Turizmda statistik hisob usullari


Sizga statistic kuzatuvlarni tashkil etishning qanday shakllari malum


Download 28.1 Kb.
bet3/4
Sana08.01.2022
Hajmi28.1 Kb.
#239110
1   2   3   4
Sizga statistic kuzatuvlarni tashkil etishning qanday shakllari malum.Har qanday statistik kuzatuvni rejalashtirishda eng awalo uning aniq maqsadlari shakllantiriladi. Xuddi ana shu vazifalar ro‘yxatini imiqlashtiradi va statistik kuzatuvlar jarayonida olinadigan ma’lumotlarni nniqlaydi. Turistik tekshiruvlaming ko‘proq tarqalgan maqsadlari alohida mnmlakatlar bo‘yicha kelishlar sonini (chiqib ketish oqimi uchun diiqishlar) belgilash hisoblanadi. Unda tashrif buyuruvchilarning jinsiy larkibi, yoshi, oilaviy ahvoli, fuqaroligi, ma’lumotlilik darajasi va boshqalar ifodalanadi.

Turistik tekshiruvlarda safarning o‘ziga alohida e’tibor qaratiladi. Iloriladigan joyi, ko‘zlangan masofa, transport turi, bo‘lish davomiyligi, joylashtirish tipi va boshqalar ko‘zda tutiladi.

Kuzatuv obyekti bo‘lib tashrif buyuruvchilarning barcha ma’lumotlari mazmuni hisoblanadi. Bunday tekshiruv muntazam o‘tkaziladi. Maxsus anketa mamlakatga kelayotgan xorijiy turistlar haqida mayda-chuyda

tafsilotlargacha axborot olish imkonini beradi.

Kuzatuv obyekti elementlardan yoki bittaginadan iborat bo‘ladi. Ular obyekti bir butun holatda o‘rganishga imkon beradigan statistik tavsifnomaga taalluqlidir. Bu birlikka munosabat tarzida bir qator ajralib turuvchi qirralar, qiziqtirayotgan ma’lumotlar (belgilar) qayd etib boriladi.

Turizmda birlik kuzatuvi bo‘lib alohida olingan tashrif buyuruvchi yoki sayohatchi guruh (oila) a’zolarining barchasi haqida axborot beruvchi boshliq xizmat qilishi mumkin.

Kuzatuv obyekti haqida tasavvurga ega bo‘lish uchun, bu birlikka kiruvchi hammadan so‘rab chiqish shart emas. Bu tekshirish muddatlarini cho‘zib yuborgan bo‘lardi. Sezilarli moliyaviy sarf-xarajatlarni talab qilardi. Faollar katta qismi diqqatini jalb etardi, umuman tekshiruvning o‘zi bosh og‘riq bo'lardi. Shuning uchun statistik kuzatuvlarning kattagina qismi yoppasiga bo'lmasdan, balki tanlangan holda o'tkaziladi. Tartib- qoidaga asosan so'raluvchilar sifatida tekshiruvda ishtirok etishlari uchun ma’lum miqdorda odamlar tanlab olinadi. Tanlash hajmi kuzatuv maqsadi va vazifalaridan kelib chiqib belgilanadi. Tanlab olish nechog‘li to‘g‘ri qilingani ko‘p jihatdan statistik axborotlaming ishonchliligi va sifatiga bog‘liqdir. Tekshirish rejasiga muvofiq tashrif buyuruvchilar tanlab olinaailar va anketa so‘rovidan o‘tkaziladi.

79.
Download 28.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling