Turizmning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati


Tadqiqot ishining predmeti


Download 23.16 Kb.
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi23.16 Kb.
#1019058
1   2   3
Bog'liq
MMT70 Turizm tadqiqot (1) (1) (6)

Tadqiqot ishining predmeti boʻlib O'zbekiston Respublikasidagi turizm sohasidagi xarajatlarni moliyalashtirish jarayonida vujudga keladigan moliyaviy munosabatlar hisoblanadi.
Tadqiqot ishining obyekti sifatida O'zbekistonda turizm sohasi va uni rivojlantirishda ishtirok etuvchi organlar faoliyati olindi.
Tadqiqot ishining asosiy maqsadi O'zbekistondagi turizmni Davlat tomonidan, Davlat budjeti hisobidan samaradorligini oshirish hamda takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot ishining vazifalari. Tadqiqot maqsadidan kelib chiqib, quyidagi vazifalar belgilandi:
* Turizmning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati ;
* O'zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish amaliyotining tahlili ;
* O'zbekistondagi turizm sohasini yanada takomillashtirish borasida beriladigan xulosa va takliflar .
1.TURIZMNING IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYATI
Turizm rivojlanishidagi hozirgi zamon tendentsiyalari uning ham jahon iqtisodiyotiga ham alohida mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyotiga ta’siri ortib borayotganligini ko’rsatmoqda. Turizm aholining o’ziga hos ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirib milliy iqtisodiyotning yirik mustaqil sohaga aylanib bormoqda. Ushbu ehtiyojlarning xilma xilligi tufayli nafaqat turistik korxonalar balki boshqa soha korxonalari ham qatnashib xalq xo’jaligi kompleksi rivojiga multiplikativ ta’sir etadigan omillardan biri sifatida turizm namoyon bo’ladi. Bundan tashqari turizm insonlarning asosiy ehtiyojlaridan biri bo’lib, insonlarga fan texnika taraqqiyoti jadal rivoji, mehnat intensivligi natijasida vujudga keladigan his-hayajon va psixologik salbiy ta’sirlarni kamaytirishda sezilarli ko’mak beradi. Ko’pgina mamlakatlardan farqli o’laroq turizm sohasi yetarlicha rivojlanmagan .O’zbekistonda turizm industriyasi rivoji pul tushumlari ko’payishi, ishsizlik darajasini pasaytirish, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy holatini barqarorlashtirishning bir yo’nalishi sifatida davlat tomonidan tartibga solish jarayonlarini faollashtirish, turistik xizmatlar bozorini o’rganish, turistik ta’lim tizimini kengaytirish, muayyan mintaqalar rivojini ta’minlaydigan dasturlarni ishlab chiqishni talab etadi. Jahon turizm va sayyohlik kengashi ma’lumotlariga ko’ra, 2019 yilda turizm va sayyohlik sohasining jahon ichki mahsulotiga bevosita qo’shgan hissasi 8,9 trillion (jahon YaIMning 10,9 foizi) dollarga teng bo’lgan. Dunyo bo’ylab har o’n kishi turizmga aloqador sohalarda faoliyat olib borgan. Ta’kidlash lozimki, koronavirus pandemiyasi fonida joriy etilgan cheklovlar va ularning natijasida yuzaga kelgan global inqiroz oqibatlari tufayli turizm sohasi katta talofatlarga yuz tutdi. Xususan, 2020 yilda O’zbekistonga tashrif buyurgan chet ellik sayyohlarning soni 96% foizga kamayib, 1,5 mln. nafarga tushib ketdi. Ko’rsatilgan sayyohlik xizmatlarining hajmi esa 261 mln. dollarni tashkil etdi. Aytish lozimki pandemiyaning boshlanish nuqtasi 2019 yilda ko’rsatilgan turistik xizmatlarning umumiy hajmi 1,5 mlrd. dollardan oshgan bo’lsa, eksport ko’rsatkichlari 1,3 milliardga yetib, umumiy xizmatlar eksportining 38,2 foizini tashkil etdi. Koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olgan holda, «Uzbekistan Safe travel» guaranteed ("O’zbekiston. Xavfsiz sayohat kafolatlangan") loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha sayyohlarga mo’ljallangan bo’lib, jahon standartlariga asoslangan sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning yangi tizimi hisoblanadi. Turizm ob’yektlari va tegishli infratuzilmani, turistik xizmatlarni yangi sanitariya-gigiyena talablari asosida sertifikatlash quyidagilar uchun majburiy bo’ldi:
• barcha davlat chegara punktlari;
• havo, temir yo’l va avtobus bekatlari;
• moddiy-madaniy meros ob’yektlari, muzeylar, teatrlar va boshqalar.
Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.06.2020 yildagi №4755-sonli Qarori bilan Xavfsiz turizm jamg‘armasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining 20 milliard so’m miqdordagi dastlabki to’lovi, shuningdek, «Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED» tizimi doirasida joriy etilayotgan ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan o’tish uchun to’lanadigan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdoridagi to’lov hisobidan shakllantirildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 maydagi “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo’llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo’lmaydigan chora-tadbirlar to’g‘risida”gi Farmonida 2020 yil 1 iyundan 2021 yil 1 martga qadar joylashtirish bo’yicha xizmatlar (mehmonxona xizmatlari) narxining 10 foizi miqdorida joylashtirish vositalarini subsidiyalash ko’zda tutilgan. Umuman olganda, Davlat Rahbarining videoselektor yig‘ilishida qayd etishiga ko’ra, 1750 ta sub’yektga mol-mulk solig‘i, yer va ijtimoiy soliqlar bo’yicha qariyb 60 milliard so’m miqdorida imtiyozlar berildi. Turizmning iqtisodiy ahamiyati. Iqtisodiy holat sifatida turizmga ikki tomonlama qarash mumkin.
Iqtisodiy kompleks sifatida. Uning rivojlanishi ko’pchilik hollarda dunyo xo’jalik aloqalari, jarayonlar, munosabatlar bilan izohlanadi.
Iqtisodiy o’sishning muhim katalizatori sifatida. Bunday holatda turizm yalpi ichki mahsulotni davlatlar o’rtasida qayta taqsimlash kanali sifatida namoyon bo’ladi.
Hozirgi dunyoda turizm industrial shaklga ega:
- samaradorlikning yuqori darajasi, investitsiyalarning tez qoplanishi
bilan tavsiflanadi;
- yangi hududlarni o’zlashtirishning boshlovchisi (pioneri) hosoblanadi;
- tabiat va madaniy me‘rosni qo’riqlashning samarali vositasi sifatida
namoyon bo’ladi.
Xalq xo’jaligining qariyb barcha tarmoqlari va inson faoliyatining
turlari bilan bog’liqdir.Ma‘lumki, rivojlangan davlatlarda chet el turizmidan tushgan daromad rangli va qora metallarning xalqaro savdosiga qaraganda ikki barovarga ko’pdir.Turizmning daromadlari turistik xarajatlar natijasida shakllanadi.Turistik xarajatlar o’z ichiga quyidagilarga haq to’lashni oladi:
- kompleks tashriflarga;
- turlar va dam olish uchun xizmatlar paketiga;
- joylashtirishga;
- ovqatlanishga;
- transportga;
- faoliyatning rekratsion, madaniy va sport turlariga;
- sayyohatning ajralmas qismi hisoblangan iste‘mol mollarini xarid
qilishga;
- tibbiy xizmat ko’rsatishga va boshqalarga.
Qayd qilingan turistik xarajatlar iqtisodiyotga to’g’ridan-to’g’ri ta‘sir ko’rsatadi, ya‘ni turizmning iqtisodiy faoliyati milliy daromadni yaratishga o’z hissasini qo’shadi.Turizmning mamlakat iqtisodiyoti va jamiyatga ta‘sir sohasi bo’lib hisoblanadi.


Download 23.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling