O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti a. Yu. Xudoyberdiyev turistlar xavfsizligini ta’minlash oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish»
Download 20 Kb.
|
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- TURISTLAR XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH
- Taqrizchilar
- Rossiya urushdan
Talim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI A.Yu.Xudoyberdiyev TURISTLAR XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH Oliy talimning 810000 – «Xizmat ko’rsatish» sohasining 5810600-«Turizm operatorlik xizmatlarini tashkillashtirish», 5810700-«Turizm menejmenti» va 5810700-«Turizm marketingi» bakalavriatura talim yo’nalishlari uchun MA’RUZALAR MATNI SAMARQAND-2008 A.Yu.Xudoyberdiyev. Turistlar xavfsizligini ta’minlash: – Samarqand, 2008. – 234 b. Taqrizchilar: 1. J.M.Qurbonov – SamISI «Xizmatlar ko’rsatish, servis va uni tashkil etish» kafedrasi mudiri, professor 2. I.Suvonov «O’zbekturizm» MK Samarqand viloyati mintaqaviy bo’limi boshqaruvchisi Annotasiya Turistlar xavfsizligini ta’minlash fani turizm yo’nalishidagi (Turizm menejmenti, Turizm marketingi, Turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirish) talabalar uchun mo’ljallangan. Ma’ruza matni o’z ichiga turizmda xavfsizlikning huquqiy asoslari, standartlari va turizmda xavfsizlikning o’zbek qonunchiligi, turizmdagi rasmiy tartib-qoidalar, jumladan, pasport va vizalar, valyuta almashtirish, bojxona rasmiylashtirish tartiblari hamda hujjatlarni legallashtirish muammolari mavzularini oladi. Bundan tashqari, kriminal xavfsizlikning umumiy masalalari, mehmonxonada va avialaynerlarda xavfsizlik qoidalari, bojxona nazorati, xususiyatlari va turist xavfsizlik masalalari, bojxona hududiga olib kelish va olib ketish qoidalari, migrasiya xizmati ishlari xususiyatlari ham yoritib berilgan. Yuqoridagilardan tashqari, turizm biologik, tibbiy xavfsizlik, turistlarni sug’urtalash va shaxsiy xavfsizlik borasida turistlar uchun bir qator amaliy ko’rsatmalar ham keltirilgan. Ushbu ma’ruza matni turizm sohasida ta’lim oladigan talabalar va ushbu sohada faoliyat ko’rsatayotgan xodimlar uchun mo’ljallangan. © A.Yu.Xudoyberdiyev, 2008. 2 KIRISH XX yuz yillikning keyingi yillarida va Yangi ming yillik boshlarida jahon turistik industriyasi rivojlanish sur’atlarining yuqori darajasiga erishdi va jahon yalpi mahsulotida muhim o’rin egalladi, tovarlar va xizmatlar sohasida yetkachi mavqyega ega bo’ldi. Ammo ijtiomiy muhit globallashuvi sharoitida va jahon iqtisodiyoti va siyosati boshqa omillari yaqindagina mustaqillikka erishgan mamlakatlar, xususan sobiq SSSR davlatlarida iqtisodiyotni barqaror rivojlanish jarayonlarini tobora ko’proq murakkablashtirmoqda. Amalda turistlar uchun Yangi hudud hisoblangan va Yevroosiyo qit’asida alohida geosiyosiy o’rinni egallagan O’zbekiston xalqaro va mahalliy turizmni rivojlantirish uchun keng istiqbollarga egadir. Boy tabiiy xom- ashyo potensiali, bo’sh mehnat resurslarining mavjudligi, siyosiy barqarorlik va xalqaro aviayo’nalishlar tarmog’i ishlab turgani va aloqalar turizmning barcha turlarini rivojlantirishga imkon beradi. Rang-barang tabiiy iqlim sharoiti, landshaftlar manzarasi xilma-xilligi va iliq-issiq iqlim turistlarni yil bo’yi qabul qilishga imkon yaratadi. Turizm mamlakat iqtisodiyotining muhim sohalaridan biri hisoblanadi va mamlakat iqtisodiy xavfsizligi uning rivojlanishiga bog’liqdir. Boshqa tomondan esa turistik tarmoqning o’zi ichki xavfsizlik tizimini ishlashiga muhtojdir. Bu milliy va xorijiy turistlarni sog’-salomat va hayot uchun bexatar O’zbekiston va jahonning boshqa hududlari bo’ylab erkin sayohat qilishlariga imkon tug’diradi. Hyech shubhasiz, turizm mamlakatlar o’rtasida do’stlik va tinchlikni ta’minlash omili sifatida siyosiy barqarorlikni mustahkamlash va mahalliy va hududiy majoralarga barham berish imkonini yaratadi. Ammo Markaziy Osiyo hududi respublika iqtisodiyoti barcha sohalariga, jumladan turistik industriyaga salbiy ta’sir etuvchi har xil tendensiyalardan batamom xoli deb kafolat berib bo’lmaydi. Bular qanaqa salbiy tendensiyalar? Shubhasiz bular sobiq sovet tasarrufida bo’lgan barcha kengliklardagi siyosiy beqarorlik, avj olib borayotgan harbiy, ijtimoiy-siyosiy majoralar, fuqaro shaxslarga, jumladan turistlarga nisbatan zo’ravonlik va jinoyatchilik, yuqori kriminogen vaziyatdir. Albatta, yana boshqa 3 jihatlar ham bor. Turizm fohishabozlik, giyohvandlik va ichkilikbozlik kabi salbiy jarayonlarni rivojlanishiga imkon tug’dirishi, jamiyat ahloqiy me’yorlarini yemirishi mumkin. Bular davlatning o’zi uchun va xavfsizlikni ta’minlash uchun jiddiy choralar ko’rishni talab qiladi. O’zbekiston turistik industriyasi har qachongidan ham diqqat bilan jahondagi keyingi siyosiy voqyealarni kuzatib borayapti. Negaki, AQShning Iroqdagi harbiy harakatlariga nisbatan qabul qiladigan qarori Markaziy Osiyoda turizmning holati va rivojlanishini belgilab beradi. 2001 yil 11 sentyabr voqyealari sadosi bu hududda turistik kelishlarga aks ta’sir etdi, o’z navbatida turistik iqtisodiyot sektori moliyaviy natijalari bo’yicha sezilarli zarba berdi. Ma’lumki, O’zbekistonning Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlari iqtisodiyoti ko’pincha tashrif buyuradigan sayohatchilar soniga bog’liq. Turli baholar bo’yicha mehmonlarga bevosita yoki bilvosita xizmat ko’rsatishda mahalliy iqtisodiyotda band kishilarning 10 dan 25 %gachasi ishtirok etadi. Ular orasida nafaqat turfirmalar, restoranlar va transport xodimlari, balki hunarmandlar, fermerlar, xususiy tadbirkorlar (sartaroshlar, ko’ngilochar muassasalar egalari, kir yuvuvchilar), ijod shaxslari (rassomlar), shuningdek madaniyat muassasalari va bo’sh vaqtni o’tkazish – teatrlar, muzeylar xodimlari ham bor. WTO – BTT (Butunjahon Turistik Tashkiloti) bahosicha, 2001 yilda xalqaro kelishlar hajmi mo’ljaldagi darajadan 0,6 %ga pasaygan, qaysikim, bu 1982 yildan keyingi birinchi yil vaziyatiga mos keladi. Butunjahon turistik industriyasi sovetining (World Travel & Tourizm Council - WTTC) prognoz baholarini keltiramiz. Unga muvofiq 2008 yilda sayohat va turizm jahon industriyasi $ 4,5 trln. Dollardan ortiq umumiy summada xizmatlar va tovarlar ishlab chiqaradi. Umuman 2013 yilga borib, qanday bo’lishidan qat’iy nazar jahon turistik industriyasida 9 trln. dollarlik turistik xizmat va tovarlar ishlab chiqarilishi kerak. To’g’ri, Yaqin Sharqdagi urush kuchayishi WTTC prognozlari bo’yicha o’sishning bazaviy ko’rsatkichlarini 2,7 %ga pasaytirishi mumkin. Shunga qaramasdan, ko’pchilik ekspertlar prognoz baholariga ishonchsizlik bilan qarashmoqda. Harbiy harakatlar, terrorizm – bu omillarni prognozlarga qo’shilishi qiyin, demak hududiy va jahon turistik bozoridagi vaziyat haqida biror bir 4 tasavvurga ega bo’lish mushkul. Ayni paytda WTTC Iroqqa urush boshlangan taqdirda turizm yo’qotishlarini ham baholadi. Prognozlarga ko’ra, murakkab va cho’zilib ketgan urush turistik biznesni $ 30 mlrd. ga yaqin mablag’dan mahrum qiladi. Rossiyada tarmoq o’sishi sur’atlari ikki barovar kamayadi. Markaziy Osiyoda ko’rsatkichlar qanday bo’lishini hisoblab chiqish qiyin, lekin bir narsa aniq, u yaxshi bo’lmaydi. Shuningdek, kelgusida turistik kelishlarni kamayishini ham kutish mumkin. Majorani tinch yo’l Bilan hal etish ham qisqa urush sovet tasarrufida bo’lgan kengliklarda biznesni avvalgi sur’atlarda rivojlantirish imkonini beradi va yil yakuni bo’yicha bozor hajmi $ 46,6 mlrd. ga yetishi mumkin. Ayrim o’zbek ekspertlari nuqtai nazariga ko’ra, baho ma’lumotlari MDH uchun juda umidbaxsh. Negaki, sobiq SSSR respublikalarida o’tgan yuz yillikning 90-yillarida hajm jahon turistik ko’rsatkichlaridan 2-3 %dan oshmagan edi, bu yiliga $ 10 mlrd. ga yaqin (ulardan $ 7 mlrd. – faqat Rossiya yo’nalishida). WTTC o’z hisoblarida mahalliy turoperatorlar ma’lumotlaridan foydalanmaydi, balkim BMT, Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi statistikasiga tayanadi. Natijada, ekspertlar Inna Kolomenskaya va Aleksey Tixonov yozganlaridek “mustaqil ravishda bu sektorning turli baholarini olish mumkin. Bu yondoshuvning qimmati shundaki, turistik bozor rivojlanishi dinamikasini o’zaro bog’liq turistik nuqtai nazardan iqtisodiyot istiqbollari bilan kengroq tarzda taqqoslash, baholashga uriniladi. Gap shundaki, WTTC o’z saflariga bevosita yoki bilvosita jahon turistik biznesi bilan bog’langan barcha kompaniyalarning vakillarini birlashtiradi va an’anaviy ravishda nisbatan nufuzli tarmoq takshiloti sifatida qaraladi”. WTTC ekspertlari tomonidan turizm sohasida iste’molni baholanishi juda ko’p tarkiblarni – chiqish va kirish hajmidan tortib, davlatning muzeylarni saqlashga sarflanagan harajatlari, suvenirlar sotishdan tushgan tushumgacha o’z ichiga oladi. Rossiya bu tashkilot tadqiqot kartasida keyingi yillardagina paydo bo’ldi. Shuning uchun bo’lsa kerak, uning potensialini baholashda ekspertlar o’rtasida turli bahslar kelib chiqayapti. Rossiyalik analitiklarning taxminlaricha, sobiq SSSR mamlakati tur 5 bozorida hatto tugallanmagan ishlab chiqarish qiymati qo’shilganida ham 46 mlrd. dollar olish qiyin. Bunday xulosalarga o’zbek ekspertlari ham qo’shiladi. Ularning fikricha, O’zbekiston umumiy summasi 150 mln. dollardan oshmaydigan xorijiy turizm hajmiga umid qilaolmaydi. Ehtimol, Mak-Nalti rahbarligidagi Butunjahon turistik tashkilotining O’zbekistonda ishlagan ekspertlari prognozlari bir muncha umidbaxshdir. Unga ko’ra, 1996 yildan 2002 yilga borib, respublikada turizmdan daromad $ 1 mlrd. ga, turistlar soni 1 mln. kishidan oshishi hisoblab chiqilgandi. Boshqa gap, asosiy daromad statiyalarimni ichki turizm ta’minlaydi. Ma’lumki, bu xalqaro turizm hajmidagi 6-7 marta ziyoddir. Bularning barchasi milliy turizm barbod bo’lmagani, aksincha rivojlanishda davom etayotganini ko’rsatadi. Mamlakatda qad ko’tarayotgan Yangi turistik infratuzilma obyektlari, xususan, Charvoq suv ombori hududida ko’rilayotgan turistik baza, mehmonxona, eski dam olish uylarini rekonstruksiya va modernizasiya qilinayotgani bunga imkon yaratayapti. Ijtimoiy yo’nalishlar bo’yicha turistik yo’llanmalarni nisbatan arzon narxda berilayotgani ham juda muhim hisoblanadi, masalan, yozgi bolalar lagerlariga. 2003 yilda bunday ko’lamli ko’rsatkichlarga Rossiya va boshqa Hamdo’stlik mamlakatlari agar Iroqda urush davom etmasa, uzoqqa cho’ziladigan iqtisodiy va terroristik urushlar oqibati bo’lmasagina har qanday holatda ham erishishlari mumkin. Bunday variantda tur sohasi o’sishi 10,4 %ni tashkil qiladi, deb hisoblashadi WTTC mutaxassislari. Bu Rossiya tur industriyasi (RST) ittifoqi mutaxassislarining hisob-kitoblariga mos keladi. Ularning prognozlari bo’yicha bu yil tur bozor o’sish sur’ati bir muncha susayadi va taxminan 10-12 %ni tashkil qiladi. Faqat gap bu yerda ko’proq chiqish turizmi haqida borayapti. Shunday fikr ham bor, hatto urush cho’zilib ketganda ham Rossiya baribir turistik sektorning dinamikasini yetarli saqlab qoladi. Kelgusi o’n yillikda u jadal sur’atlarda rivojlanadi, bunday dinamika ilgari faqat Hindiston, Xitoy va Turkiyada rivojlangan edi. Ayni paytda rossiyalik turoperatorlarning Rossiya urushdan boshqa mamalkatlarga nisbatan 6 kamroq zarar ko’rishiga ishonchlari komil. Turistik nuqtai nazardan bunga bog’liq Markaziy Osiyo davlatlari haqida bunday deb bo’lmaydi. Shu munosabat bilan ushbu “Turistlar xavfsizligini ta’minlash” fani juda muhim hisoblanadi. U boshqa xavfsizlik masalalarini (siyosiy beqarorlik, jinoyatchilik, zo’ravonlik, terrorizm va urushlar) aralash fanlar bilan birgalikda o’rganadi. Mazkur nashrni tayyorlashda muallif g’arb va vatanimiz olimlari va ekspertlari materiallaridan foydalandi. Matnlarda turistlarni himoya qilish va xavfsizlik nazariy aspektlari aniq misollarda qarab chiqildi. Shuningdek, statistik ma’lumotlar, sosiolog so’rovlar, Internet, “Xorijlik”, “Sayyorchi”, “Sayohat magazini”, “Sharq biznes xabarnomasi” gazetalarida e’lon qilingan tahliliy va sharhlangan materiallaridan foydalanildi. 7 Download 20 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling