'lon qilingan barcha ma'lumotlarni smartfon va planshetlar orqali o‘qishlari mumkin. Bu kabi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi saytga kiruvchilar sonini sezilarli oshishiga sabab bo‘ldi. Dunyo bozorida mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini namoyish etish istiqbollarini yanada takomillashtirish maqsadida hududlarning sayyohlik imkoniyatlarini yanada kengroq jalb qilish maqsadida Xorazm viloyatida www.visitkhorezm.uz, va Qashqadaryo viloyatida www.visitkashkadarya.uz saytlari tashkil qilindi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, zamonaviy sayyohlar dam olish kunlarini zamonaviy texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin. Ushbu saytlarda turistlar uchun ushbu hududlar to‘g‘risidagi barcha ma'lumotlar, yo‘l ko‘rsatkichlar, mobil ilovalari, tarixiy obidalarning to‘liq tasniflari turli tillarda berilgan. Aynan shuning uchun, 2014 yildan boshlab “Ichan-Qal'a” tarixiy shahar muzeyida ishga tushirilgan simsiz internet- Wi-Fi tarmog‘i 27 tarixiy ob'yektlarida ishga tushirildi. Wi-Fi tarmog‘i foydalanuvchilari Internet xizmatida barcha ob'yektlarda faqat bitta karta orqali foydalanishlari mumkin. Masalan abonent Xiva shahrida karta sotib olgan bo‘lsa, uni Termez, Qarshi va Shahrisabz shaharlarida va boshqa joylarda qo‘llashlari mumkin. BePro dasturchilar Markazi tomonidan “O‘zbekturizm” MK bilan hamkorlikda mobil qurilmalari uchun dasturiy ta'minot, 3-D maketlar qurilmalari, shuningdek infokioskalar uchun dasturiy ta'minotlar kabi kompleksli loyihalar kiradi. Ilk bora ushbu loyiha turizm sohasida Xorazm viloyatining imkoniyatlarini kengroq targ‘ib etishga qaratilgan. iOS va Android platformalarning mobil qo‘rilmalari uchun axborot ta'minotlarning tashkil etilishi, mobil ilovalardagi, tarixiy obidalarning tarixi, ularning arxitekturasidagi o‘ziga xosliklar, muzeylar, milliy taomlar tayyorlanish uslublari, turlar va sayyohlik kompaniyalarining yagona foto-galeriyalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar App Store va Google Play Marketlarga joylashtirilgan. Bugungi kunga kelib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Vazirliklar bilan hamkorlikda davlat interfaol onlayn xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha bir qancha chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hukumat portalidagi sayyohlik bo‘yicha ma'lumotlarni doimiy ravishda yangilab borish bo‘yicha ham zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. AKTni takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar mamlakatimizda ushbu sohada ko‘rsatilayotgan xizmatlarni sifatini oshirish bo‘yicha xizmat qilib, mamlakat sayyohlik salohiyati to‘g‘risida jahon ahlining xabardorligini oshirishga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganimizda, bugungi kunga kelib turizm sohasida axborot va kommunikatsiya texnologiyalari inovasion g’oyalardan foydalanish keng miqyosda rivojlantirilmoqda. Bunga misolan barcha sayyohlik kompaniyalari va idoralar, korxonalar va firmalar axborotlari, turizm sohasida axborot texnologiyasining innovatsion g’oyalar bilan o’z yechimini topmoqda va yurtimizda bu borada keng qamrovli ilg’or ishlar olib borilmoqda. Foydanilgan adbiyotlar; “O‘zbekturizm” MK mabuot-xizmati Nashrlangan: Seshanba, 07 Iyul 2015, 11:19 Download 21.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling