Turizmda xizmatlar va ularning xususiyatlari
1. Turistik xizmatlarning xususiyatlari.
2. Xizmat ko‘rsatish darajalari (klasslari).
3. Xizmatlar paketi.
4. Xizmat ko‘rsatish dasturi.
5. Xizmat yetkazib beruvchilar.
“Xizmat” termini xalqaro standartlarda berilishicha – bu ijro etuvchi va iste’molchi o‘rtasidagi bevosita o‘zaro ta’sirning natijasidir, hamda iste’molchi ehtiyojini qondirish bo‘yicha ijrochining shaxsiy faoliyati natijasi hisoblanadi. Bu tushuncha o‘z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi:
- Xizmat iste’molchilari va ijro etuvchilarning o‘zaro ta’siri;
- Ijrochilarning o‘zlari tamonidan xizmat ko‘rsatish jarayoni (ya’ni, ma’lum ishlarni bajarish);
- «Qayta tashkil qilingan mahsulot» yoki «xizmatlar natijasi» ko‘rinishidagi ushbu faoliyat natijalari.
Turistik xizmat – turistlarni mos ravishdagi ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha turistik korxona faoliyati natijasi hisoblanadi.
S
S
S
3S teoriyasi
- Sezilmaslik. Turistik xizmatlar moddiy mahsulot bo‘lib hisoblanmaydi. Ular ijtimoiy – madaniy (nomoddiy) sohalarga tegishli bo‘ladi, chunki iste’molchini ijtimoiy-madaniy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini jismoniy, intelletual, ma’naviy va h.k. ehtiyojini qondirish bo‘yicha xizmatlarni ijro etuvchilar faoliyati aniqlaydi. Ularni harid vaqtida ko‘rish yoki baholash mumkin emas. Bunday xizmatlar ob’ekti bo‘lib, shaxsan iste’molchi hisoblanadi (turist);
- Servisni va iste’molchini o‘zaro bog‘liqligi. Xizmatlar iste’molchi va ijro etuvchilarning o‘zaro ta’siri natijasidan tashkil topganligi sababli, turistik xizmatlarni ko‘rsatish jarayoni (ishlab chiqarish) iste’mol bilan birga parallel ravishda yuz beradi. Ma’lumki, moddiy shaklda tavarlarni ishlab chiqarish, uni sotuvidan oldin bo‘ladi, faqat undan keyingina iste’mol jarayoni boshlanadi;
- Saqlanmaslik. Turistik xizmatlarning saqlanmasligi (saqlash mumkin emasligi). Turistik xizmatlarning hayotiy sikli moddiy tovardan tubdan farq qiladi, xususan saqlash bosqichining mavjud bo‘lmaganligi bilan turistik xizmatlarni saqlanmasligi bozor kon’yukturasini yaxshilab o‘rganishni, talab va taklifni mo‘tonosibligini talab etadi,chunki xizmatlar talab bo‘lmaganga qadar «omborlarda» turib qoladigan mahsulot emas.
Asosiy xizmatlar
Qo`shimcha xizmatlar
- Sayohatni (ekskursiyani) tashkil etish bo‘yicha xizmatlar;
- Turistlarni sug‘urtalash bo‘yicha xizmatlar;
- Gid (turistlarga izoh, tushuntirish beruvchi shaxs), gid-tarjimon xizmatlari;
- Turistlarni yashab turgan joyidan uning vaqtinchalik kelib tushgan joyigacha -mamlakatgacha va teskari (transfer) tashish bo‘yicha, hamda sayohat shartlarida ko‘zda to‘tilgan mamlakat hududida (vaqtinchalik kelgan joyidan) istalgan boshqa tashishlar bo‘yicha xizmatlar;
- Texnikani ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar;
- Prokat bo‘yicha xizmatlar;
- Valyuta ayirboshlash;
- Telefon xizmati;
- Pochta xizmati;
- Maishiy xizmat ko‘rsatish xizmatlari;
- Plyajlardan foydalanish xizmatlari va h.k
Do'stlaringiz bilan baham: |