Turizmni rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari


Turizmdagi asosiy rasmiyatchiliklar va ularni soddalashtirish muammolari


Download 1.5 Mb.
bet71/76
Sana14.10.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1702325
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
Bog'liq
Turizmni rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari

11.4. Turizmdagi asosiy rasmiyatchiliklar va ularni soddalashtirish muammolari
Tabiiyki, xalqaro turizmni rivojlantirishda muammolar bisyor. Ulardan chegaradan o’tishda va chet mamlakatda bo’lishda rasmiyatchiliklarni hal qilish bilan bog’liq asosiy muammolarga to’xtalib o’tamiz:
- pasport va viza muammosi;
- valyuta nazorati hamda valyuta ayirboshlash ustidan nazorat;
- bojxona qoidalari;
- tibbiy rasmiyatchiliklar;
- politsiya nazorati;
- turistik hujjatlar;
- sayohat mamlakatida milliy hujjatlarni legalizatsiya qilish (ularning huquqiy layoqati)
Bu rasmiyatchiliklar turist yashaydigan mamlakatda yuzaga keladi (viza, chet el pasporti) hamda u boshqa mamlakatda bo’lgan davr mobaynida amal qiladi (masalan, valyuta rejimi, tibbiy rejim, politsiya rejimi). Bu tartiblarga amal qilish zarurligi shubhasiz, lekin haddan ortiq tartibga solish (majburiy ro’yxatdan o’tish va h.k.) ba’zan turistga psixologik jihatdan salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Turistik muhitga va mehmondo’stlik sanoatining faoliyatiga rasmiy tartib-taomillarning salbiy ta’siri haqida Markaziy Osiyo turfirmalari bergan javoblarning taqsimlanishi 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Markaziy Osiyoda xalqaro turizmning rivojlanishiga xalaqit berayotgan asosiy rasmiyatchiliklar

Rasmiyatchiliklar


Milliy ekspertlarning fikrlari, foiz hisobida

Qozog’iston

O’zbekiston

Tojik-iston

Qirg’i-ziston

Turkma-niston

Viza yoki taklifnomani rasmiylashtirish bilan bog’liq qiyinchiliklar

10

12

23

15

10

Bojxona tartib-taomillarini bajarish

30

23

36

22

20

Valyutani tartibga solish muammolari

16

34

20

10

26

Politsiya nazorati (shu jumladan ro’yxatdan o’tish va h.k.)

20

15

11

20

40

Tibbiy nazorat (shu jumladan sug’urta qilish)

3

1

6

8

3

CHegaradan o’tishda murakkab psixologik muhit

11

15

4

3

1

Ekspertlarning fikricha, yuqorida zikr etilgan muammolarni hal qilish (kriminogen vaziyatni, Afg’oniston bilan chegaradagi murakkab siyosiy vaziyatni, inflyatsiya va iqtisodiy inqirozni bartaraf etish bilan bir qatorda) turistik oqimlar dunyoning boshqa mintaqalaridan Markaziy Osiyo mamlakatlariga oqib kelishiga ko’maklashadi.





Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling