Turizmning shakllari haqida tushunchalar
Download 22.4 Kb.
|
8 Amaliy mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Targ‘ibot-tashviqot poxodlari
- Ekspeditsiya
Sport poxodlari – bu asosan sportga taalluqlidir; bunday hollarda murakkab poxodlarning qiyinchilik darajalari, masofaning uzunligi, tabiiy to‘siqlarning qiyinchilik darajalari, aholi yashaydigan joylarga yetib borish tartiblari, sinovli poxodlar soni va boshqa shartlar qo‘yilgan bo‘ladi.
Targ‘ibot-tashviqot poxodlari – yirik ijtimoiy-siyosiy yoki sport anjumanlariga bag‘ishlangan bo‘lib, uning maqsadi jamoatchilik va ommani turizmga jalb etishdan iboratdir. Bunday hollarda jamoalardagi ilg‘or tajribalar almashinadi, turistik harakatdagi yangi voqealar, natijalar joriy etiladi, faol turistlar turli yo‘llar bilan rag‘batlantiriladi. Badiiy havaskorlik jamoalarining konsert chiqishlari, sport turlari bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvlari, turistik texnika va boshqa vositalarni bilish yuzasidan musobaqalar uyushtirilishi targ‘ibot ishlarining jonli, qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi. Ekspeditsiya – turistik sayohat bo‘lib, u biron obyektni (geografik, geologik, o‘lkashunoslik, tarixiy va boshqalar) o‘rganish maqsadida uyushtiriladi. Bunday sayohat jarayonlarida aktiv harakat, ya’ni piyoda yurish, chang‘ida va boshqalarda yurish, shuningdek, passiv harakat yo‘li bilan (transportda) masofani o‘tish mumkin. Hududiy belgi jihatdan turistik sayohatlar, poxodlar mahalliy va uzoq, xarakterli jihatidan esa rejali va havaskorlik turlariga egadir. Rejali poxodlar avvaldan belgilangan va faqat maxsus ishlangan marshrutlar orqaligina uyushtiriladi. Bunday hollarda turistlar maxsus jihozlar, oziq-ovqat va instruktorlar bilan ta’minlanadi.
Download 22.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling