Turizmda marketing faoliyatlarining boshlanishi. Turizm marketingining ta’rifi. Mexmonxona xo‘jaligi marketingi


Download 32.47 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi32.47 Kb.
#1583534
1   2   3
Bog'liq
16 Turizm iktisodieti. 9-mavzu 1(1)

Turizm marketingining ta’rifi.
Turizm marketingi, milliy turizm tashkilotlari yoki turizm muassasalarining, milliy va xalqaro tartibda turistlarning ehtiyojlarini (optimize) his etishga qarab tizimli va birlikli harakatlardan tashkil topmoqda. Insonlarning bo‘sh vaqtlarini qadrlash mAqsadida ish, oila, konferensiya maqsadlarida bir mintaqada, o‘lkada yoki mamlakatlar orasida sayoxat etish xoxishi va ehtiyoji turistik korxonalarning tashkil topishiga sabab bo‘lgandir. Bu korxonalar, iste’molchi bo‘lgan turist guruxlarini eng uyg‘un yerlarda, eng yaxshi sharoitlarda sayoxat qildirish maqsadida bir qancha uslublar va texnikalar yaratmoqtadirlar. Boshqa bir turizm marketingi ta’rifi quyidagicha izohlanadi:
“Turistik mahsulot va xizmatlarning to‘g‘ridan yoki turizm vositalari yordamida mahalliy, mintaqaviy, milliy va xalqaro rejada, ishlab chiqaruvchidan keyin iste’molchi bo‘lgan turistga oqimi va yangi turistik iste’mol ehtiyojlari va takliflarining yaratilishi bilan bog‘liq faoliyatlarning yig‘indisidir”. Bunga ko‘ra:
Turizm marketingi, turistik ehtiyojlarini qarshilaydigan mahsulot va xizmatlarning turistga taqdim etilishi va sotilishi bilan bog‘liq harakatlardir. Mexmonxonalarning maqsadi foyda olish bilan birga xaridorlarning ehtiyojlarini qarshilash va ularni mamnun etishdir. Marketing uzluksiz davom etuvchi bir jarayondir.
Turistik mahsulot va xizmatlar turistga to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlab chiqaruvchi turistik korxonalar tomonidan yoki vositachi firmalar, sayoxat byurolari yoki turoperatorlar tomonidan sotila olinadi.
Turizm marketingida turistlarning yangi ehtiyojlarining davomli izlanishi va o‘rganilishi keraklidir. Sayyoxning ehtiyojlari birinchi rejada tutiladi.
Boshqa bir mahsulot yoki xizmatlarga ko‘ra turizmning ahamiyatli xususiyatlar tashishi, marketingning bu soxada qo‘llanishini juda kerakli holga keltirgandir. Turizm mahsuloti, boshqa tovar va xizmatlardan farqli bo‘laroq boshqa muassasalarga qaraganda tugallanuvchi bir aralash mahsulot xususiyatiga egadir. Turistik mahsulotga qarshi bo‘lgan turistik talab ham ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlarga qarshi e’tiborli bo‘lib katta bir elastiklik ko‘rsatadi. Turizm taklifining tashinilmaydigan (mexmonxona) xususiyatda bo‘lishi, turistik xizmatlarning joyida tugatilishi natijasini tug‘dirmoqtadir. Turizm mavsumi oxirida mexmonxona, tayyoragox va boshqa ba’zi vositalarni boshqa bir mintaqaga tashish imkoni yo‘qdir. Turizm marketingiga bog‘liq harakatlarning maqsadlarini asosiy marketing maqsadlariga mos qilib 3 ta guruxda jamlash mumkindir:

  1. Mavjud bozorni saqlash, boshqa bir ifoda bilan korxonaga yoki mamlakatga yo‘naltirilgan turizm talabini eng kamida bir xil darajada tutish.

  2. Bozordagi potensial talabni harakatchan talab shakliga aylantirish, ya’ni turizmga qatnashadigan imkoniyatlarga ega bo‘lgan, faqat buni haligacha ro‘yobga chiqarolmagan tashkilotlarni turizmga jalb qilish.

  3. Yangi bozorlar yaratish, oldindan bilinmagan, o‘rganilmagan yoki keraklicha qiymatlantirilmagan bozorlarga kirish, boshqa korxonalarga yoki mamlakatlarga yo‘naltirilgan turistik talabni jalb qilib turistik mahsulotlarni sotish soxasini kengaytirishdir.




Download 32.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling