Turizmning shakllari haqida tushunchalar


Download 22.4 Kb.
bet5/5
Sana02.01.2022
Hajmi22.4 Kb.
#190684
1   2   3   4   5
Bog'liq
8 Amaliy mavzu

Havaskorlik  sayohatlari  jismoniy  madaniyat jamoalari kengashlari, sport klublari, turistlar klubi,  madaniyat klublari,  turistlar  oromgohlari,  bazalari,  bolalar turistik stansiyalari,  maktablar, o‘quvchilar uylari va alohida turistlar guruhlari tomonidan uyushtiriladi. Bunda turistlar mustaqil ravishda o‘z marshrutlarini tuzadilar, poxod jarayonida o‘z-o‘zlariga xizmat qiladilar. Kerakli turistik jihozlar, oziq-ovqat va boshqa vositalarni o‘zlari xarid qilishlari yoki ijaraga olishlari lozim bo‘ladi.

Sayohatning bu xususiyati ommaviy ravishda bir kunlik va birnecha kunlik poxodlar o‘tkazish uchun eng qulay bo‘lib, u ko‘pincha ta’lim muassasalarida ko‘proq uyushtiriladi.

Shuni qayd qilish lozimki, kasaba uyushma tashkilotlari, sport klublari, haftada ikki kun dam olish kunlaridan unumli foydalanib, yirik korxonalar, ijodiy xodimlar jamoalari shahar atrofi joylariga poxod uyushtirish shakli keng avj olmoqda. Hatto Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Navoiy va boshqa bir qator shaharlardagi ishlab chiqarish, mehnat jamoalariga tog‘li zonalarda dam olish uylari, profilaktoriylar tashkil qilib, yil davomida hordiq chiqarish va sayohat qilish uchun ma’lum qulayliklar yaratib bermoqda.

Sayohatlar harakat usullariga qarab piyoda yurish, tog‘, suv, chang‘i, velosiрed, avtomobil, mototsikl va aralash turlariga bo‘linadi. Sayohat qilish va uning tartiblari 1982-yil 28-noyabrda tasdiqlangan "Havaskorlik turistik poxod va sayohatlarni tashkil qilish va o‘tkazish qoidalari” ga asosan o‘tkaziladi. Bu talablar hozirgi kunda ham keng qo‘llanmoqda. Havaskorlik sayohatlariga talabning ortib borishi bir kunlik va ko‘p kunlik poxodlar o‘tkzishni taqozo etmoqda. Shunga ko‘ra ko‘p  kunlik sayohatlar  I, II, III, IV, V qiyinchilik  kategoriyalariga (darajalariga) bo‘linadi. Qiyinchilik darajalari poxodlarning masofasi, to‘siqlarning xususiyati va soni, har bir turning mazmuniga qarab belgilanadi. Ular haqida keyingi boblarda tegishli ma’lumotlar beriladi.



Xulosa qilib aytganda, mustaqillikning sharoitlari hamda imtiyozlari doirasida "Sog‘lom avlod” Davlat dasturida turizmdan maqsadli foydalanishi lozim. O‘quvchi-yoshlar va talabalarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, kasb-hunar yo‘lidagi nazariy bilim hamda amaliy malakalarini takomillashtirishda sayohatlar muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tarbiyaviy jarayondir.
Download 22.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling