Turizmning iktisdiy mazmuni va moxiyati
Turizmning oʻziga xos xususiyatlari
Download 403 Kb.
|
Usmonov Kurs ishi Turizmning iktisdiy mazmuni va moxiyati
Turizmning oʻziga xos xususiyatlari
Turizm iqtisodiyotning oʻziga xos boʻlgan sohasi. Ushbu soha ham boshqa sohalar singari mamlakat iqtisodiyotiga, uning yalpi ichki mahsulotining koʻpayishiga oʻzining salmoqli hissasini qoʻshadigan soha. Ammo bu oʻziga xos xususiyatlarga ega. Birinchidan, turizm mavsumiy xarakterga ega boʻlib, odamlarning bir joydan ikkinchi joyga yoki bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga qisqa muddatda harakatining sodir boʻlishi bilan belgilanadi. Bunda odamlar yakka boʻlib emas, balki guruh-guruh boʻlib harakatlanadi (agar yakka harakat qilinsa – bu oddiy sayohatdan iborat boʻladi). Turizmning bu xususiyati, taʼkidlanganidek, qisqa muddatliligi. Koʻp hollarda bu 2-3 kun, asosan, dam olish kunlariga toʻgʻri keladi. Tatil davrida bir haftalik, oʻn kunlik turistik sayohatlar ham boʻlishi mumkin. Uning mavsumiyligi shundaki, koʻp hollarda tabiat qoʻyniga sayohat qilish bahor, yoz va kuz oylarida amalga oshiriladi. Ayrim turistik yurishlar qish manzarasini tamosha qilishga qaratilgan boʻladi. Umuman olganda bahor, yoz oylari sayohat uchun qulay fasllar boʻlib hisoblanadi. Ikkinchi xususiyati, turistlarning doimiy yashash joyidan boshqa joyga borishi tushuniladi. Ishlab pul topish maqsadidagi harakati bunga kirmaydi. Bu harakat bitta hudud, bir mamlakat ichida va mamlakatlararo ham boʻlishi mumkin. Odamlarning doimiy yashash joyi deganda uning tegishli organlar tomonidan roʻyxatga olingan joyi (propiska qilingan joyi) tushuniladi. Odam qaysi joyda roʻyxatga olingan boʻlsa, odatda, oʻsha joyda yashashi lozim. Uning boshqa joyga dam olish, hordiq chiqarish, oʻrganish, salomatligini tiklash (yotib davolanish kirmaydi) kabi maqsadlar uchun borishi turizmning ushbu xususiyatiga kiradi. Uchinchidan, turizmga faqat boʻsh vaqtida dam olish, uni faol oʻtkazish usuli sifatida qaralishi ham uning oʻziga xos xususiyatlaridandir. Koʻp hollarda boshqa hududlarda sayr qilish, tamosha, oʻrganish kabi holatlar odamlarni xizmat safariga joʻnatganda ham sodir boʻlishi mumkin. Lekin bu yerda maqsad maʼlum ishni bitirishga qaratilganligi tufayli uni turizmga kiritib boʻlmaydi. Bunda bir narsaga urgʻu berish kerakki, ushbu tadbirlar odamlarning boʻsh vaqtida sodir boʻlishi lozim ekan. Toʻrtinchidan, turizm nafaqat iqtisodiy, balki muhim ijtimoiy soha hamdir. Buning iqtisodiy samaradorligi bilan birga maʼnaviy, ruhiy va intelektual ahamiyati ham juda katta. Shu tufayli ushbu sohaga davlat alohida eʼtibor berib maʼlum imtiyozlar ham belgilaydilar. Odamlar bu imtiyozlardan faqat turist boʻlganliklari uchun foydalanadilar. Bu ham turizmning oʻziga xos xususiyati va katta ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatidan dalolat beradi. Imtiyozlar turistlarning bojxona postlaridan oʻtishda, soliq toʻlashda, chetga chiqishda pasportiga ruxsat berishlarda namoyon boʻladi. Beshinchidan, turizm iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida turistlar qabul qiluvchi mamlakatga daromadni keltiradi, qattiq valyuta tushumini taʼminlaydi, aholini ish bilan bandlik darajasini oshiradi. Turistlarga xizmat qilish uchun mehmonxona kerak boʻladi. Bu yerda ular ovqatlanishi lozim. Turli tomoshalar qiladilar. Hammasiga naqd pul, koʻp hollarda agar ular xorijiy turistlar boʻlsa, valyuta tushumining koʻpayishini taʼminlaydilar. Shunday qilib, turizm iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida oʻziga xos xususiyatlarga ega. Bu quyidagi chizmada keltirilgan (2-chizma). Download 403 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling